Mavzu: rivojlangan o’rta asrlarda ros kirish mavzuning dolzarbligi


Download 56.67 Kb.
bet8/10
Sana18.06.2023
Hajmi56.67 Kb.
#1580772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
RIVOJLANGAN O’RTA ASRLARDA ROSSIYA

Ruhoniylar imtiyozli tabaqa bo`lib, soliq va majburiyatlardan ozod qilindilar. Cherkov XVIII asrda katta miqdordagi yerlarga egalik qilardi. Rossiyadagi butun dehqonlarning beshdan bir qismi cherkovlar ixtiyorida edi. Ruhoniylar kuchli siyosiy mavqega ega edilar. Podsho hukumati cherkovni davlatga bo`ysundirish choralarini ko`rdi, uning mulkini davlat mulkiga aylantirdi (1764 yil).
Meshchanlar. XVIII asrning I yarmida shahar aholisining huquqiy holatini belgilovchi muhim qonunchilik hujjati 1721 yilda Petr I tomoni-dan chiqarilgan «Bosh magistratga reglament» edi. Unga ko`ra, shahar aholisi ikki toifaga: shaharda doimiy va vaqtincha yashovchilarga bo`lindi.
Doimiy yashovchilarning o`zi ham ikki gildiyaga bo`lingan. Birinchi gildiyaga bankirlar, yirik savdogarlar, vrachlar, aptekachilar, rassomlar va boshqalar kirgan. Ikkinchi gildiyaga mayda savdogarlar va hunarmandlar kirgan. Ikkala gildiya ma`lum darajada o`zini o`zi boshqarish huquqidan foydalangan. Ular o`zlarining yig`ilishlariga yig`ilib, muhim masalalarni hal qilganlar, o`z a`zolari ichida pul yig`imlarini o`rnatganlar, mansabdor shaxslarni - oqsoqollar va ularning yordamchilarini saylaganlar.
Hunarmandlar ham sexlarga bo`linib, sexlar tepasida saylab qo`yil-gan - aldermanlar turardi. Aldermanlar hunarmandchilik buyumlarining sifatini kuzatib turganlar, soliqlar va majburiyatlarni taqsimlaganlar va yig`ganlar.
Shaharda vaqtincha yashovchi aholini qora ishchilar va yollanma xizmatchilar tashkil etgan. Ular shahar o`zini o`zi boshqaruvida ishtirok etish huquqidan mahrum edi.
1787 yilda shaharlarga in`om yorlig`i chiqarilgan. Unda shahar aholisining huquqiy holati tartibga solingan. Unga ko`ra, shahar aholisi oltita razryadga bo`lingan:
1. Haqiqiy shahar aholisi, (shaharda uyi, yashash joyi yoki mulki bo`lganlar).
2. Savdogarlar.
3. Hunarmandlar.
4. Boshqa shaharliklar va chet ellik mehmonlar.
5. Faxriy grajdanlar, ya`ni 50 ming so`mdan ko`p kapitalga ega bo`lganlar: bankirlar, ko`tara savdogarlar, korabl egalari, olimlar.
6. Posad kishilari: mayda mulkdorlar.
Meshchanlar savdo va hunarmandchilik bilan shug`ullanish huquqiga ega edilar. Dvoryanlarga va dehqonlarga shaharlarda faqat o`z xo`jaliklari mahsulotlari bilan savdo qilishga ruxsat etilgan. Biroq meshchanlar ham ayni paytda dehqonlar yashaydigan yerlarga egalik qilish huquqiga ega emas edilar.

Download 56.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling