Мавзу: Ўрта Осиёнинг антик давр тарихи ёзма манбаларда


Mavzuning o‘rganilganlik darajasi


Download 67.97 Kb.
bet2/7
Sana19.12.2022
Hajmi67.97 Kb.
#1033543
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O\'rta Osiyoning antik davri moddiy madaniyati.

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi: Hozirgi kunda O‘zbekistonning o‘tmish tarixini mukammal o‘rganishga bo‘lgan qiziqish oshib bormoqda. Qadimgi tarixning yoritilish jarayoni o‘tmish manbalari, arxeologiyaga oid ashyolar va yozma ma’lumotlar bilan uzviy bog‘lanadi. Moddiy manbalar, ibtidoiy makonlar, qishloq va shahar xarobalari o‘lkamizning turli joylarida chuqur o‘rganilgan. Yurtimiz qadimgi tarixini yoritish jarayoniga Bugungi kunda Antik davir tarixchilari asarlari nixoyatda qiziqarli mavzulardan xisoblanadi. Chunki bu davr madaniyati merosi o‘zidan keyingi tuzumlarga juda katta o‘rnak bo‘larli va unga yaqinlashgan har bir kimsa, har bir davlatga chin ma’nodagi foyda konini qoldiradi. Bu ma’noni maydalab, har bir sohada sinchiklab sanab chiqishi va ko‘rsatish mumkin.
O‘zbekiston, umuman Markaziy Osiyo tarixiga oid eng qadimgi yozma manbalar juda ko‘p. Jumladan, ularning tahlili, tarixiy sanalarning to‘g‘riligi va ahamiyati, geografik-tarixiy tushunchalarining qisqacha izohli lug‘ati hamda boshqa ma’lumotlar haqida turli xil adabiyotlar bor. Biroq ularning hammasi ham o‘zbek tiliga tarjima qilinmagan va har tomonlama o‘rganilmagan.
Mustaqillik yillarida yangi nazariy metodologiya asosida yaratilgan asarlar ko‘plab yaratildi. A. Sagdullayev1, G.A.Mixaleva, G.A.A‘zamova, S.T.Davlatova, T. Xodjayev, L.Letveeva, G.M.Tanieva va boshqalarning asarlarida XIX-XX asr O‘zbekistonning antik davr tarixiga doir qimmatli ma‘lumotlarni olish mumkin.2
Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari: Ishning asosiy maqsadi O‘rta Osiyoning antik davr tarixi yozma manbalarini o‘rganish.
Maqsadga muvofiq quyidagi vazifalar qo‘yildi:
-Eng qadimgi manbalarni qiyosiy taxlil qilish orqali urganish
-Manbalar arxeologiyaga oid yangi ma’lumotlar bilan solishtirish;
-O‘zbekistonning qadimgi tarixiga oid materiallarni tahlil qilish;
-Qadimgi fors, yunon-rim tarixchilarining ma’lumotlarini ilmiy tahlil qilish;
BMIning davriy chegarasi: Ishimiz xronologik jixatdan miloddan avvalgi IX-VII va VII-IV asrlarga to‘g‘ri keladi.
BMIning nazariy-uslubiy asosi: Bitiruv malakaviy ishiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O‘zbekiston tarixini rivojlantirishga doir bildirgan ko‘rsatmalari asosiy nazariy-uslubiy asos bo‘lib xizmat qildi. Shuningdek, ishni bayon qilishda tarix fanining ketma-ketlilik, xolislik, haqqoniylik, uzviylik kabi tamoyillari muhim nazariy-metodologik asos bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari ishni yozishda, tarixiy voqea va hodisalarga baho berishda milliy istiqlol g‘oyasiga tayangan holda yondashildi.

Download 67.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling