Mavzu: Reaktiv Radial Aktiv turbinalarning konstruksiyasi. Cho’michli turbinalarning konstruksiyalari. Gidroturbinaning asosiy qismlari. Turbina kameralari. Beton va metall turbina kameralarining konstruksiyasi
Download 0.95 Mb.
|
7-ma\'ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oqiy turbinalar.
Radial-o'qiy turbinalar.
Suv ishchi g’ildiraq parraklariga radial yo'nalishda tushadi, o'q bo'yicha chiqadi. Yiriq turbinalar H=15-200(600) m, qichiqlari N=3-5m bosimlarda, ns=70-350 ayl/min tezyurarliqda qo'llaniladi. 2-rasm. Radial-o'qiy turbina sxemasi: 1-turbina kamerasi, 2-stator tayanch ustuni, 3-yo'naltiruvchi apparat parraklari, 4-turbina parraklari, 5-val, 6-ishchi g’ildirak, 7-so'rish quvuri Ishchi g’ildirak vtulkadan (stupitsa)1, pastki halqa 2 va unga ikki ko'rinishda egilib presslangan ishchi g’ildirak parraklaridan tashkil topgan. Parraklar soni 14 tadan 22 tagacha bo'ladi. Ishchi g’ildirak turbina kamerasida yo'naltiruvchi apparat bilan bir hil sathda joylashadi. Radial-o'qiy turbina ishchi g’ildiragi diametri bu ishchi g’ildirak paraklari kirish qirralarining eng katta diametri D1 dir, chiqish qirralari diametri esa D2 . Turbinalar har hil bosimda ishlashi uchun turli konstruksiyaga ega bo'ladi va tezyurarligi bo'yicha 3 ta guruhga bulinadi: - sekinyurar (6-rasm, a), ns=70-125, katta H=100-500m bosimlar uchun, D1>D2; - normal ns=125-200, o'rta H=50-100m bosimlar uchun, D1≈D2; - tezyurar (4.6-rasm ,b), ns=200-350, past H?50m bosimlar uchun, D1 3-rasm. Ishchi g’ildiraklar sxemasi: a) sekinyurar, b) tezyurar, D1-ishchi g’ildirakni kirishdagi diametri, D2- ishchi g’ildirakni chiqishdagi diametri, b0- yo'naltiruvchi apparat parraklari balandligi O'qiy turbinalar. Ularga propellerli va parraklari buriluvchan turbinalar kiradi. O'qiy turbinalarda oqim parraklarga o'q bo'ylab kelib, o'q bo'yicha chiqadi. 4.7-Rasm da o'qiy turbina sxemasi ko'rsatilgan. Propellerli turbinalar bosim H=3-40 m.ga, ns-400-1000 ayl/min.ga, D1<1.6m.ga, turbina salt yurish sarfi Qs.yu= 40%*Qturga ega bo'ladi. Ishchi g’ildirak oqib o'tkichli vtulkadan va 6-8ta ishchi parraklardan tashkil topgan va parraklari vtulkaga mahkamlangan bo'ladi. Bu turbinalar sodda, lekin ish rejimi o'zgarganda F.I.K. keskin tushib ketadi, chunki ishchi g’ildirakka oqimni zarbasiz kirish shartiga rioya qilinmagan. Sarf o'zgarganda, so'rish quvurida oqim aylanadi bu ham esa F.I.K.ni kamayishiga olib keladi. Shuning uchun bu turbinalar ish rejimining keskin o'zgarishida qo'llanilmaydi. Parraklari buriluvchan turbinalar. Bu tezkor turbinalar ns=350-1200, H=4÷60,90m bosimli bo'ladi. Bu turbinalar konstruksiyasi bo'yicha propellerlilardan farqlanmaydi, ammo ularda ish jarayonida parraklarni burish imkoni bor. Yo'naltiruvchi apparat parraklarni har hil joylashishi a0 ga, f.i.k. eng qulay holatdagi ishchi g’ildirak parraklarini aniq bir holati ψ to'g’ri keladi. Turbina salt yurish sarfi Qs.yu.=5-8%*Q turbinaga teng. Turbinaning bosimi oshishi bilan parraklar soni ko'payadi, bunda ular o'lchamlari qisqarib vtulka diametri ko'payadi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling