Mavzu: ro’zi choriyev hayoti va ijodi. Reja: kirish i-bob. O’zbekiston xalq rassomo ro‘zi choriyev hayoti


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana20.06.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1631283
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Namuna uchun R.Choriyev

Kurs ishining ob’ekti: “Rassom Ro’zi Choriyev hayoti va ijodi” 
Kurs ishining predmeti: Ro’zi choriyev hayoti va ijodi haqida manbalar. 
Kurs ishining maqsadi: Rassomning ijodini o’rganish mazmunan 
mohiyatini ochish. O‘rganuvchi yosh avlodlarni san’atga bo’lgan qiziqishini 
oshirish. 
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi mundarijasi kirish, ikkta bob, 
foydalanilgan adabiyotlar, xulosa, dars ishlanma va ilovalardan iborat. 


 
 
1.Bob O’zbekiston xalq rassomi Ro’zi Choriyev hayoti va ijodi. 
1.1 Rassomning bolalik yillari 
Ro’zi Choriev 1931 yil 28 avgustda Surxondaryo viloyatining Sherobod 
tumanidagi Poshxurd qishlog’ida tug’ildi. Yoshlikdan ota-onasidan yetim qoldi. 
’’Onamni eslay olmayman. U kishini men sakkiz oylik chaqaloq ekanligimda 
terlamaga yo’liqib ,olamdan o’tgan. Ko’p o’tmay otam xam…. Buni menga to’qson 
yoshga kirib vafot etgan xolam aytib bergan edi. Men tug’ilgan yillarda zamon 
notinch , ocharchilik bo’lgan. ‘’Kolxoz tashkil qilingan yillari ko’p ishlar bo’lib 
ketdi. Ko’pchilik o’rta xol xunarmandu arabchani bilgan savotxon xam , boyu 
savdogar xam so’rab –surishtirilmay, odamlarning bir-birini chaquvidan qamalib 
ketdi, -degan edi xolam. –Anashunday odamlarning bolalari ko’chada qoldi, 
qanchasi ochlikdan shishib o’ldi. Odamlar bir-biridan shubxalanib yashagan 
zamonlar bo’lgan ekan.Ana shunday xatoliklar, 
adolatsizliklar ro’y berganida ko’p oilalar, qavmu-
qarindoshlar, aka-uka, opa-singil, og’a-inilar xar 
tamonga tarqab ketgan ekanlar. Men xam xolam 
aytkanidek, zamona zayli bilan shunday savdolarni 
boshimdan o’tkazganman….. deb aytgan (Rassom 
yon daftarchasidan)’’
Bir necha yildan so’ng ularning uzoqroq bir 
qarindoshi Sherobodda internat ochilganini eshitib, akasi Ochilni, keyin esa Ro’zini
uyerga topshirdi. Ro’zi Sherobod va Termizda, bir necha oy esa Boysun bolalar 
uyida bo’ldi. Maktabda u a’lo o’qidi. Maktabdalik chog’idayoq rangli qalam va 
bo’yoqlarga o’ta mehr qo’ygandi.U esini taniganidan buyon ufqni sevar, talpinar, 
unda qalbini quvonchlarga to’ldiradigan allaqanday narsalar borligini tasavvur qilar 
edi. Nainki ufqni, Ro’zi qishlog’ini xam yaxshi ko’rardi. Ayniqsa uning atrofidagi 
baxaybat tog’larini berilib tamosha qilar edi. Tog’ning so’nmas chiroyi, 


yuksakliklari chorlovchi cho’qqilari uni xamisha maftun etar, xar safar boqqanida 
kuchga to’lib-toshar edi. Quyoshning kechki qizg’ish shullalari 
1
tepaliklar 
qo’ltig’ida o’sgan teraklar ustidan qaltirab-qaltirab ketyabti. Terakzor tagida 
jilg’alar xam uyg’ongan. Kakliklar, baxor oqshomini kutgan qurbaqalar atrofni sirli 
bir ovozga to’ldirib turibti. Xa, ubularni sevadi. Ro’zini ertasi kuni tog’lar ortiga, 
quyosh chiqadigan tomonga olib ketishdi. Esida qolgani shu. Kuz shafag’i bog’lar 
orasiga ilinganda, Ro’zi ustozi Govriel Vasilyevich Parfenovnikiga kirib keldi. 
Gavriel Vasilyevich – arxeolog viloyat o’lkashunoslik muzeyi direktori... U bo’sh 
paytlarida bolalar uyidagilarni yosh o’lkashunoslar to’garagiga jalb qilar edi,u bir 
kuni bolalarga “Qizil rasmli g’or” haqida gapirib qoldi bu g’or Zaravut 
soyda,Ko’hitangda deb Boysunda eshitgan edim,dedi Ro’zi.”Biz o’sha g’orga 
bormoqchimiz, hozirdan tayorgarlik ko’ringlar”,dedi arxeolog,Ro’zi uning oldiga 
maslahat so’rash uchun kelgan edi..Birorta albom,rangli qalam topishning iloji 
bormikan?bu chekka o’lkada xali chizishga xamma narsa ham topilavermas edi. 
Ro’zi Termizga kelishga qadar Boysun Sherobod Qumqo’rg’ondagi bolalar uyida 
yashagan taqdir taqazosi tufayli ajralib ketgan tengdoshlarini eslab,surat chizgisi 
kelar edi.Ro’zi arxeologdan albom so’rashga iymandi.Negaki uning yonida,hovlida 
bir qiz etyutnik qo’yib surat ishlamoqda edi.Bu qiz rassom,dedi arxeolog.,ismi 
Elena.Endi u sizlarga rasmdan dars beradi.Elena undan nechi yoshga kirganligini 
soradi.O’n ikkiga kirdim,dedi Ro’zi. Elena bu yoshda rassomlikda qiziqish 
kechligini aytdi.Ro’zi baribir rassom bo’laman,deganida qiz jilmayib qo’ydi Sen 
uchun kech emas,dedi u,faqat mehnatdan qochmaysan. Kuz oqshomlarining birida 
unga bolalar uyining direktori Vladimir Vino Kurov Toshkentga boramiz deb 
qoldi.Ko’zi ojiz bu odamning qo’lidan yetaklab Toshkentga eltish,Fillatov degan 
doktorga uchrashtirish lozim edi.Ertasi kuni ular toshkentga yetib kelishdi.Ro’zi bu 
ko’hna shaharni tomosha qilar ekan,bog’larning ko’pligiyu bu yerda hali hazon rezgi 
boshlanmaganidan hayron qoldi.Holbuki,Surxonda allaqachon hamma yoqda dov 
1
Tolipov N, Abdirasilov S, Oripov N. Toshkent 2006. 


daraxtlar,changalzorlar o’t o’lanlar qavjirab,sariq,qirmizi,qahrabo tuslarga kirgan 
edi .Doktor qabulida odam ko’p edi,ular navbatga yozilib keyin restoranga 
kirishdi.Bu yerning ovqati mazali edi.Ro’zi: qani endi men doim bu odamni 
shunday,shaharma-shahar olib yursam edi,deb o’yladi.Ular Fillatov qabuliga kira 
olishmadi. Tonggi poyezdda Termizga qaytishdi. Yomg’irdan so’ng tushgan tuman 
vagon derazasining ko’kimtir ranggini yanada quyuqlashtirgan.Ro’zining 
mayuslanib qolgan direktorga rahmi keldi.Qani endi qo’lida olovuddinning sehrli 
chirog’I bo’lsayu, uning kuchi bilan bu odamning ko’zini ochsa.. 
U bu gapni termizga kelganidan so’ng o’qtuvchisi Elenaga aytdi.Shunda 
Elena:”Sen rahmdil bola ekansan,sendan rassom chiqishiga endi ishonaman”,-dedi 
Elena. u orada Ro’zi maktabni ham tugatib olgan edi. U bir amallab Toshkentga
yetib keldi. Uning moddiy jihatdan yordam beruvchi kishisi yo’qligidan, yozda turli 
xil ishlarda ishlab, bir oz pul topgan edi. Katta shahar ham uning quvonchlariga 
sherik bo’ldi. 

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling