Mavzu: rivojlanish falsafasi. (Falsafa metodlari va kategoriyalari). reja
Download 146.5 Kb.
|
7 mavzu. Rivojlanish falsafasi. (Falsafa metodlari va kategoriyalari)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metodologiyaga ko‘ra
Metodologiya tushunchasi ikki asosiy mazmunga ega — faoliyatda qo‘llaniladigan ma’lum usullar tizimi (fanda, siyosatda, san’atda va h.k.); tizim haqidagi ta’limot yoki metod nazariyasi.
Metodologiya termini falsafada ko‘p ma’nolidir. U bir o‘rinda borliqni ilmiy bilish va o‘zgartirishning metodlari haqidagi nazariyani ifodalasa, ikkinchi o‘rinda u butun ilmiy bilish metodlarining yig‘indisi ma’nosini ifodalaydi. Uchinchi bir o‘rinda esa, metodologiya termini insonning borliqni ilmiy bilish va o‘zgartirishning eng umumiy metodi ma’nosida qo‘llanadi. Metod va metodologiya terminlari bir-biri bilan juda yaqin va o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Metodologiyaga ko‘ra ilmiy tadqiqotlarga qo‘llaniladigan metodlar bir-birlaridan o‘z tabiati, xarakteri, qo‘llanish sohalari, qo‘llanish ko‘lami, darajali jihatdan farq qiladilar. Ular bir-birlaridan ilmiy bilishning empirik va nazariy darajalariga bog‘liqligi jihatidan ham farq qiladilar. O‘z qo‘llanish ko‘lamiga ko‘ra ilmiy metodlarning ba’zilari hamma ilmiy tadqiqotlarda qo‘llanilsa, boshqa bir xillari ko‘pchilik fan sohalaridagi olib boriladigan tadqiqotlarda, uchinchi bir xillari esa alohida, ayrim fan sohalarida olib boriladigan tadqiqotlardagina qo‘llaniladi. Shuningdek, metodologiya metodlar yig‘indisi va faoliyat turi haqidagi ta’limotdir. Metodlar umumiylik darajasi va amal qilish doirasiga ko‘ra bir necha guruhga bo‘linadi. Ular: fan metodlari xususiy ilmiy metodlar umumilmiy tadqiqot metodlari Fanlararo tadqiqot metodlari Ijtimoiy-gumanitar fanlar metodlari falsafa metodlari kabilardir. Quyida ularning mazmunini tahlil qilamiz. FAN METODLARI – ma’lum fan tarmog‘iga kiruvchi yoki fanlar tutashgan joyda vujudga kelgan muayyan fan sohasida qo‘llaniladigan usullar tizimi. Har bir fundamental fan, mohiyat-e’tibori bilan, o‘z predmetiga va o‘ziga xos tadqiqot usullariga ega bo‘lgan sohalar majmuidir. Fanda, ko‘p hollarda tanlangan metod tadqiqotning taqdirini hal qiladi. Aynan bir daliliy materialni turli metodlar asosida o‘rganish ziddiyatli xulosalarga olib kelishi mumkin. Ilmiy bilishdagi to‘g‘ri metodni xarakterlar ekan, F.Bekon uni yo‘lovchining yo‘lini yorituvchi chiroq bilan qiyoslaydi. Noto‘g‘ri yo‘ldan bora turib, y yoki bu masalani hal qilishda muvaffaqiyatga erishishga umid qilish mumkin emas. Zero nafaqat natija, balki unga eltuvchi yo‘l ham to‘g‘ri bo‘lmog‘i lozim. Download 146.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling