Mavzu rejasi: Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi, funksiyalari
Pravoslav oqimidagi diniy mansablar
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Mavzu rejasi Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Katolik oqimi
Pravoslav oqimidagi diniy mansablar. Pravoslav oqimidagi diniy mansablar.
Pravoslav cherkovida ruhoniylar uch tabaqaga bо‘linadi: 1) diakon, 2) ruhoniy (svyashennik), 3) yepiskop. Diakon (grek. “xizmatchi”) ruhoniylikning eng quyi tabaqasi hisoblanadi. U mustaqil hech qanday ibodatni boshqara olmaydi, balki faqatgina ruhoniy yoki yepiskopga ibodat marosimini о‘tkazishda yordam bera oladi, xolos. Uni ruhoniylik sirliligiga (tainstvo) yepiskop qabul qiladi. Katta diakonlar protodiakon, rohib diakonlar iyerodiakon, katta iyerodiakonlar arxidiakon deb ataladi. Ruhoniy (svyashennik) yoki iyerey pravoslav ruhoniyligining ikkinchi tabaqasi hisoblanadi. U boshqalarni ruhoniylikka bag‘ishlash va cherkov suvini muqaddaslashtirishdan boshqa barcha sirli marosimlarni bajara oladi. Kichik ruhoniylar iyerey, katta ruhoniylar protoiyerey va eng katta ruhoniylar protopresviter deb nomlanadi. Yepiskop yoki arxiyerey ruhoniylikning eng oliy unvoni hisoblanadi. Yepiskoplar barcha ibodat va sirli marosimlarni bajara oladilar. Shuningdek, ular 33 ma’lum bir shahar, oblast cherkovi yoki yeparxiyani boshqara oladilar. Nisbatan kattaroq yepiskoplar arxiyepiskop deyiladi. Poytaxt shaharlarning yepiskoplari mitropolit deb ataladi. Pravoslav cherkovining eng oliy mansabi patriarxdir. Katolik oqimi Xristianlikning yirik yо‘nalishlaridan biri katolik oqimidir. U Yevropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida tarqalgan bо‘lib, muxlislari taxminan 800 mln. kishini tashkil etadi. Katolitsizm “umumiy, dunyoviy” degan ma’nolarni ifodalaydi. Uning manbai – uncha katta bо‘lmagan Rim Xristian jamoasi bо‘lib, rivoyatlarga kо‘ra uning birinchi Yepiskopi apostol Petr bо‘lgan. Katolik diniy ta’limotning asosini Muqaddas kitob va Muqaddas yozuvlar tashkil qiladi. Biroq pravoslav cherkovidan farqli о‘laroq katolik cherkovi Muqaddas yozuvlar deb nafaqat avvalgi yetti Butun Olam Xristian Soborlarining qarorlarini, balki hozirgacha bо‘lib о‘tgan barcha Soborlar qarorlarini, bundan tashqari Papaning maktublari va qarorlarini ham hisoblaydi. Katolitsizmda Bibliyani sharhlash huquqi faqatgina ruhoniylarga beriladi, chunki ular uylanmaslik – selibat haqidagi diniy talabga amal qiladilar. Diniy ibodatlar dabdabali va soxtalashtirilgan kо‘rinishga ega, diniy о‘qish, duo, iltijolar lotin tilida olib boriladi. Pravoslaviyadagi kabi katolitsizmda ham farishta, ikona, ilohiy kuch, chirimaydigan marhum jasadlariga sig‘inish odatlari mavjuddir. Katolitsizm xristianlikning yо‘nalishlaridan biri sifatida uning asosiy aqida va qoidalarini tan oladi, biroq diniy ta’limot, sig‘inish va tashkiliy masalalarda bir qator xususiyatlar bilan ajralib turadi. Katolik cherkovi tashkiloti qat’iy markazlashuv bilan ajralib turadi. Rim papasi bu cherkovning boshlig‘i bо‘lib, u diniy axloq masalalariga oid qonun-qoidalarni belgilaydi. Uning hokimiyati dunyoviy soborlar hokimiyatidan yuqori turadi. Katolik cherkovining markazlashuvi, jumladan, diniy ta’limotni noan’anaviy tahlil qilish (sharhlash) huquqida aks etgan dogmatik taraqqiyot tamoyilini keltirib chiqaradi. Masalan, pravoslav cherkovi tomonidan tan olingan diniy ramzda ta’kidlanishicha, Muqaddas Ruh Ota Xudodan kelib chiqadi. Katolik aqidasiga kо‘ra esa, Muqaddas Ruh Ota Xudodan va О‘g‘il Xudodan kelib chiqadi. Cherkovning najot borasidagi roli haqida ham о‘ziga xos alohida ta’limot shakllangan. Najotning asosi iymon va xayrli ishlar hisoblanadi. Cherkov, katolik ta’limotiga kо‘ra, xayrli zaruriy ishlar xazinasiga – Iso tomonidan yaratilgan «Xayrli ishlar zahirasiga» ega. Cherkov Iso, Bibi Maryam, Muqaddas Ruh nomidan bu xazinani tasarruf qilish, undan muhtojlarga ulashish, ya’ni gunohlarni avf etish, nadomat chekuvchilarga kechirim tufha qilish huquqiga ega. Pul yoki tufha evaziga avf qilish huquqiga ega. Pul evaziga yoki cherkov oldidagi xizmatlari uchun gunohlarini kechirish – Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling