O‘rta Osiyoning antik davr tarixi yozma manbalarda
mavzusida yozgan
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Mundarija
Kirish…………………………………………………………………....3
1 Bob. O‘rta Osiyo haqidagi ilk yozma manbalar
I.1 “Avesto” O‘rta Osiyo haqidagi ilk manba……………….........….…6
I.2 Qavdimgi Eron va Xind manbalari…………………….........……..16
2 Bob. O‘rta Osiyoning antik davir tarixi yozma manbalarda
II.1 Geradotning “Tarix” asarida O‘rta Osiyoga tegishli ma’lumotlar…25
II.2 Kvint Kursiy Ruf, Strobon va Arrian asarlarida O‘rta Osiyo.….….33
Xulosa………………………………………….…………………..…..49
Foydalanilgan adabiyotlar…………………..……………………......51
Ilova…………………………………………..……………………..…52
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Mustaqillik erishganimizdan so`ng ajdodlarimizga bo‘lgan e’tibor nixoyatda kuchaydi. Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimovning quyidagi so‘zlarini eslash joiz: “Tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson, takror aytaman, irodali insondir”1.
Markaziy Osiyo, jumladan Movaraunnahirda yashagan qadimgi turkiy xalqlar – skiflar, saklar, massagetlar haqidagi hozirgacha ma’lum bo‘lgan, yozma tarixiy adabiyotlarda o‘z ifodasini topgan eng qadimgi va dastlabki bu ma’lumotlarning manbalari “Avesto” kitobi, “tarix otasi” - Geradotdan tortib Strobon, Arrian, Kvint Kursiy Ruf, Plutarx singari buyuk tarixchilar, Axomoniylar davri forsiy yozuvlarini urganish eng dolzarb masalalardan biri xisoblanadi.
Avesto o‘zbek, umuman O‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to‘g‘risidagi tasavvurlari, urfodatlari, ma’naviy madaniyatlarini o‘rganishda muhim va yagona manba «Bu nodir kitob bundan 30 asr muqaddam ikki daryo oralig‘ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir»1
Geradot hamda ba’zi yunon tarixchilari asarlarining asosiy yo‘nalishlarini yunonlar va qo‘shni xalqlar kurashi tashkil etadi. Binobarin, ularda katta tarixiy haqiqat bilan bir qatorda, ong oqimi tarzidagi ayrim, juz’iy manfaatli nuqtai nazarlar ham bo‘lishi tabiy xol biz ishimizda ushbu fikirlarni taxlil qilishga xarakat qildik.
Do'stlaringiz bilan baham: |