Mavzu rejasi: Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi, funksiyalari


Uchinchidan, har bir din о‘z qavmlari turmushini tartibga solib, nazorat


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/29
Sana21.04.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1374254
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
\'1-ДИН.БУДДА.ХРИСТИАНЛИК.МАЪРУЗА

Uchinchidan, har bir din о‘z qavmlari turmushini tartibga solib, nazorat 
qiluvchilik – regulyativ vazifani bajaradi. Dinlar о‘z urf-odatlarining, marosim va 
bayramlarining qavmlari tomonidan о‘z vaqtida, qat’iy tartibga amal qilgan holda 
bajarilishini shart qilib qо‘yadi.
Misol uchun, islomda kuniga 5 mahal namoz о‘qilishi, har hafta juma namozini jome 
masjidlarida ado etilishi, ramazon oyida bir oy rо‘za tutilishi, rо‘za va qurbon 
hayitlarining nishonlanishi musulmonlarning hayot tarzini tartibga solib turadi.
Tо‘rtinchidan, din aloqa bog‘lashlik, birlashtiruvchilik – kommunikativ vazifani 
ham bajaradi, ya’ni har bir din о‘z qavmlarining birligini, jamiyat bilan shaxsning о‘zaro 
aloqadorlikda bо‘lishini ta’minlashga intiladi. Bunda u yoki bu dinga e’tiqod qiluvchi 
kishilarning о‘z dinidagi boshqa kishilar bilan aloqador ekanligi, о‘zaro huquq va 
burchlarining borligi, urf-odat va ibodatlarni jamoa bо‘lib bajarilishi lozimligi nazarda 
tutiladi.
Beshinchidan din legitimizatsiya – qonunlashtiruvchilik funksiyasini ham 
bajaradi. Dinning bu funksiyasining nazariy asosini yirik amerikalik sotsiolog T. Parsons 
ishlab chiqdi. Uning fikricha, «har qanday ijtimoiiy sistema muayyan cheklovlarsiz 
mavjud bо‘la olmaydi. Buning uchun u qonun darajasiga kо‘tarilgan axloq normalarini 
ishlab chiqishi kerak. Din bunday normalarni qonunlashtiribgina qolmay, ularga bо‘lgan 
munosabatni ham belgilaydi».
Oltinchidan, din vazifalarining falsafiy, nazariy jihatlari ham mavjud. Bu vazifa 
insonga yashashdan maqsad, hayot mazmunini masalalariga о‘z munosabatini bildirib 
turishidan iboratdir.
Din ham falsafa kabi dunyoqarashlardan biridir. Falsafa ham, din ham dunyoning 
dunyoqarash ta’rifini yaratadi, tafakkurning ma’lum usullari va qadriyatlar tizimini 
shakllantiradi.
Diniy ongni tashvishga solgan voqea-hodisalar kо‘pincha falsafiy tafakkur sohasiga 
ham dahldor. Bularning hammasi falsafa va dinni birlashtiradi. Biroq ular о‘rtasida 
prinsipial farqlar ham mavjud. 
falsafadan farqli о‘laroq din e’tiqodga asoslanadi. 
Har qanday din aqida (dogma)larga asoslangan. Ularning asosida Xudo tomonidan 
yuborilgan vahiy – о‘gitlar, tamoyillar va muqaddas ilohiy matnlar yotadi. О‘zining 
«ilohiy» tusdaligi tufayli muqaddas matnlar о‘zgarmasdir, ularga shubhali qarash esa - 
Xudoga shak keltirishdir. 
DINGA BERILGAN TA’RIFLAR. DINLAR TASNIFI. 
Din tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri 
insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bо‘lgan, uni yaratgan, 
ayni zamonda insonlarga tо‘g‘ri, haqiqiy, odil hayot yо‘lini kо‘rsatadigan va о‘rgatadigan 
ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta’limotdir.
Din muayyan ta’limotlar, his-tuyg‘ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning 
faoliyatlari orqali namoyon bо‘ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida 
tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyat paydo bо‘lgandan to bizgacha о‘tgan 
davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalashda asosiy 
tarbiyalovchi qudratga ega bо‘lgan ma’naviy-axloqiy kuchdir.



Dinning mohiyati turlicha izohlansa-da, uning asosida ishonch, e’tiqod tuyg‘usi 
yotadi. Darhaqiqat, din ishonmoq tuyg‘usidir. Ishonmoq tuyg‘usi insoniyatning eng teran 
va ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridandir. 
Din - iymon (arabcha ishonmoq, e’tiqod qilmoq), islom ( о‘zini Allohga bag‘ishlamoq, 
itoatgо‘ylik, diniy kо‘rsatmalarni bajarish), degan sо‘zlarni ifodalay boshladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling