Мавзу: Ўрта Осиёнинг антик давр тарихи ёзма манбаларда
II Bob. O‘rta Osiyoning antik davir tarixi yozma manbalarda
Download 67.97 Kb.
|
O\'rta Osiyoning antik davri moddiy madaniyati.
II Bob. O‘rta Osiyoning antik davir tarixi yozma manbalarda
Geradotning “Tarix” asarida O‘rta Osiyoga tegishli ma’lumotlar. Yunon- fors urushlari boshlanishi bilan miloddan avvalgi VI−IV asrlar siyosiy voqealarida ishtirok etgan Markaziy Osiyo xalqlarining tarixi qadimgi yunon tarixshunoslarining asarlarida yoritilgan. Bu borada Markaziy Osiyo xalqlari to‘g‘risida qisqa bo‘lsada, juda aniq ma’lumotlar beruvchi Gerodotning “Tarix” kitobi qismlari ayniqsa qimmatlidir. Qadimgi davrlardan boshlab bu kitob dunyoda eng mashhur tarixiy asarlaridan biri bo‘lib hisoblangan. Uning muallifi Gerodot “tarixning otasi” deb nom olgan. Gerodot miloddan avvalgi 484 yilda Kichik Osiyodagi Galikarnass shahrida tug‘ilgan (miloddan avvalgi 431 − 425 yillar o‘rtasida vafot etgan). U 10 yil davomida (miloddan avvalgi 455 − 445 yillar) Liviya, Misr, Ossuriya, Bobil, Ekbatonga sayohat qilib, Qadimgi Sharq tarixi haqida ko‘pdan-ko‘p ma’lumotlar to‘plagan. Misr fir’avnlarining maqbaralari, Bobil mudofaa devorlari va muqaddas minoralari, Qora dengiz shimoliy sohilidagi skif mozor-qo‘rg‘onlari Gerodotni zavqlantirib, uning Qadimgi Sharq tarixi va madaniyatiga ma’lum bo‘lgan qiziqishlarining g‘oyat kuchayishiga asos solgan. Gerodotni Old Osiyo, Bobil, Eron, va “dunyo chegaralarida” joylashgan xalqlar va davlatlar tarixi ham ancha qiziqtirgan. Qadimgi yunonlarning fikrlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo va Hindiston o‘lkalari inson yashagan dunyoning sharqiy chegaralari bo‘lgan. Gerodot Markaziy Osiyoda hech qachon bo‘lmagan va hudud haqida o‘z eshitgan hikoyalari, surushtirib bilganlari asosida yozgan. Gerodot “Tarix” kitobini miloddan avvalgi 455 − 445 yillar davomida yozgan. Bu muhim asarida Gerodot Baqtriya, Baqtra, baqtriyaliklarni 13 marta, so‘g‘dlarni 2 marta, xorazmliklarni 3 marta, saklarni 11 marta, massagetlarni 19 marta tilga olib, ularning moddiy madaniyati, urf-odatlari, dini va tarixi haqida hikoya qilgan.1 Gerodotning Markaziy Osiyo to‘g‘risidagi asosiy fikrlari forslarning sak-massagetlarga qarshi yurishlari, Kir II va To‘maris o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar, ahmoniylar harbiy qo‘shinlari safida yurtimiz xalqlari jangchilarining ishtiroki, ularning yarog‘-aslahalari, yo‘lboshchilari, fors-yunon urushlarida ularning ko‘rsatgan jasorati, xalqlarning ahamoniylar davlatiga bo‘ysunishi va maxsus xiroj to‘lashi, sak-massagetlarning urf-odatlari, turmush tarzi va diniy e’tiqodi, Markaziy Osiyodagi Akes daryosining suvlaridan foydalanishi haqida va boshqa ayrim ma’lumotlardan iborat. Gerodot Markaziy Osiyoda xalqlar joylashuvidagi nafaqat aniq, balki umumiy chegaralardan ham bexabar bo‘lgan. Tarixchi massagetlarning hududiy joylashuvi haqida bunday yozadi: “Ular sharqda, quyosh chiqishi yo‘nalishida, Araks daryosining narigi yog‘ida joylashganlar... Araks daryosi Matiyona tog‘laridan boshlab oqadi”. Araks − bu Amudaryo, Matiyona tog‘lari, Gerodotning tushunchasi, Plmir yoki Hindikush tizmalaridir, chunki tarixchining aytishicha, Matiyona tog‘larida Hind daryosi ham boshlanadi. Ahamoniylar podsholari Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib Parfiya, Marg‘iyona, Baqtriya va saklarni bo‘ysundirish rejalashtirganlar. Gerodot xabarlariga ko‘ra, Kir II ning harbiy yurishlariga “Bobil, Baqtriya xalqi, saklar va misrliklar to‘siq bo‘lib turganlar”1. Gerodot ma’lumotlarida berilgan “Baqtriya xalqi” tushunchasi ma’lum bir etnik birlikni birlashtirgan bo‘lishi mumkin. “Xalq” ma’nosini beruvchi “etnos” so‘zi Gerodot “Tarix” ida juda ko‘p uchraydi (tadqiqotchilar hisobiga ko‘ra, tarixchi bu so‘zni 145 marta ishlatgan) va faqat ikki joydagina bu so‘z Baqtriyaga nisbatan ishlatiladi. Ushbu kitobda keltirilgan quyidagi ma’lumotlar G. A. Stratanovskiy tomonidan rus tiliga tarjima qilingan va 1972 yilda chop etilgan Gerodotning “Tarix” asaridan olingan. Gerodotning aytishicha, Doro I Ahamoniylar davlatini 20 ta o‘lkaga bo‘lgan. Tarixchi Markaziy Osiyo xalqlari haqida bunday xabar qiladi: Tarix, VII, 64. “Baqtriyaliklarning ust-boshi midiyaliklarning ust-boshiga o‘xshagan, ular o‘q-yoy va kalta nayzalar bilan qurollanganlar. Saklar (skif qabilasi) uzun cho‘qqili qalpoqlar kiyib, kamon va xanjarlar bilan qurollanganlar, yana ularda ikki qirrali harbiy boltalar − sagarislar bo‘lgan. Ushbu qabila (aynan skif qabilasi) amirgiy saklar deb nomlangan. Forslar skiflarning hammasini saklar deb ataganlar. Baqtriyaliklar va saklarning sardori Gistasp − Doro va Kirning qizi Atossaning o‘g‘li bo‘lgan”2. VII, 66. “Parfiyaliklar, xorazmliklar, so‘g‘dlar, gandariylar va dadiklar baqtriyaliklarning qurollariga o‘xshagan yarog‘-aslaxalari bilan harbiy yurishni boshlaganlar. Ularning yo‘lboshchilari: parfiyaliklar va xorazmliklarniki − Farnak o‘g‘li Artaboz; so‘g‘dlarniki − Artey o‘g‘li Azan bo‘lgan”. VII, 88. “Baqtriya chavandozlarining qurollari piyoda askarlari qurollariga o‘xshagan”. Gerodot hikoyalarining asosiy qismi massagetlarga bag‘ishlangan: Tarix I, 201. “Shu xalqlarga ega bo‘lgandan so‘ng, Kir massagetlarni istilo qilish maqsadini o‘z oldiga qo‘ygan. Bu massagetlar jasur va behisob qabiladir. Ular sharqda, quyosh chiqishi yo‘nalishida, Araks daryosining narigi yog‘ida issedonlarga ro‘para bo‘lib joylashganlar. Ba’zilar ularni skif qabilasi deb hisoblaganlar”. I, 202. “Hikoyachilarning xabarlariga ko‘ra, Araks Istr daryosidan yirikroq bo‘lgan, aksincha, boshqa birlari esa uni kichikroq daryo deb hisoblaydilar. Araks daryosida orollar ko‘p...Araksning bir o‘zani keng ochiq joyda oqib, Kaspiy dengiziga quyiladi. Kaspiy dengizi − bu boshqa dengizlar bilan bog‘lanmagan dengizdir”. I, 215. “Massagetlarning kiyim-kechaklari va turmush tarzi skiflarnikidan uncha farq qilmaydi. Ularning otliq va piyoda qo‘shinlari bo‘lib, odatda ular kamon, nayza va harbiy cho‘qmorlar bilan jang qiladilar. Ularning hamma narsalari oltin va misdan ishlangan. Cho‘qmor, o‘q va nayzalar uchlari misdan ishlangan, ularning ust-boshlari oltin bilan naqshlangan. Ular otlarining egar-jabduqlarini ham ust boshlari kabi oltin bilan bezatadilar. Temir va kumushdan yasalgan buyumlar ularning ro‘zg‘orida ishlatilmaydi, chunki bu metallar massagetlarning yerlarida umuman uchramaydi ammo oltin va mis ularda jo‘da ko‘p”. I, 216. “Bug‘doyni massagetlar ekmaydilar, chorvachilik va baliqchilik (Araks daryosida baliq serob) bilan shug‘ullanadilar hamda sut ichadilar. Massagetlar ichida ulug‘langan yagona xudo bu Quyoshdir, Quyoshga ular otlarni qurbon qiladilar, chunki xudoga dunyodagi eng chaqqon − tez chopar jonliq qurbon qilish lozim deb o‘ylaydilar”. Miloddan avvalgi 530 yilning iyul − avgust oylarida Kir II massagetlarga qarshi yurish qilgan. Bu voqealar “Tarix” ning birinchi kitobida tasvirlangan: To‘marisning yurtiga podsho Kir tomonidan sovchilarning yetib kelishi; podshoga turmushga chiqish taklifining To‘maris tomonidan rad qilinishi; forslarning Araks daryosidan kechib o‘tishi va massagetlar yerlarining ichkarisiga kirib borishi; To‘marisning o‘g‘li Sparganis boshchiligidagi massagetlarning bir qismi tasodifan forslardan mag‘lubiyatga uchrashi (massagetlarning ba’zilari joyda o‘ldiriladi, boshqa birlari asirlikka olinadi); To‘maris boshchiligidagi massagetlarning harakatlari natijasida forslarning butunlay qirib tashlanishi; podsho Kirning jasadining urush maydonidan topilishi va uning kesilgan boshining qon bilan to‘lg‘izilgan meshga solinishi. Bu xabarlarning oxirida Gerodot bunday xulosa chiqaradi: “Kirning o‘limi haqidagi ko‘pdan-ko‘p hikoyalar orasida menimcha, bu hikoya eng ishonchlidir”. Gerodotning Akes daryosi suvlaridan foydalanish haqidagi ma’lumotlariga asoslanib, bir guruh olimlar (F.Al’txaym, V. B. Xenning, I. Gershevich) ahamoniylar davridan oldin Markaziy Osiyoda “Katta Xorazm” davlati rivojlangan, degan muammoni ilgari suradilar. Tarix, III, 117. “Osiyoda bir vodiy bor. Uning hamma tomoni tog‘ bilan o‘ralgan, tog‘ni esa beshta dara kesib o‘tadi. Bir vaqtlar bu vodiy xorazmliklarga qarashli bo‘lib, xorazmliklar, parfiyaliklar, saranglar va tamaneylarning chegaradosh yerlarida joylashgan. Forslarning hukumronligi boshlangach, vodiy fors podshosi hukumronligiga o‘tgan. Vodiyni o‘rab olgan tog‘dan Akes nomli yirik daryo boshlanadi. Beshta o‘zanlarga bo‘lingan bu daryo sanab o‘tilgan xalqlarning yerlarini daralar orqali suv bilan ta’minlagan. Ammo forslarning hukmronligi davrida ushbu xalqlar quyidagi holatni boshdan kechirdilar: Podsho daralarni to‘sib suv yo‘llarida to‘g‘on darvozalari qurishga buyruq bergan. Daralardan chiqayotgan suv oqimining yo‘li berkitilgani uchun tog‘ bilan o‘ralgan vodiy o‘rnida ko‘l paydo bo‘lgan. Ilgari shu suvdan foydalanib kelgan qabilalar bu imkoniyatdan mahrum bo‘lib, dahshatli holatga tushganlar... podsho to‘g‘on darvozalarini ochish uchun katta pul (soliqlardan tashqari) talab qilgan”. Muhim savdo yo‘llarida joylashgan Markaziy Osiyo viloyatlari Ahmoniylar davlatida katta iqtisodiy, harbiy ahamiyatga ega bo‘lgan. Baqtriya viloyatlarini idora qilgan hokimlar ahamoniylarning oilasi vakillari bo‘lgan (to‘rt marta Baqtriya hokimlari ulug‘ podsho o‘g‘illari yoki aka-ukalari bo‘lgan). Baqtriya hokimlari ahamoniylar taxtini qo‘llariga olishni doimo o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yganlar. Baqtriya hokimi Masist ahamoniylar podshosi Kserksga qarshi (Masistning akasi) Baqtriya viloyatida qo‘zg‘olon ko‘tarishga harakat qilgan. Tarix, IX, 113. “U o‘g‘illari bilan maslahatlashib, ular va o‘zining tarafdorlari bilan birga Baqtraga yo‘l oladi. Podshoni taxtdan ag‘darish uchun u Baqtriya viloyatida qo‘zg‘olon ko‘tarmoqchi bo‘lgan. Agar u baqtriyaliklar va saklar oldiga o‘z vaqtida yetib borganda, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadini aniq bajarish mumkin edi. Haqiqatdan ham bu xalqlar Masistni hurmat qilardi, u Baqtriya satrapi bo‘lgan. Ammo Kserks Masist o‘g‘illari va tarafdorlari bilan birgalikda o‘ldiriladi”. Gerodotning “Tarix” asarida Markaziy Osiyo hududi bilan bog‘langan geografik tushunchalar kam uchraydi. Shular jumlasidan, daryolarning nomlari − Araks, Akes, Kaspiy dengizi hamda Matiyona tog‘lari. Gerodot Baqtriya markazi Baqtra shahrini va shu viloyatlardagi Barka nomli qishloqni ikki marta tilga olgan (Gerodot, IV, 204; VI, 9; IX, 113). Boshqa daryolar, tog‘lar, ko‘llar yoki shaharlar va joylar haqida tarixchi xabar qilmaydi. Ba’zan xalqlarning hududiy joylashuvi (saranglar, tamaneylar) bizga noma’lum bo‘lib qolgan. Gerodotning asarida Markaziy Osiyo xalqlarining Kserks qo‘shinlari ichida qadimgi dunyo tarixida mashhur bo‘lgan Marafon va Salamin janglarida (yunon-fors urushlari) qatnashganlari haqida ma’lumotlar bor. Marofon jangida saklarning otliq qo‘shinlari nihoyatda katta jasurlik ko‘rsatganlar (Tarix, IX, 71). Saklar va Baqtriya chavandozlari ahamoniylar qo‘shinlaridagi eng jasur qismlardan biri bo‘lib hisoblangan. Gerodot xabariga ko‘ra, Kserksning otliq qo‘shinlarida faqat ayrim xalqlargina maxsus xizmat qilganlar − forslar, midiyaliklar, saklar, baqtriyaliklar, sagartiylar, hindlar, liviyaliklar, kaspiylar, parikaniylar va arablar (Tarix, VII, 88). Gerodotning tarixiy an’analarini davom ettirgan boshqa bir yunon tarixshunosi Ktesiy Kichik Osiyodagi Knid shahridan bo‘lgan. U miloddan avvalgi 414 yildan boshlab ahamoniylar podshosi Artakserks II (miloddan avvalgi 404-359 y) saroyida tabib vazifasini bajargan. Podsho saroyida u Sharq chegaralarida joylashgan uzoq shaharlar, davlatlar va xalqlar haqida ko‘p hikoyalar eshitgan. Qadimgi yunon afsonalari ta’limoti ta’sirida tarbiyalangan Ktesiy Sharq dostonlari va tarixiga ham juda qiziqqan. Shuning uchun ham u qadimgi davlatlar va shaharlar to‘g‘risida ancha ma’lumotlar to‘plangan. Ayniqsa tarixshunosni Hindiston va Baqtriya qiziqtirgan. Uning Hindistonga bo‘lgan katta e’tiborini tushunish mumkin, chunki qadimgi yunonlarning fikriga ko‘ra, bu o‘lka quyosh chiqishidan birinchi va dunyoning sharqiy chegaralarida oxirgi davlat bo‘lib hisoblangan. Hindistonga chegaradosh yurt bo‘lgan Baqtriyaning oltini, qimmatbaho yarqiroq toshlari, kamon va nayzalar bilan qurollangan chavandozlari Eronda mashhur edi. Shuning uchun ham Ktesiy “Persika” asarining katta bir qismini baqtriyaliklar tarixiga bag‘ishlangan. Erondan yurtiga qaytganidan so‘ng Ktesiy qadimgi forslar tarixini yoritishni rejalashtirgan. Ammo to‘plangan ma’lumotlar aynan forslar tarixi mundarijasidan tashqari keng tasavvurlarga asos solgan. “Persika” deb nomlangan asar miloddan avvalgi 398 yildan so‘ng yozilgan. Ktesiy Ossuriya podshosi Nin va Baqtriya podshosi Oksiart (boshqa manbalarda Zoroastr, Zardusht) urushlari haqida hamda Kir II ning baqtriyaliklar bilan urushi to‘g‘risida hikoya qiladi. Odatda bir guruh olimlar Ktesiyni Gerodotga nisbatan ishonchsizroq muallif deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, Ossuriya podsholari hech qachon Sharqning uzoq chegaralariga yurishlar qilmaganlar, Baqtriyaning harbiy qismlari uncha qudratli bo‘lmagan va Ossuriyaga qarshi chiqolmagan deb faraz qilinadi. Ktesiy Baqtriyaning ko‘p sonli istehkomlari va shaharlari to‘g‘risida, uning mustahkamlangan poytaxti haqida, shu shaharni qamal qilgan Ossuriya podshosi Nin to‘g‘risida bunday yozadi: “...Nin baqtriyaliklarga qarshi yurishni boshlagan. U Baqtriyaning qal’alari, aholisining ko‘pligi va jasurligi haqida xabardor bo‘lib, o‘ziga bo‘ysundirgan xalqlardan ko‘p sonli qo‘shinlarni yig‘ib olgan. Shu qo‘shinlarga sardor bo‘lib, Nin Baqtriya yurtiga bostirib kirgan, ammo viloyatdagi xilma-xil tog‘ daralari va yo‘llari uni qo‘shinlarni bir necha qismlarga bo‘lishga majbur qilgan”. Baqtriyadagi ko‘pdan-ko‘p yirik shaharlar orasida bir mashhur Baqtra nomli shahar bo‘lgan. Bu shahar mamlakatning markazi bo‘lib, ko‘p shaharlar o‘rtasida, baland va mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘ralgan, unda podsho qal’a alohida joylashgan. Gerodot asarida kelib chiqqan “Katta Xorazm” davlati masalasi, shuningdek Ktesiyning Baqtriya podsholigi haqidagi ma’lumotlari yurtimizda ilk bor davlatlarning paydo bo‘lishi ilmiy muammosiga asos bo‘lib xizmat qildi. Qadimgi yunon tarixshunoslaridan yana biri − Gekatey haqida qisqa bo‘lsa ham aytib o‘tish lozim. Gekatey Milet shahridan bo‘lib (miloddan avvalgi VI−V asrlar), olimlar fikriga ko‘ra, birinchi bo‘lib ahamoniylar o‘lkalarining ro‘yxatini keltirgan va Qadimgi Sharq xalqlari haqida xabar qilgan (shu jumladan, yurtimiz xalqlari haqida ham). Uning ma’lumotlaridan Gerodot va Ktesiylar foydalanganlar (Ktesiy o‘z asarida ahamoniylarning podsho saroyi hujjatlaridan foydalanganligi haqida e’lon qiladi). Ammo Gerodotdan oldin Hindiston haqida Skilak xabar qilgan. U podsho Doro I ning buyrug‘ini bajarib, Hind daryosi orqali kemalarda suzib okeanga chiqqan va Eron qirg‘oqlariga eson-omon yetib borgan. Boshqa bir yunon muallifi Ksenofont “Kiropediya” nomli asarida, Ktesiy xabarlariga o‘xshash, Baqtra shahrining ossuriyaliklar tomonidan qamal qilinishi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Shuningdek, Ksenofont Kir II va Baqtriya urushlari haqida ham yozadi. Download 67.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling