Mavzu: ro’zi choriyev hayoti va ijodi. Reja: kirish i-bob. O’zbekiston xalq rassomo ro‘zi choriyev hayoti


 Janrlardagi rassom asarlari tasnifi


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana20.06.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1631283
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Namuna uchun R.Choriyev

2.2 Janrlardagi rassom asarlari tasnifi


R.Choriev ijodiy yo’nalishlarining e’tiborli tomoni shundaki, ularda 
kishilarning tabiatga, san’atga, mehnatga munosabatlari ko’zga tashlanadi. Aytaylik 
Qumqo’rg’on olmalari” kartinasida voyaga yetgan yosh qizlarning qaysimizning 
olmamiz chiroyli degan muloqotlari, ularning tabiatga, go’zallikka intilishlari aks 
etadi. Tomoshabin xayolida xalq ijodining go’zal namunasi bo’lmish 
“Namanganning olmasi” qo’shig’i yangrab, u Choriev qo’llagan ranglar tilida 
jaranglagandek bo’ladi.
Rassom ayni paytda ekspressiv holatlarni ilg’ashga, unga yanada jo’shqinlik 
xislatlarini qo’shishga ko’proq intiladi. Shu boisdan ham rassom bir suhbatida 
shunday deb yozgandi: “hatto etyud ishlaganimda ham o’z fantaziyamni qo’shib 
chizaman. Ba’zi kishilar buni tushunmay, asliga o’xshamay qolibdi-ku, deb ta’na 
qilishadi”. 
Etyud 
-Bo’lajak rassomga, eng avvalo, etyut ishla, deb maslaxat bergan bo’lar edim, 
- deydi rassom. 
-Etyud kishi qalbidagi xolatni, tuyg’uni ifoda etadi,-deyydi rassom 
-Xar bir chizgida, rangda u yashiringan bo’ladi. Uni toppish, tushunish 
tomoshabindilarga bog’liq.
‘’Kartina, menimcha, bu-simfoniya. Yoki bo’lmasa, avji baxorda qiyg’os 
gullagan olma daraxtini ko’z oldingizga keltiring. Uning gullari yaproqlari novdalari 
po`stloqlari bir-biriga o`xshamaydi.Hidlari ham bo`lakcha. Ularni bir tun daraxt 
o`zida mujassam etgan.Kartinada ham shunday obrazlar, ranglar, yorug`lik va 
soyalar har xil ularni biror bir g`oya ushlab turadi.Bu esarassomning maqsadida aks 
etadi’’.(Rassom yon daftaridan) 
Ro’ziChoriyevning “Amirlikning yemirilishi”kartinasi ko’p bahaslarga 
sabab bo’lgan.Unda Buxoroda tahlikali kunlarda ro’y bergan voqealar tasvir 
etilgan,lekin siz nega boylarni miltiq bilan haydab kelayotgan kambag’al yigitni 
tahlikali holda chizgansiz? Deb so’radim rassomdan. 
-Nega shunday?,sen nIma deb o’ylaysan, dedi Ro’zi aka. 


-Menimcha,kechagina boyga qaror bo’lgan bu yigit o’zining mutelik hissini 
hali yo’qotmagan.Shuning uchun bu obraz tabiiy ishlangan,-dedi bir shoir do’stim. 
-Ha juda to’g’ri angladingiz,-dedi rassom hursand bo’lib. 
-San’atkor o’z niyatini asarda manashunday chizgilar orqali berishga 
intiladi,shuning uchun tomoshabin kartinadagi har bir chizgini etiborsiz 
qoldirmasligi lozim. 
“Men Italyan rassomi Renato Guttuzodan XX-asr tasviriy san’atida eng 
yirik istedod sifatida kimni tan olasiz, deb so’radim”“deb javob qildi rassom.Ular 
orasida Pablo Pikasso birinchi o’rinda turadi deganimda u bu fikrimga qo’shildi 
rassom bizlar bilan sizlab emas,o’z bo’stlari orasida rasm bo’lgan odam bilan “sen” 
lab murojat qildi.U mening har qanday ulkan san’atkor yangi an analar yarata 
turib,o’zidan oldin o’tgan buyuk rassomlarning yutuqlariga suyandi,degan fikrimga 
ham qo’shildi.”Lekin faqat an anaga suyanishning o’zi yetarli emas” dedi u.U menga 
estalik sifatiga qog’ozga suratimni ishlab berdi bu surat hamisha buyuk rassom bilan 
bo’lgan uchrashuvimizni yodga solib turadi.Uning “Kalibri manzarasi” ”Tomlar” 
kabi peyzajlari menga juda yopdi(rassom yon daftarchasidan). 
Portret 
- Janri eng murakkab janrlardan biri deymiz.To’gri gap.Portretda inson qiyofasi 
har qanday sharoitda ham oxshatib ishlanishi kerak bu oxshashlik fotodan shubhasiz 
farq qiladi.Inson qiyofasida,harakatlarida shunday nuqtalari borki,bu aynan obraz 
uchun hamisha harakterli bo’lib qoladi.Siz shu qonunga hamisha amal qilaszmi? 
-Portret bu insonning ikkinchi umri,nazarimda portretlarda tirik odamlarning 
qalbi muhrlanganday tuyuladi.Obrazlarning qanday nafas olayotganini,nma haqida 
o’ylayotganini,kayfiyatini bilib turaman.Shunda yana to’lqinlanib ketaman.1972-
yili tosh portretini ishladm,uni avval ishlagan asarim “Ikrom Akbarov”portreti bilan 
birgalikda ko’rgazmaga qo’ydim,o’ylagan edimki,odamlar ko’proq bu portretga 
emas balki odamlarga,san’at shunoslarga “Toq tosh” portreti maqul bo’ldi. U 
akademik uslubni butunlay inkor qilmadi. Bu xususiyat ayniqsa, uning tematik 
kartinalari va portretlarida ko’rindi. Xususan, “Marsiya” (“Rekviem”) uchligi, 


“Birinchilar”, “Qiz bolaning tug’ilishi” kabi janrli va uchlikda ishlangan 
portretlarida ushbu tamoyillar yanada aniqroq seziladi. 
Choriev qariyalar va keksa ayollar portretlarini yaratishni yaxshi ko’rardi. Ular 
bilan uchrashish va suhbatlashish rassomga katta ta’sir ko’rsatadi. Bag’rikenglik va 
vazminlik, erkinlik va ochiq ko’ngillik va mehr-oqibat timsollarini chekka, xilvat 
joylarda yashovchi ana shu sodda, oddiy odamlar qiyofasida, ularning yashash 
tarzida, an’analarida ko’ra oladi.
R.Choriev o’z atrofini qurshab turgan muhitdan san’at olamiga loyiq muhim 
unsurlarni, kerakli fazilatlarni olib kirdi. Musavvir hayotdagi olijanoblik va 
go’zallikni ko’ra olish, ulardan hayratlanish va zavqlanish orqali asar yaratdi.
“Otamning do’sti portreti” ni (1970) R.Chorievning 70-yillar boshida 
yaratilgan barkamol asarlaridan biri deyish mumkin. Unda Surxondaryo 
qishloqlaridan birida yashovchi sqariya qiyofasi aks etgan. Cholning endi oq 
qoralagan qora uzun soqoli, boshidagi oqsalla, janub quyoshida qizargan yuzi, uning 
Surxon milliy libosi — yo’l-yo’l qizil-sariq yaktagi, undagi mayda kashtali jiyaklar 
saraton rangiga uyg’unlashtirilgan tabiat manzara, rassomning yorqin va bir-biriga 
zid bo’yoqlardan ustalik bilan foydalana olganligini ko’rsatadi. Qariyaning olis 
xotiralar va bugungi hayot shiddatini o’zida mujassam etgan nigohi o’tkir va 
ma’yus. Uning libosiga faqat etnografiya yoki ranglar tovlanishi uchungina e’tibor 
berilgan emas, balki tasvirlanuvchining ruhiy olami, yashash tarzini ko’rsatish 
maqsadida diqqat qaratilgan.
R.Chorievning ayrim asarlarida mahobatli xususiyatlar ham ko’zga tashlanadi. 
Bu aslida Afrosiyob, Varaxsha devoriy suratlariga bo’lgan muhabbat, ularning 
uslubini yangicha talqin etishga bo’lgan ishtiyoq tufayli tug’ilgan. (“Qumqo’rg’on 
olmalari”, “Qiz bolaning tug’ilishi” kartinalari). Akademik rassom Rahim Ahmedov 
yozganidek: “Ro’zi Choriev izlanishlari ko’?lami keng. Rassomning turli janrlardagi 
asarlarining kompozitsion yechimi rang-barang, texnikasi va uslubi turlicha 
bo’lishiga qaramay, ularni birdan tanib olish mumkin”.


Ro’zi Choriev tabiatan xushchaqchaq, g’ayratli, kuyunchak inson edi. Uning 
bu kayfiyati ijodiga ham ta’sir etmay qolmagan, albatta. Musavvir iliq ranglarga boy 
serquyosh Surxondaryo va uning odamlarini mehr bilan tasvirladi.
2000 yilning kech kuzida Turkiyaning Istambul shahrida rassomning 
ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Ko’rgazma o’tayotgan ayni paytlarda musavvirning 
“Ko’rfaz”, “Dengiz siri”, “Qirg’oqda” singari qator manzaralari vujudga keldi.
Rassom hamisha izlanishda bo’lar, u qaysi bir shaklda chizsam ekan deb o’ylab 
o’tirmas edi.. Ko’ngli buyurganini qilardi. Ko’ngil — Ro’zi Choriev uchun ulug’ 
narsa edi. “San’atkor qalbi hamisha yosh bo’lishi kerak”,- degan edi buyuk rassom.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling