Mavzu: rivojlangan o’rta asrlarda ros kirish mavzuning dolzarbligi
Shlyaxta (dvoryanlik)ning tashkil topishi
Download 56.67 Kb.
|
RIVOJLANGAN O’RTA ASRLARDA ROSSIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1714 yilgi «Yagona vorislik haqida»gi Farmon
Shlyaxta (dvoryanlik)ning tashkil topishi. Samoderjaviyani tashkil etish kuchli sinfiy kurash sharoitida yuz beradi. Bu hukmron sinflarning birlashib ommaga qarshi kurashini talab qilardi. Lekin feodallar uncha birlashmagandi va turli guruhlarga bo`linib ketgan (boyarlar, okolnichiy-lar, duma boyarlari va hakozo) hamda turlicha huquq va imtiyozlarga ega edi.
O`rta va mayda feodallar yirik feodallar bilan huquqlarini tenglash-tirish uchun kurash olib borardilar. Dvoryanlar boyarlar singari chor huku-matidan yaxshi va mustahkam yerlarni, yuqori mansablarni olishni istar edilar. Bu hukmron sinflar ichidagi kurash ularni kuchsizlantirar va samo-derjavie uchun to`g`ri kelmasdi. Bundan tashqari, boyarlar va okolnichiy-lar ichida islohotlarga qarshi kayfiyatdagi reaksion kishilar ham mavjud edi. Bular Petr I ning barcha feodallarni tenglashtirishga qaratilgan islohot-lar o`tkazishga majbur qildi. Bu bilan u aristokratlar qarshiligini sindirib, o`rta va mayda feodallarni o`z tomoniga og`dirishni maqsad qilib oldi. Petr I hukmron sinfni turli huquqlardan foydalanuvchi turli guruh-larga bo`linishini tugatdi. Uning o`rniga bitta tabaqa - shlyaxtani yoki dvo-ryanlikni tashkil etib, ularga bir xildagi huquq va majburiyatlar o`rnatdi. Bu bilan u hukmron sinflarni jipslashtirdi, ichki sinfiy kurashni kuchsiz-lantirdi. XVIII asrning II yarmidan shlyaxtachilik degan nom dvoryanlik degan yangi nom bilan almashtirildi. Bu davrda dvoryanlarning huquqiy holatini belgilovchi qonun hujjat-lari: 1714 yilgi «Yagona vorislik haqida»gi Farmon; 1722 yilgi «Rutbalar jadvali»; 1762 yilgi «Butun Rossiya dvoryanlariga erkinliklar berish haqi-da»gi Manifest; 1785 yilgi Yekaterina II ning dvoryanlarga in`om yorlig`i («Rossiya olijanob dvoryanlarining erkinliklari va imtiyozlari huquqi yorlig`i»)dan iborat edi. 1714 yilgi «Yagona vorislik haqida»gi Farmon bo`yicha pomeste huquqiy jihatdan votchinaga tenglashtiriladi. Hamma yerlar votchina hisoblanib, u nasldan-naslga meros bo`lib o`tadigan, xizmat evaziga olin-gan va sotib olingan turlarga bo`lindi. Dvoryanlarning barcha yerlari ko`chmas mulk deb e`lon qilindi. To`g`ri, 1714 yilgi Farmon pomeshchikning egalik qilish huquqini bir muncha cheklar edi: yerni sotish va garovga qo`yish, shuningdek, merosxo`rlarga bo`lib berish taqiqlanardi. Butun ko`chmas mulk faqat me-rosxo`rlardan biriga vasiyat qilinishi mumkin edi, xolos. Harakatdagi mol-mulklarni esa o`g`illar, qizlar va beva xotin olardi. Agar vasiyat bo`lmasa yerlar katta o`g`ilga o`tardi. Bu farmonni chiqarishdan ikkita maqsad ko`zlangan: birinchidan, o`lgan dvoryanning kichik o`g`illari merosdan mahrum bo`lib, «o`z nonini xizmat, bilim, savdo-sotiq va boshqalar orqali topishga» majbur bo`lar edilar, shu tariqa hukumat dvoryanlardan zarur kadrlarga ega bo`lishi mumkin edi; ikkinchidan, dvoryanlarning yer egaliklarining parchalanib ketishiga barham berildi. Bu esa davlatning manfaatlari bilan bog`liq edi. 1731 yilda imperator Anna Ivanovna bu farmonni bekor qiladi. Yan-gi qonun bo`yicha harkatsiz mulklar o`g`illar o`rtasida teng taqsimlanadi-gan bo`ldi. Lekin shunga qaramay pomeste va votchina egalarining huquq-lari tengligi saqlanib qoldi. Download 56.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling