Mavzu: ro’zi choriyev hayoti va ijodi. Reja: kirish i-bob. O’zbekiston xalq rassomo ro‘zi choriyev hayoti
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Namuna uchun R.Choriyev
1.2
San’atdagi ilk qadamlari. Ro’zi Toshkentga kelganida: ”Men rassomlikdan imtixon topshirishga qo’rqmayman, ammo tildan chatoqman ‘’, dedi bilim yurti hovlisida tanishib qolgan Sasha Botsman degan bolaga -Bo’lmasa,o’z tilingda imtihon topshir,-dedi Sasha. -Xamma gap shunda-da o’zbekchadayam ruschadayam yozolmiman,-dedi ro’zi. Aytganiday bo’ldi. Xamma imtihonlardan o’tdiyu inshodan yiqildi.Rus muallimaning rahmi keldimi yoki uning chizgan ishlaridan habardormi, qayta imtihon olib’’uch ‘’ baho qo’ydi.Ro’zi bilim yurtiga qabul qilindi.O’sha rahimdil rus muallimaga doimo yangi chizgan narsalarini ko’rsatib.. -Bir kuni ‘’uch’’ bahongizni oqlayman,der edi Birinchi kursni bitirgan yili Ro’zini armiyaga chaqirishdi. Kursdoshlari u bilan xayirlashar ekan: -Sen kelguningcha biz ham boshqa kurslarga o’tmay turamiz, deb xazillashishdi Armiya xizmati bolalar uyida o’sgan yigit uchun unchalik og’ir kechmadi.Harbiy intizom,mashqlar ko’p bo’lishiga qaramay Ro’zi albomga suratlar chizishga vaqt topardi uning rassomligini,hatto generalning qulog’iga yetibdi.Bir kuni uni chaqirib -Mana shu kartinalardan ko’chira olassanmi?,dedi -Urinib ko’raman,o’rtoq general,dedi Ro’zi Bir necha kundan keyin Viktor Vasnetsovning “Alyonushka” kartinasidan nusxa ko’chirib berdi. Bundan tashqari Ro’zi mohir klassik rassomlarning asarlaridan ko’chirma olish bilan mashg’ul bo’ldi.Ro’zi armiyadan qaytkanida akasi vagzalda kutib oldi. -Armiyadan nima keltirding o’zi? Yuking buncha ko’p,-deb xayron bo’lardi. -Bu sir. Uyga boraylik keyin ko’rasan,-dedi Ro’zi Akasi uyga keltirilgan yuklarning bari Ro’zi chizgan asarlar ekanligini ko’rgach, og’zi ochilib qoldi. -Qanday qilib vaqt topting? –dedi u nixoyat -Chizmoqchi bo’lgan kishiga istasa vaqt topiladi,- dedi ro’zi kulib. Bilim yurtida bu ishlari unga juda asqotdi. Birdan uchinchi kursga o’tdi. Izlanishlar, ilk saboqlar boshlandi. Yoz oylari ham u dam olmay Buxoro, Xiva, Surxondaryo tomonlarga jo’nab ketar, tinmay rasm chizardi. 1957 yil u bilim yurtini tugatib Lelingradga o’qishga otlanayotgan edi. Keta turib,vokzalda uning “Buxoro bozorida”asarini Moskvada ochiladigan “O’zbek adabiyoti va san’ati xaftaligi” ko’rgazmasiga olishganini eshitdi.Odamzod ko’ngli o’ssa,qanot cjiqarishi hech gap emas,deydilar.U shu yozda Leningradga bordi,Reppi nomidagi badiiy institutga qabul qilindi Ro’zi o’z bilim ufqini kengaytirib bordi. Eng muhimi ranglar sehrini mushohada qilishni o’rganishga intildi. Rassom Yuriy Neprinsev uning ishlarini ko’rib -Sen bilan yigirma yildan keyin yana shu yerda uchrashamiz.Sen o’shanda albatta taniqli rassom bo’lasan.Leningradda shaxsiy ko’rgazmangni ochasan,dedi. -Siz unda….Halq rassomi bo’lasiz dedi Ro’zi hazlga olib. Ustoz shogirdning bu hazl gaplari yigirma yildan so’ng chin haqiqatga aylandi. Ro’zi aka Lelingrad (xozirgi San-Peterburg)da shaxsiy ko’rgazma ochdi, ustozi bilan uchrashdi.Ustozi xam bu payt xalq rassomi, qator unvonlar soxibi bo’lgan edi.Tret`yakov galereyasi va Ermitajdagi umrboqiy asarlar bilan tanishdi. Repin, Van Gog, Pikasso kabi ulkan rassomlar ijodini o’rgandi. Soatlab ularning maftuni bo’ldi. «O’tmishga qarab ish tutish, moziyni salmoqlab ko’rish ko’p savob ishdir», degandi atoqli yozuvchi Abdulla Qodiriy. Ro’zi Leningradda tahsil ko’rgan yillari tarixni o’rganishga harakat qildi. Ta’til va amaliyot paytlarida Buxoroga kelib, diplom ishi uchun material to’plashga kirishdi. U aniq bir fikrga, «Buxoro amirligining yemirilishi» degan katta polotno ishlashga qaror qilgandi. Buxoro bozori yonida mol`bertini qo’yib, o’ziga kerakli odamlardan bir oz to’xtab turishni iltimos qilganliklari, amirlik davridagi kiyim va aslahalarini sinchiklab o’rganganliklari bejiz ketmadi. 1965 yilda institut pedagoglari «Buxoro amirligining yemirilishi» diplom ishi kartinasini yuksak baholadilar. To’g’ri, ungacha rassom Aleksandr Pantileev ham «Buxoroning yemirilishi» kartinasini yaratgandi. Ro’zi Choriev bu kartinani ko’rmagan edi. Bu haqda o’ziga aytganimda, rassom juda qiziqib: «Ko’rishim kerak», – dedi hovliqib. Ammo uning kartinasi mutlaqo o’zgacha ekanligini ko’rib xotirjam bo’ldi. uning kartinasi Pantileev kartinasidan qolishmasligini, hatto ba’zi jihatlardan ustun ham ekanligiga amin bo’ldi. Ro’zi Choriev asarida respublikamizdagi ostin-ustun qilgan voqealar, xalqning yashash tarzi nozik bo’yoqlarda yuksak mahorat bilan chizilgandi. 1966—73 yillar Toshkent pedagogika institutida dars bergan. 1990-yildan Respublika bolalar ijodiyoti markazida badiiy rah’arbo'lgan. Choriyev asarlarida oʻlka manzaralari, oʻtmishi va bugungi kuni, kishilarini yorqin boʻyoklarda katta mahorat bilan aks ettirgan. Choriyev ijodi rangtasvirga milliy ruh, urfodatlar, zamondoshlar, mashhur namoyandalar obrazlari turkumini olib kirishi, qishloqlarda tasviriy sanʼat galereyalarini tashkil qilishi bilan alohida ahamiyatga ega. Portretlar («Zamondoshim», «Doʻstim portreti», « Kelin . Shohi soʻzana», « Firʼavn . Erkak portreti», «Boysunlik qariya», «Poshxurdlik qiz Barno», «Sayroblik chol», « Qish . Avtoportret»), maishiy va tarixiy («Suhbat», «Xumson oqshomi», «Oltintopgan koni», « Nay . Choʻpon bola», «Boysun», « Bahor . Sherobod manzarasi»,«Bogʻlar» va b.) va sh. k. mavzulardagi asarlari mashxur. Ro’zi Choriyev Oʻzbekiston tasviriy sanʼatini targʻib qilishda fidoyilik koʻrsatgan: uning tashabbusi va bevosita ishtirokida Respublika bolalar ijodiyoti markazi, viloyatlar ( Surxondaryo va b.)da tasviriy sanʼat muzeylari tashkil qilingan, yosh rassomlarga gʻamxoʻrlik koʻrsatgan. 1969-y. dan Xalqaro koʻrgazmalarda qatnashib kelgan. Yevropa (Italiya, Shvetsiya, Gretsiya va b.), Osiyo, Afrika mamlakatlarida ijodiy safarda boʻlib, taassurotlari asosida qator asarlar yaratgan. Choriyev haqida «Koʻngil kamalagi yoki Roʻzi Choriyevni eslab…» filmi yaratilgan (2004). Choriyev asarlari respublika va xorijiy mamlakatlarning muzeylari va xususiy toʻplamlarida saklanadi. « Chorvoq vodiysi», «Surxondaryo odamlari» asarlari turkumi uchun Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureata (1983). «Elyurt xurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1998). Tasviriy san’at inson tarixining ilk davrlaridayoq paydo bo’lgan. Uning ahamiyati, kishilik jamiyatida tutgan o’rni haqida ko’p bahslar bo’lgan va bo’lib kelmoqda. Quyida biz rassom Ro’zi Choriev ijodi haqida gap boshlar ekanmiz, avvalo bu haqda uning fikrini keltirish joiz: «Yer yuzida yaxshilik va yomonlik yonma-yon turadi, – dedi u, – Odamlarda yaxshilik, ezgulikka, ezgulikka mehr va muhabbat va ayni vaqtda adolatsizlikka nafrat uyg’otishda san’at, shu jumladan, rassomlik katta kuch, deb bilaman…» Ha, chindan ham katta kuch. Ijod manbai – hayotning o’zi deb bejiz aytishmagan. Buni biz XX asr o’zbek tasviriy san’atining yirik namoyandasi, O’zbekiston xalq rassomi, O’zbekiston Badiiy Akademiyasining akademigi Ro’zi Choriev ijodida ham ko’rishimiz mumkin. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling