Mavzu: rivojlanishning genetik nazorati


Ontogenez muddatining davomiyligi


Download 160.57 Kb.
bet13/18
Sana28.10.2023
Hajmi160.57 Kb.
#1729016
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Ma\'ruza № 15

Ontogenez muddatining davomiyligi.
Har xil tiplar, sinflar va turkumlarga kiruvchi organizmlar ontogenezi muddatining davomiyligi turlicha. Bu - turning eng muhim xususiyati. Bir hujayrali organizmlarda ontogenez qiz hujayralarning hosil bo’lishi bilan tugallanadi, morfologik jihatdan o’lim qayd etilmaydi. Zamburug’lar, o’simliklarda har xil organlarning qarishi notekis ravishda sodir bo’ladi. Quyidagi jadvalda ayrim turlar ontogenez muddatining davomiyligi keltirilgan.
Hayvon va o’simliklar ontogenezida bir qator asosiy jarayonlar: o’sish, to’qimalarning tabaqalanishi, morfogenez, ya’ni organ va belgilarning shakllanishi amalga oshadi. Bu jarayonlarning amalga oshishida ya’ni organizmlarning individual rivojlanishida ontogenezni boshqaruvchi genlarning rolini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Prokariot va bir hujayrali eukariotlarda gendan to belgiga qadar bo’lgan yo’l juda qisqa, barcha irsiy belgilar bevosita hujayrada mavjud bo’lgan genlar tomonidan belgilanadi. Aksariyat ko’pchilikni tashkil etuvchi ko’p hujayrali organizmlarda, shu jumladan barcha yuksak o’simliklar, hayvonlar va odamda gendan to belgiga qadar bo’lgan yo’l uzunroq va murakkabroqdir. Ularning morfologik va biokimyoviy belgilari qator avlodlar davomida o’zaro ko’plab munosabatlarda bo’ladigan hujayralarning aktiv holatda bo’ladigan har xil xossalarga ega bo’lgan genlarining faoliyatiga bog’liqdir.

Ayrim turlar ontogenezining davomiyligi



Turlar

Ontogenez muddatining
davomiyligi

I. Prokariotlar dunyosi
TSianeyalar

Bir necha soatlar



II.Zamburug’lar dunyosi
Penitsillum Penicillium notanum
Trutovik Fomes fomentarius
Oq zamburug’ Botulus botulus

Bir necha hafta


25 yilgacha
Bir necha yil

III.O’simliklar dunyosi
Rezushka Arabidopsis thaliana
Bug’doy Triticum vulgare
Tok Vitis vinifera
Olma Malus domestica
Yong’oq Juglans regia
Jo’ka Tilia grandifolia
Dub Quercus robur
Kiparis Cupressus fastigiata
Mamont daraxti Sequoia gigantea

60 – 70 kun


1 yilcha
80 – 100 yil
200 yil
300 – 400 yil
1000 yil
1200 yil
3000 yil
5000 yil

IV. Hayvonlar dunyosi
CHumoli Formica fusca
Asal ari Apis mellifera
Laqqa baliq Silurus glanis
Qurbaqa Bufo bufo
Toshbaqa Testudo sumeiri
Ukki Bubo bubo
Ko’k qoya kaptari Columba livia
Afrika fili Elephas maximus
Gibbon Hylobates lar

7 yilcha
5 yilcha


60 yil
36 yilgacha
150 yilcha
68 yil
30 yilcha
60 yil
32 yilcha




Download 160.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling