Mavzu: rivojlanishning genetik nazorati


Ontogenezning diskretligi


Download 160.57 Kb.
bet15/18
Sana28.10.2023
Hajmi160.57 Kb.
#1729016
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Ma\'ruza № 15

Ontogenezning diskretligi.
Organizm ontogenez jarayonida yaxlit birbutun tizim sifatida namoyon bo’ladi. SHu sababli har qanday struktura yoki funktsiyani u bilan bog’liq bo’lgan strukturaga ta’sir qilmasdan o’zgartirish mumkin emas. Ammo ontogenezning borishida diskretlik kuzatiladi. Individual rivojlanish jarayoni notekis ravishda kechadi, unda o’sish xarakteri va tabaqalanish o’zgarishlari orqali ifodalanadigan davrlarning sifatli almashinuvi sodir bo’ladi.
Stadiyali (davriy) rivojlanish
O’simliklarda ontogenez diskretligi rivojlanishning stadiyalari (davrlari) borligida namoyon bo’ladi. O’simliklar ontogenezida tabaqalanish va morfogenez jarayonlarining sifatli almashinuvi sodir bo’ladi. Buning natijasida qayd etilgan jarayonlarni o’tash uchun zarur bo’lgan tashqi muhit omillarining kompleksi o’zgaradi. Tabaqalanish va morfogenez jarayonlari hamda ular uchun zarur bo’lgan rivojlanish sharoitlari bilan bir-biridan farq qiluvchi alohida bosqichlar stadiyalar deb ataladi. Zarur bo’lgan shart-sharoit bo’lmasa stadiyali o’zgarishlar yuzaga kelmaydi, buning evaziga ontogenez ham oxiriga yetkazilmasdan, o’simlik gullash yoki hosil berish fazasiga kirishmaydi.
Birinchi stadiya – yarovizatsiya murtak o’sishidan boshlanadi. Bunda organizm uchun muhitning yetakchi omili haroratdir. Yarovizatsiya stadiyasini o’tash uchun zarur bo’lgan haroratlar bo’yicha o’simliklar bahorgi va kuzgi shakllarga bo’linadi. Bahorgi bug’doy yarovizatsiya stadiyasini 5-12oS haroratida 7-15 kun ichida, kuzgi bug’doy esa 0-10oS haroratda 30-70 kunlarda o’tab bo’ladi.
Odatda kuzgi o’simliklar agarda bahorda ekilsa, yuqori haroratda o’sadi, tupi ko’p poyali bo’ladi, ammo rivojlanmaydi – boshoqlanish boshlan-maydi .Agarda urug’lar ekish oldidan ma’lum vaqt davomida past harorat va belgilangan namlikda saqlanib, keyin bahorda dalaga ekilsa bunda ular normal holatda rivojlanib boshoqlaydi.
Keyingi stadiya – yorug’lik stadiyasi bo’lib rivojlanishni belgilay-digan omil yorug’ kun uzunligi (davomiyligi) dir. Masalan, qisqa kunli bo’lgan makkajo’xori, g’o’za va boshqalarga sutkasiga 8-12 soat yorug’lik kerak, uzun kunli bo’lgan javdar, bryukva (sholg’omsimon sabzavot) kabi o’simliklar esa bu stadiyani yorug’lik kechayu-kunduz bo’lsa yaxshiroq o’taydi.
Agarda o’simlik yarovizatsiya stadiyasida zarur bo’lgan haroratni, yorug’lik stadiyasida esa ma’lum yorug’lik rejimini olmasa, u intensiv ravishda o’saveradi, lekin rivojlanish jarayoni oxirigacha bormaydi. Masalan, qisqa kunli makkajo’xori shimolning uzun kunlar sharoitida
bo’yiga o’sadi, ammo odatdagidek gullamaydi va so’talar hosil qilmaydi. Stadiyali o’zgarishlar qat’iy ravishda izchil yoki birin-ketin bo’ladi: yorug’lik stadiyasi faqat o’simlik yarovizatsiya stadiyasidan o’tgandan so’ng boshlanadi. Har bir stadiyada sodir bo’ladigan tabaqalanish jarayonlari qaytarilmasdir; ma’lum stadiyadan o’tgan o’simlik boshlang’ich tabaqa-lanmagan holatiga qayta olmaydi. Stadiyali o’zgarishlar faqat o’sish nuqtalarida sodir bo’ladi.
Stadiyali o’zgarishlar davomida tabaqalanish va o’simlik organlarini shakllantirish-morfogenezlarning ma’lum jarayonlari sodir bo’ladi. Yarovizatsiya stadiyasi yakunlanishga qadar o’simlikda faqat yangi poya (tupning yangi poyalari) va barglar shakllanadi. Yorug’lik stadiyasi yakunlanmasdan turib gul bo’rtmachalari gul bo’lib ochilmaydi.
Ontogenezning diskretligi rivojlanishning kritik davrlari deb atalgan vaqtlarida ham namoyon bo’ladi. Bu hol hayvonlarda kuzatilgan “kritik davr” tushunchasi butunlay organizmga emas, balki ma’lum bir organ yoki to’qimalarga taalluqlidir. Har qanday organ o’zining kritik davrini intensiv morfogenez vaqtida o’taydi. Aynan shu paytda u muhit omillariga nisbatan o’ta ta’sirchan va ular ta’siri ostida ayniqsa o’zgaruvchan bo’ladi. SHuning uchun tashqi omillar aynan shu paytda kritik davrini o’tayotgan belgilarning fenotipik o’zgarishlariga sababchi bo’lishlari mumkin.

Download 160.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling