Mavzu: rivojlanishning genetik nazorati


Meyozning biologik ahamiyati


Download 160.57 Kb.
bet5/18
Sana28.10.2023
Hajmi160.57 Kb.
#1729016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Ma\'ruza № 15

Meyozning biologik ahamiyati.
1. Meyoz jinsiy yo’l bilan ko’payadigan organizmlarda qator avlodlar davomida xromosomalar sonining doimiyligini ta’minlaydi.
2. Meyozda ota-ona xromosomalari har xil gametalarga tarqalishi tufayli yangi xromosomalar to’plamiga ega bo’lgan gametalar hosil bo’ladi.
3. Meyoz kombinativ o’zgaruvchanlikni ta’minlaydi.

Bosqichlar

Mitoz

Meyoz

Interfaza

DNK sintezi. Xromosomalar-ning ikki hissa ortishi.

DNK sintezi xromosomalar-ning ikki hissa ortishi.

Profaza I

Xromosomalarning kaltala-nishi.

Xromosomalarning kaltalanishi Gomologik xromosomalarning kon’yugatsiyalanishi tufayli bivalentlarning hosil bo’lishi, rekombinatsiya.

MetafazaI

Xromosomalarning ekvator tekisligida joylanishlari.

Bivalentlarning ekvator tekisligida joylanishlari

Anafaza I

Qutblarga barcha xromosomalar to’plamining yarmi tortiladi, shu sababli yangi paydo bo’lgan hujayralarda xromosomalar soni diploidli bo’ladi.

Juft gomologik xromosomaning bittasi bir qutbga, ikkinchisi boshqa qutbga tortiladi; natijada hosil bo’lgan yangihujayralarda xromosomalar soni gaploidli bo’ladi

TelofazaI

Hujayrada aynan o’xshash diploidli yadrolar shakllanadi

Hujayrada genotipik farqlanuvchi ikkita gaploidli yadrolar shakllanadi.

Profaza II




Xromosomalarning kaltala-nishi

MetafazaII




TSentromeralarning ekvator tekisligida joylanishi

Anafaza II




Xromatidalarning qutblarga tarqalishi.

Telofaza II




Genotipik farqlanuvchi to’rtta gaploidli yadrolarning shakllanishi

4. Meyoz jarayonida xromosomalarning gametalarga noto’g’ri taqsimlanishi natijasida organizmlar rivojlanishining buzilishi, organizmlarda, masalan, odamlarda turli irsiy kasalliklar kelib chiqishi mumkin.

Yuqorida bayon etilganlardan ma’lum bo’ladiki, meyoz jinsiy hujayralar rivojlanish jarayonining bosqichlaridan faqat birigina hisoblanadi xolos.


Meyozdan so’ng yetuk jinsiy hujayralar – gametalarning shakllanish bosqichlari boshlanadi. Jinsiy hujayralarning hosil bo’lishining barcha jarayonlari gametogenez deb ataladi.

Download 160.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling