Mavzu: rivojlanishning genetik nazorati


Download 160.57 Kb.
bet12/18
Sana28.10.2023
Hajmi160.57 Kb.
#1729016
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
Ma\'ruza № 15

1.Embrional davr. Bu davrda makro- va mikrogametalarning o’zaro qo’shilishidan hosil bo’lgan zigotadan boshlanib yangi urug’ hosil bo’lishi va uning to’liq pishib yetilishi bilan yakunlanadi.
2.Yuvenil (yoshlik) davri. Bu davr yangi avlod – urug’ning unib chiqib uning vegetativ organlarining shakllanib, generativ organlar – gul kurtak-larining paydo bo’la boshlashi bilan tugaydi.
3.Generativ organlar (gul-meva-urug’) ning hosil bo’lib o’simlikning ko’payish davri.
4.Qarish va o’lish – ontogenezning yakunlanish davri.
Yuqorida bayon etilgan o’simliklardagi ontogenez davrlari bir yillik hamda ikki yillik monokarp o’simliklarda faqat bir marta yuqoridagi tartibda namoyon bo’ladi. Ko’p yillik (polikarp) o’simliklarda embrional, yuvenil davrlar bir marta sodir bo’ladi. 3-davr esa ko’p marta takrorlanadi.
Ko’pchilik o’simliklar ontogenezida hayotning davomiyligi, morfologik va funktsional belgi va xossalari bilan farqlanuvchi kichik va katta hayotiy tsikllar bilan gallanib turadi. Ayrim o’simliklarda urug’lanish, urug’ hosil bo’lish bilan ularning unib chiqishi orasida katta uzilish mavjud, bu uzilish hatto yillar bilan o’lchanadi. Ba’zan murtakning rivojlanishi ona organizmning ta’sirisiz, sporangiy va sporofillarning devorlari ta’sirida bo’ladi. Urug’lanish ona o’simlikda boradi, ammo murtakning rivojlanishi undan tashqarida bo’ladi. Rivojlanishning bunday sodda tipi lepidodendronlar, kalamitlar, urug’li paporotniklar uchun xos. U ayrim gulli o’simliklarda (jenьshenь) hamda parazit hayvonlarda kuzatiladi.
Daraxtlar, butalar va ko’p yillik o’tlar individlarining murak-kabliklariga qaramay, o’zlarining ontogenez tuzilma darajalari bo’yicha bir va ikki yillik efemer gulli o’simliklarnikidan keyinda turadi. Oxirgi o’simlik guruhlari ontogenezida tabaqalanish va morfogenez jarayonlari “tezlashish” xarakteriga ega. O’simliklarda boshqaruv tizimining yetarli darajada rivojlanmaganligi sababli ontogenez labil (o’zgarishga moyil) ligi bilan ajralib turadi. O’simliklarda ontogenez aksariyat hollarda hayvonlarga nisbatan muhitning sharoitlariga ko’proq bog’liq bo’ladi.
Sistematikaning har xil taksonomik birliklarida joylashgan organizmlarda ontogenez o’zining tabaqalanish masshtabi bilan ajralib turadi. Bir hujayralilarda u sodda tipda bo’ladi. Yuqori o’simliklarda tabaqalanish jarayoni cho’zilgan va embrional rivojlanish bilangina chegaralanmaydi. O’simliklarda metamer organlarga asos qo’yish butun ontogenez davomida amalga oshadi. Hayvonlarda tabaqalanish jarayoni organlarning hosil bo’lishi embrional davr bilan chegaralangan.

Download 160.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling