Mavzu: rivojlanishning genetik nazorati


Jinsiy ko’payishning tsitologik asoslari


Download 160.57 Kb.
bet2/18
Sana28.10.2023
Hajmi160.57 Kb.
#1729016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Ma\'ruza № 15

Jinsiy ko’payishning tsitologik asoslari
Erkak va urg’ochi jinsiy hujayralarning o’zaro qo’shilishidan, ya’ni urug’langan tuxum hujayra-zigotadan yangi organizmning paydo bo’lishi va rivojlanishiga jinsiy ko’payish deb ataladi. Hayvon va o’simliklarning jinsiy ko’payishida avlodlararo yaqinlikning izchilligi jinsiy hujayralar – tuxum hujayra va spermatozoidlar orqali amalga oshiriladi. Buning hayron qolarli joyi shundaki, jinsiy hujayralarning kattaligi organizm kattaligiga nisbatan juda kichik odam tuxum hujayrasining massasi 10-5 g, spermatozoidiniki esa 10-9 g) bo’lishiga qaramay, ota-onada mavjud bo’lgan barcha belgi va xossalarning irsiy axboroti–genlarini kelgusi avlodlarga o’tkazadi. Bu jarayon qanday sodir bo’ladi? Hayvon va o’simliklarda jinsiy hujayralarning rivojlanish yo’li hamda urug’lanish jarayoni turlicha bo’lsa-da, ammo ular har ikkalasining asosida o’xshash mexanizmlar yotadi. Hayvon va o’simliklarda jinsiy hujayralarning yetilishida xarakterli jarayon–meyoz bo’linish sodir bo’ladi.
Jinsiy hujayralarning rivojlanishida ro’y beradigan meyoz ketma-ket bo’ladigan ikki bo’linishni o’z ichiga oladi:
1. Reduktsion bo’linish, bunda xromosomalar soni ikki marta kamayadi, hujayra diploidli holatdan gaploid holatga o’tadi.
2. Ekvatsion bo’linish, bunda hujayra gaploid sonli xromosomalar to’plamini saqlab qoladi.
Meyoz tsikli ketma-ket sodir bo’ladigan bosqichlar qatoridan iborat bo’lib, ularda xromosomalar qonuniy o’zgarishlarga uchraydi. Meyozning birinchi bo’linishiga kiradigan bosqichlar I raqami, ikkinchi bo’linishga kiradiganlar esa II raqami bilan belgilanadi.
Reduktsion bo’linishga yadroning I profazadan I telofazagacha, ekvatsion bo’linishga esa II profazadan II telofazaga qadar bo’lgan yadro o’zgarishining tsikli kiradi. Ilovadagi 36-rasmda meyozning sxemasi keltirilgan. I profaza juda murakkab bosqich bo’lib leptoten, zigoten, paxiten, diploten va diakinez deb atalgan 5 ta kenja bosqichlarni o’z ichiga oladi.
Leptotenda xromosomalarning spiralsimon o’ralishi va yo’g’onlashishi boshlanadi. Yorug’lik mikroskopida ko’rinayotgan iplar diploid sonda bo’lib mitoz profazasining boshlanishidagi xromosomalarga o’xshash bo’ladi.

Download 160.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling