Mavzu: rivojlanishning genetik nazorati
Rivojlanishning qiyosiy sxemasi
Download 160.57 Kb.
|
Ma\'ruza № 15
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hayvonlarda gametogenez
Rivojlanishning qiyosiy sxemasi.
Gulli o’simliklarda erkaklik mikrosporogenezi va mikrogametogenezi (1), urg’ochilik makrosporogenezi va makrogametogenezi (2) hamda jinsiy hujayralarning yetilishi. To’rtinchi yadro murtak xaltasining markaziga yo’nalib xaltaning xalaza qismidan kelgan o’ziga o’xshash yadro bilan qo’shiladi. Ikkita gaploidli yadro qo’shilib diploidli murtak xaltasining ikkilamchi markaziy yadrosini hosil qiladi. Xalaza qismda qolgan uchta yadro antipodlar deb ataladi. Ular ham sinergidlarga o’xshab zigota rivojlanishida qo’shimcha rolь o’ynaydilar va so’ngra parchalanib ketadilar. SHunday qilib, uchta mitotik bo’linish natijasida gaploidli sakkiz yadroli murtak xaltasi hosil bo’ladi. Ulardan faqat bittasigina tuxum hujayrani hosil qiladi. Hayvonlarda gametogenez Hayvonlarda jinsiy hujayralar somatik hujayralar singari embrional hujayradan hosil bo’ladi. Ontogenezda alohidalangan pusht hujayrasidan keyinchalik jinsiy bezlar va jinsiy hujayralar hosil bo’lishini pusht yo’li deb ataladi. Har xil hayvonlarda pusht yo’lining alohidalanishi ontogenezning turli vaqtlariga to’g’ri kelsa-da, baribir bu jarayon barcha hayvonlarda erta boshlanadi. Bu esa kelgusi avlodni dunyoga keltiruvchi jinsiy hujayralarning va irsiy axborot uzatilishining erta ixtisoslanishidan darak beradi. Pusht hujayralari bir qator takroriy bo’linishlardan so’ng gonial hujayralar – goniyalarni hosil qiladi. Dastlab ular har ikki jins individlarida o’xshash bo’ladi, keyinchalik ular differentsialanib erkaklarda - spermatogoniyalarga, urg’ochilarda – oogoniyalarga aylanadi. Bir qator mitotik bo’linishlardan so’ng ular xromosomalar to’plamining diploid holatini saqlagan holda kattaligi kichrayadi, so’ng bo’linishdan to’xtaydilar. Hujayralar o’sishdan to’xtab kattalashadilar. Bu bosqichda diploid xromosomali yetilmagan erkak jinsiy hujayralar birinchi tartibli spermatotsitlar (spermatotsit I), urg’ochi hujayralar esa birinchi tartibli ootsitlar (ootsit I) deb ataladi. Erkak va urg’ochi jinsiy hujayralarning yetilishida farq kuzatiladi. Download 160.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling