Mavzu: rivojlanishning genetik nazorati
O’simliklarda sporogenez va gametogenez
Download 160.57 Kb.
|
Ma\'ruza № 15
- Bu sahifa navigatsiya:
- Makrosporogenez va makrogametogenez
O’simliklarda sporogenez va gametogenez
O’simliklarda jinsiy hujayralarning shakllanishi ikki bosqichga bo’linadi: 1- bosqich–sporogenez gaploidli hujayra-spora hosil bo’lish bilan tugallanadi; 2- bosqich–gametogenez yetuk gametalarning yetilishi. Mikrosporalar yoki chang donalarining hosil bo’lish jarayoni– mikrosporogenez, makrospora yoki tuxum hujayraning hosil bo’lish jarayoni esa makrosporogenez deb ataladi. Mikrosporogenez va mikrogametogenez. Har ikki jarayonning sodir bo’lishligini yopiq urug’li yoki gulli o’simliklar misolida ko’rib o’tamiz. Yosh changdonning arxespora deb ataluvchi subepidermal to’qimasining har bir hujayrasi qator bo’linishlardan so’ng changning onalik hujayrasiga aylanadi Unda meyozning barcha bosqichlari bo’lib o’tadi. Ikki meyoz bo’linish natijasida to’rtta gaploidli mikrosporalar hosil bo’ladi. To’rttasi birgalikda yotgani uchun sporalar tetradasi deb ataladi. Tetradalar yetilishi bilan ayrim mikrosporalarga ajraladi. SHu bilan mikrosporogenez tugallanadi. Bir yadroli mikrospora hosil bo’lishi bilan mikrogametogenez boshlanadi. Mikrosporaning birinchi mitoz bo’linishi natijasida vegetativ va generativ hujayra hosil bo’ladi. Keyinchalik vegetativ hujayra va uning yadrosi bo’linmaydi. Vegetativ hujayrada oziqa moddalarning zaxirasi to’planadi, keyinchalik bu oziqa generativ hujayraning bo’linishida, chang nayining onalik ustunchasi o’sishida ishlatiladi. Generativ hujayra yana ikkiga bo’linadi. Natijada ikkita erkaklik jinsiy hujayrasi hosil bo’ladi. Bu hujayralar hayvon spermatozoidlaridan farqli o’laroq harakatlanish qobiliyatiga ega emaslar va ular spermiyalar deb ataladi. SHunday qilib, gaploidli xromosomalar to’plamiga ega bo’lgan bitta sporaning ikki marta mitotik bo’linishi natijasida uchta hujayra hosil bo’ladi. Ulardan ikkitasi spermiya va bittasi vegetativ hujayradir. Makrosporogenez va makrogametogenez. Yosh urug’kurtakning subepidermal qavatida ko’pincha bitta arxesporal hujayra shakllanadi. Arxesporiy hujayrasi o’sib, makrosporalarning onalik hujayrasiga aylanadi Makrosporaning onalik hujayrasi ikki meyoz bo’linishi natijasida makrospora tetradasi hosil bo’ladi. Tetradaning har bir hujayrasi gaploidli. Ammo ulardan faqat bittasigina rivojlanishni davom ettiradi, qolgan 3 tasi degeneratsiyaga uchraydi. Keyingi bosqichda makrogametogenez amalga oshadi. Omon qolgan makrospora o’sishda davom etib, uning yadrosi qator mitoz bo’linishlarni boshidan o’tkazadi. Lekin bu jarayonlarda hujayraning o’zi bo’linmaydi va u murtak xaltachasini hosil qiladi. 70% yopiq urug’li o’simliklar turida uch marta mitoz bo’linish bo’lib, natijada sakkizta bir xil yadrolar hosil bo’ladi. 8 ta yadroning to’rttasi mikropile (spermiyalar kiradigan joy) ga yaqin joylashadi, qolgan 4 tasi murtak xaltasining qarama-qarshisidan joy oladi Murtak xaltasining mikropile qismida joylashgan to’rtta hujayradan uchtasi – tuxum hujayra va ikkita sinergidlar tuxum apparati deb ataladi. Sinergidlar urug’lanish vaqtida qo’shimcha rolь o’ynaydilar, so’ngra esa parchalanib ketadilar. Download 160.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling