Mavzu: rivojlanishning genetik nazorati


Zigoten bosqichda gomologik xromosomalar kon’yugatsiyalanib, ya’ni bir-biriga tutashib sinapsis


Download 160.57 Kb.
bet3/18
Sana28.10.2023
Hajmi160.57 Kb.
#1729016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Ma\'ruza № 15

Zigoten bosqichda gomologik xromosomalar kon’yugatsiyalanib, ya’ni bir-biriga tutashib sinapsis hosil qiladilar. Bu juda muhim genetik hodisasi bo’lib gomologik xromosomalarning ayrim qismlari bilan o’rin almashinish, ya’ni krossingover hodisasining ro’y berishiga imkon yaratadi. Ikki o’zaro tutashgan bunday xromosomalar bivalent deb ataladi. SHunday qilib, bivalent to’rtta xromatidadan tashkil topadi. O’z o’lchami, shakli bilan bir-biriga o’xshash bo’lgan xromosomalar jufti gomologik xromosomalar deb ataladi. Bir juft xromosoma ikkinchi juft xromosomadan farq qiladigan bo’lsa, ularni nogomologik xromosomalar deb ataladi.
Paxiten (yo’g’on iplar bosqichi) har biri ikki xromatidadan tashkil topgan kon’yugatsiyalanuvchi xromosomalar gaploid sonli bivalentlar hosil qilish bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda xromosomaning xromomerali tasviri yaxshi farqlanadi. Paxitenda sinaptik kompleksning shakllanishi tugallanadi.
Diploten bosqichida kon’yugatsiyalangan gomologik xromosomalarning 4 ta xromatidali bivalentlari yaqqol ko’rinadi. Bu bosqichda gomologik xromosomalarning aynan o’xshash qismlarida o’zaro bir-biridan uzoqlashish boshlanib, u keyinchalik xromosomalarning barcha qismlarida kuzatiladi. Xromosomalar bir-biridan ajralayotgan vaqtda ularning buralishi sodir bo’lib pirovardida xiazmalar deb atalgan X-simon shaklni oladilar. Xiazmalarning mavjudligi xromatidalar o’rtasida krossingover sodir bo’lganligidan darak beradi, ya’ni ularda ayrim qismlari bilan o’rin almashinish yuz bergan bo’ladi.
Diakinez bosqichida xromosomalarning maksimal spirallashishi va yo’g’onlashishi yuz beradi, natijada xromosomalar kalta yo’g’on tayoqcha shakliga kiradilar. SHu bilan profaza I tugaydi.
Metafaza I da yadro qobig’i buziladi. Yadrochalar yo’qoladi. Bivalentlar ekvator tekisligida joylashib metafaza plastinkalarini hosil qiladi. Xromosomalar kuchli spirallashgan, ya’nikaltalashgan va yo’g’onlashgan. Xromosomalarning spirallashishi anafaza I ga qadar davom etadi.
Anafaza I da xromosomalar qarama-qarshi qutblarga tortiladi. Meyoz I anafazasining mitoz anafazasidan farqi shundaki, anafaza I da bitta tsentromeraga ulangan ikkita xromatidadan tashkil topgan xromosomalar tarqaladi. Alohida qayd etish kerakki, har bir juftning (bivalentning) otalik va onalik xromosomalarining teng holdalik ehtimolligi bo’yicha ikki qutbning istalgan biriga tortiladi, agarda ulardan biri bitta qutbga tortilsa, ikkinchisi albatta boshqa qutbga tortiladi. Bu ma’noda gomologik xromosomalar bir-biriga bog’liqdir. Ammo gomologik xromosomalarning har bir jufti, boshqasiga nisbatan mustaqil taqsimlanib xromosomalarning turli xil kombinatsiyalarini keltirib chiqaradi.
Telofaza I da xromosomalarning qutblarga ajralishi tugallanib, har bir gomologik xromosoma to’plami atrofida yadro qobig’i hosil bo’ladi va bitta hujayradan ikkita yangi hujayra hosil bo’ladi.
Meyoz I va meyoz II o’rtasidagi interfaza qisqa muddatli yoki umuman bo’lmaydi. Uning meyoz I va mitoz interfazasidan asosiy farqi shundaki, unda yangi DNK sintezi ro’y bermaydi.
Meyoz II. Meyoz II ning boshlanishida xromosomalar ikki hissa ortgan juft xromatidalar umumiy tsentromera bilan birlashgan bo’ladi. Ammo har bir hujayra mitoz va meyoz I ning boshlanishidagi kabi xromosomalarning qo’sh (2n) to’plamiga emas, balki yakka (n) to’plamiga ega bo’ladi.

Download 160.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling