Mavzu rejasi: Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi, funksiyalari


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/29
Sana03.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1744096
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
Mavzu rejasi Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzi

CHо‘qintirish sirli hodisasi (tainstvo). Bunda dindor о‘z tanasini uch marta 
suvga botirishi, Xudo-Otani, о‘g‘ilni va Muqaddas ruhni chaqirishi bilan ruhiy 
tug‘ilishni kasb etadi. 
Badanga miro surkash ham sirli bо‘lib, bunda dindorga Muqaddas ruhning 
ruhiy hayotga qaytaruvchi va chiniqtiruvchi ehsonlari ulashiladi. 
Poklanishning sirliligi. Unda dindor non va vino kо‘rinishida о‘z badanida Iso 
qonini abadiy hayotga tayyorlaydi. 
Nadomatning sirliligi shundaki, dindor о‘z gunohlarini din peshvosi oldida tan 
oladi, din peshvosi esa uning gunohlarini Iso nomidan kechiradi. 
Ruhoniylikning sirliligi u yoki bu shaxsni ruhoniy darajasiga kо‘tarish uchun 
yepiskopning qо‘lini о‘sha shaxs badaniga tegizishi (yoki qо‘yishi) orqali amalga 
oshiriladi. 
Nikohning sirliligi. Bunda kelin-kuyov turmush qurish, farzand kо‘rish va uni 
tarbiyalashga oq fotiha oladilar. 
Badanni yeley bilan ishqalash sirida Xudoning ruhiy va jismoniy zaifliklarni 
tuzatuvchi lutfu marhamatidan umid qilinadi. 
Pravoslav cherkovi bayramlar va diniy marosimlarga alohida ahamiyat beradi. 
Pasxadan sо‘ng pravoslav dinining о‘n ikki kunlik о‘n ikki muhim bayrami 
boshlanadi. Ular:
1. Bibi Maryamning tug‘ilishi (Rojdestvo Bojey materi); 
2. Isoning xochini tiklash (Vozdvijeniye kresta Gospodnya); 
3. Bibi Maryamning ibodatxonaga kirishi (Vvedeniye vo xram Presvyatoy 
Bogoroditsi); 
4. Isoning tug‘ilishi (Rojdestvo Xristovo); 
5. Isoni chо‘qintirish (Kresheniye Gospodnya); 
6. Olqishlash (Sreteniye); 
7. Xushxabarning nozil bо‘lishi (Blagoveshaniye);
8. Isoning Quddusga kirishi (Vxod Gospodnya v Iyerusalim) – pasxa postidan 
6 haftadan keyingi yakshanba; 
9. Isoning qayta tirilishi (Voskresene Xristovo) – Pasxa, bahorgi kecha va 
kunduz tengligi va oy tо‘lishgan birinchi yakshanba;
10. Isoning osmonga kо‘tarilishi (Vozneseniye Iisusa) – Pasxadan 39 kun 
keyin;
11. Muqaddas Ruhning tushishi (Soshestviye svyatogo duxa–Troitsin Den); 
12. Iso qiyofasining о‘zgarishi (Preobrajeniye) – 6 avgustda. 
Cherkov yili eski hisobga muvofiq 1 sentabrdan boshlanadi. 8 sentabr kuni 
«Rojdestvo Bojey materi» bayrami о‘tkaziladi. 12 sentabr kuni «Vozdvijeniye 
kresta Gospodnya» bayrami nishonlanadi. Bu bayram imperator Irakliy davrida Iso 
krestining forslar tutqunidan qaytarib olib kelinishiga bag‘ishlanadi. 21 noyabr 
kuni «Vvedeniye vo xram Presvyatoy Bogoroditsi» bayrami о‘tkaziladi. Bu 


32 
bayram uch yoshli Maryamning birinchi ruhoniy tomonidan Qadimiy Ahd 
ibodatxonasiga olib kirilganligiga bag‘ishlanadi. Ibodatxonaga kirish bayramidan 
bir hafta oldin, yani 15 noyabrda Rojdestvo posti boshlanadi. Va nihoyat, 20 
dekabrda Rojdestvo bayrami kiradi va 31 yanvargacha davom etadi. 
Isoning chо‘qintirilishi (Kresheniye Gospodnya) bayrami 6 yanvarda 
nishonlanadi. Bu bayram Isoning Yahyo tomonidan chо‘qintirilishiga 
bag‘ishlanadi. 
Navbatdagi yana bir yirik bayram Sreteniye (olqishlash, kutib olish) bayramidir. 
Bu bayram Iso tug‘ilgach, avliyo Simeon tomonidan uni kutib olinishiga 
bag‘ishlanadi. 
Buyuk bayramlar ichida Pasxa birinchi о‘rinda turadi. Pasxa – Isoning 
о‘lganidan sо‘ng qayta tirilganini nishonlab о‘tkaziladigan bayram. Pasxaning 
tarixi yahudiylikdagi peysax bayrami bilan bog‘liq bо‘lib, u yahudiylarning 
Misrdan qochib chiqishi va ozodlikka erishishining nishonlanishidir. Xristianlik 
yahudiylikdan tо‘la ajralib chiqqach Pasxa yangicha tus olgan. 
Yuqorida sanab о‘tilgan bayramlar oldidan ularga tayyorgalik sifatida turli 
muddatli postlar о‘tkaziladi. Postning mohiyati inson ruhini tozalash va yangilash, 
diniy hayotning muhim voqealariga tayyorgarlikdan iborat. 
Rus Pravoslavining kо‘p kunlik postlari (rо‘zalari) bо‘lib, ular tо‘rtta: Pasxa 
oldidan, Pyotr va Pavel kuni oldidan, Bogoroditsa uyqusidan oldin va Iso tug‘ilgan 
kundan oldin bо‘ladigan postlar. Pasxa oldidan bо‘ladigan «Velikiy post» 40 
kunga chо‘ziladi. Ushbu post davrida – eski hisob bо‘yicha 25 martda 
«Blagovesheniye» bayrami о‘tkaziladi. Post boshlanishidan olti hafta о‘tgach 
yakshanba kuni xristianlikning о‘n ikkinchi bayrami yoki 8-bayram «Xudoning 
Quddusga kirishi» nishonlanadi. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling