Мавзу: Ўрта Осиёнинг антик давр тарихи ёзма манбаларда


Qavdimgi Eron va Xind manbalari


Download 67.97 Kb.
bet4/7
Sana19.12.2022
Hajmi67.97 Kb.
#1033543
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O\'rta Osiyoning antik davri moddiy madaniyati.

1.2 Qavdimgi Eron va Xind manbalari.
Miloddan avvalgi 545—540 yillarda ahamoniylar Markaziy Osiyoniig Parfiya, Marg‘iyona, Baqtriya va So‘g‘diyona viloyatlarini bo‘ysundirganlar. Sak-massagetlarga qarshi Kir II ning yurishlari miloddan avvalgi 530 yilda mumaffaqiyatsiz yakunlangan. Saklarni Doro I miloddan avvalgi 518 yilda istilo qilgan.
Doro I davrida (miloddan avvalgi 522—486 yillar) ahamoniylar sulolasi Hind vodiysidan Urta yer dengiziga qadar bo‘lgan keng hududda o‘z hukmronligini o‘rnatgan. Ahamoniylar davlati tarixda birinchi yirik dunyo davlati deb hisoblanadi. Bu davlat ko‘p sonli viloyatlar, shaharlar va xalqlarni birlashtirgan. Markaziy Osiyoda ahamoniylar ikki yuz yil davomida hukmronlik qilganlar .(miloddan avvalgi 330 yilgacha).
Ahamoniylar davri mixsimon yozuvlarida MarkaziyOsiyo xalqlari va viloyatlari to‘g‘risida turli xil ma’lumotlar bor. Bu yozuvlar miloddan avvalgi VI—IV asrlarga oid bo‘lib, Behistun va Nakdsh Rustam qoyatoshlarida, Suza, Persepol va Hamadon shaharlarida topib tekshirilgan. Ular qadimgi fors tilida turli ijtimoiy, siyosiy va diniy masalalarga doir podsho buyruqlaridan va nutqlaridan iborat. Bitiruv malakaviy ishida keltirilgan yozuvlar xabarlari V. V. Struve, V. I. Abayev, M. A. Dandamayev va A. V. Edakovlar tomonidan amalga oshirilgan rus tilidagi tarjimalarga asoslangan.
Shular jumlasidan eng muhimi Behistun yozuvlari bo‘lib, Doro I davrida Karmanshoh va Hamadon shahri o‘rtasidagi yo‘lda baland qoyatoshda yozilgan (Midiya o‘lkasi), Behistun yozuvlari qadimgi fors, elam va akkad tillarida bitilgan. Doro I bunday xabar qiladi: “Men — Doro, ulug‘ podsho, shahanshoh, mamlakatlar podshosi, Vishtasp o‘g‘li, Arshan iyevarasi, Ahamoniy.
Shoh Doro ayturki: “Axuramazda irodasi bilan quyidagi davlatlarni qo‘limga kiritib, ularning podshosi bo‘ldim: Fors, Elam, Bobil, Ossuriya, Arabiston, Misr, Lidiya, Moniya, Midiya, Armaniston, Kappadokiya, Parfiya, Drang‘iyona, Aryo, Xorazm, Baqtriya, So‘g‘diyona, Gandxara, Saka, Sattagadiya, Araxoziya, Maka: hammasi bo‘lib 23 davlat”1.
...Men Bobilda bo‘lganimda, quyidagi davlatlar mendan ajralib chiqib ketganlar: Fors, Elam, Midiya, Ossuriya, Misr, Parfiya, Marg‘iyona, Sattagadiya, Saka.
... Shoh Doro ayturki: “Marg‘iyona nomli davlat mendan ajralib chiqib ketdi. Marg‘iyonalik Frada ismli bir odam o‘zini viloyatning hokimi deb e’lon qildi. Keyin men, Baqtriya satrapi, bo‘ysunuvchi odamim fors Dadarshishni chaqirib, unga gapirdim: “Menga bo‘ysunmaganlarni tor-mor qilish kerak”. Dadarshish qo‘shinlari bilan otlanib, marg‘iyonaliklar bilan jang qildi. Axuramazda menga yordam ko‘rsatdi. Axuramazda irodasi bilan mening qo‘shinlarim qo‘zg‘olonchilarni (butunlay mag‘lubiyatga uchratdi. Bu jang asiyadiy oyining 23 chi kunida sodir bo‘ldi. Shundan so‘ng davlat mening qo‘limga kirdi. Mana men Baqtriyada nimalarni qildim.
... Podsho Doro xabar qiladi: “Bundan so‘ng men saklarga qarshi sak yurtiga bostirib bordim, ularning o‘zlari cho‘qqi qalpoq kiyib yuradilar. Men daryoga yetib keldim, daryoda kemalardan ko‘prik qilib, saklarni tor-mor qildim. Ularning sardori Skunxa ismli odamni tutib, menim huzurimga keltirdilar. Men o‘z xohishim bilan saklar yurtiga yangi boshliq tayin qildim. Shundan so‘ng mamlakat mening qo‘l ostimga o‘tdi”.
Shoh Doro ayturki: “Bu saklar Axuramazdani qadrlaganlar, men Axuramazdani ulug‘layman. Axuramazda irodasn va o‘z xohishim bilan men ularni tinchitib qo‘ydim”1.
Hamadon yozuvlarida Doro I bunday xabar qiladi: “Men — Doro, ulug‘ shoh, shahanshoh, davlatlar podshosi, Vishtasp o‘g‘li, Ahamoniy.
Shoh Doro ayturki: “Mana huzurimda bo‘lgan podsholik; (So‘g‘diyonaning narigi yog‘idagi saklar yurtidan Efiopiyagacha, Hindistondan Midiyagacha — bu podsholikni menga Axuramazda — xudolar o‘rtasidagi ulug‘ xudo, tortiq qilgan”.
Behistun yozuvlarida Doro I birinchi bo‘lib Ahamoniylar davlatining g‘arbiy viloyatlarini ko‘rsatib bergan bo‘lsa, Naqshi Rustam yozuvlarida mamlakatlar ro‘yxati Midiya va Elamdan so‘ng sharqiy viloyatlardan boshlanadi: “Men—Doro, ulug‘ podsho, shahanshoh, ko‘p qabilali mamlakatlarning podshosi, keng sayhon yerlarning podshosi, Vishtasp o‘g‘li, Ahamoniy, fors, forsning o‘g‘li, ariylar urug‘idan kelib chiqqan ariy.
Shoh Doro ayturki: “Fors viloyatidai tashqari quyidagi mamlakatlarni men bo‘ysundirganman, menga xiroj to‘lovchi bo‘lgan, mening so‘zimni ijro etgan, mening qonunimta asoslanib rivojlanayotgan: Midiya, Elam, Parfiya, Aryo, Baqtriya, So‘g‘diyona Xorazm... Saka Xaumavarka, Saka Tigraxauda... dengizdan narigi yerdagi saklar”.
1972 yilda Suza shahrida tolilgai Doro I haykalidagi yozuvlarda Bakdriya, So‘g‘diyona va Xorazmdan tashqari “balchiq va tuproq o‘lkasi saklari” tilga olingan. Suza shahrida topilgan yana boshqa yozuvlarda Doro I bunday e’lon qiladi:”Suzadagi saroyni men bino qilganimda uning bezaklari uzoq yurtlardan olib kelingan. Uaka yog‘ochi — Gandxaradan, oltin — Sard va Baq-triyadan, yaltiroq toshlar va lojuvard — So‘g‘diyonadan, firuza — Xorazmdan, kumush va bronza — Araxoziyadan, tosh ustunlari—-Elamdan yetkazib berilgan”2.
Erondagi qadimgi Persepol shahridan baqtriyaliklar, xorazmliklar, so‘g‘dlar va saklarning o‘yib ishlangan rasmlari topilgan (Doro I va Kserks podsholar saroy devorla.ridagi (bo‘rtma rasmlarda turli xalqlarning xiroj keltirish manzarasi tasvirlangan). Persepol saroyidagi rasmlar Markaziy Osiyo xalqlarining eng qadimgi tasviridir (ularning qiyofasi, kiyim-bosh-lari, qurollari ma’nosida).
Turli xalqlar qatorida so‘g‘diylar 8-guruhda ko‘rsatilgan. Ular yetti kishidan iborat bo‘lib, shohga idishlar, gazmol, noma’lum hayvon terisi va ikki qo‘yni yetaklab kelayotgani tasvirlangan.
O‘n birinchi guruhda uzun cho‘qqili qalpoqlardagi saklar ko‘rsatilgan. Ular kiyim-kechaklarni ko‘tarib va otni yetaklab bormoqdalar.
O‘n beshinchi guruhda baqtriyaliklarning besh vakili idishlarni va tuyani olib borayotganligi tasvirlangan.
O‘n yettinchi guruh xorazmliklar bo‘lib, ularning dudama xanjar, harbiy -bolta, blaguzuk va otni olib kelayotgani ko‘rsatilgan.
Bu rasmlarda So‘g‘diyona, Baqtriya, Xorazm va saklar viloyatidan bo‘lgan soliq to‘lovchilarining ahamoniylarga turli xil buyumlar (hunarmandchilik tikuvchilik, zargarlik, harbiy qurollar), Qadimgi Sharqda mashhur bo‘lgan otlar va tuyalarni olib kelayotgani tasvirlangan. Undan tashqari, Suza yozuvlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo viloyatlaridan Eronga oltin, lojuvard, firuza va qimmatbaho toshlar olib kelingan.
Ahamoniylar davri yozuvlarida yurtimiz xalqlarining o‘tmish tarixiga tegishli quyidagi ma’lumotlar bor: viloyatlar va xalqlarning nomlari, siyosiy jarayonlar — Baqtriyaning bir qismi’bo‘lgan Marg‘iyonada Frada boshchiligida qo‘zg‘olonni tor-mor qilish (“Mana nimalarni -men Baqtriyada qildim” — Doro I ning xulosasi shunday edi), saklar yurtiga qarshi yurishlar, iqtisodiy tuzum va moddiy madaniyat to‘g‘risida ma’lumotlar.
O‘rxun-Enasoy bitiglari, avvalo turkiylar tarixi uchun muhim manba, shuningdek yozma adabiyotining ilk namunalaridir. Shu bilan birga, u etnografiyaga oid muhim ma’lumotlar beradi. Topilgan ashyolar qadimgi turkiylarning urf-odatlari, turmush tarsi, ishonch sistemasiga oid ma’lumotlarni birmuncha to‘ldiradi.
Turkiylar qabr toshlari, yani bitigtoshlar yoniga odamlarning tosh haykalchalarini qo‘yilgan. Ular balballar deyiladi. Balballar ma’lum hisob-kitob bilan o‘rnatiladi. Xoqon, lashkarboshi yoki amaldor jang paytida qancha dushman o‘ldirsa yoxud nechta yoki bola kasal bo‘lib o‘lsa, tosh haykalchalar shuncha o‘natilgan. Masalan, Bilga xoqon o‘zining sharafiga bitilgan yodnomada ta’kidlashicha, amakasi Qopag‘on xoqonning sharafiga atab o‘ldirilgan qirg‘iz xoqonning balbalini tikkan. Yana mazkur yodnomada to‘ng‘ich bolasi nobud bo‘lishiga atab Ku Sangunni balbal qilib qo‘yganini hikoya qiladi. Balbal tikish odati ma’lum. Ishonch, e’tiqodlar natijasidir. Turkiylar ruh ko‘chib yurishiga ishonganlar. Balballar ehtimol o‘lgan odamning ruhiga bag‘ishlangan qurbonlikdir. Shamanlik odatiga ko‘ra balballarning boshi kesib tashlangan. O‘sha davrda shaman dini Markaziy Osiyo va Sibirda asosiy din bo‘lib, ruhga topinishni anglatadi. Fin olimi Xeykel boshliq ekspedisiya a’zolari Kul Tegin bitigtoshini o‘rganayotganda undan 40 metr uzoqlikda qabr toshi topdilar. Bu yerda ulkan inshoat ham topildi. Inshoatda 7 tahaykal chiqdi. Haykallarning boshi yo‘q edi. Bitigtoshning atrofida 2 ta pachoqlangan hayvon haykalini ham topdilar. Shuningdek, atrofda boshi kesilmagan balballar ham bor edi. Har balbal sharq tomonga qaratib, qo‘yilgan edi. Boshi kesilgan balbal haykallar o‘ldirilgan dushmanlarni tasvirlaydi. Boshi kesilmagan balballar esa vafot etgan qabiladoshlarga atab o‘rnatilgan. Balballarning old tomoni sharqqa qaratilganining sababi bor. Sharq kun chiqishi bildiradi. Turkiylar quyoshni muqaddas deb bilishgan. Vafot etgan marhumlar ham xuddi turkiylarday quyoshga sajda qiladi deb tasavvur qilganlar. Qabr inshoatiga kirish joyidagi boshi pachoqlangan hayvon haykalining biri bo‘rini eslatadi. Bo‘ri totem sifatida turkiylarda katta yer tutgan. Turk xoqonligining asoschisi Ashina xonadoni ham xonadon nomini bo‘ri deb atashgan. Bo‘ri kallasi tasviri turkiylarning kundalik turmushida ham muhim rol o‘ynagan. Ular qaerga kelib o‘rnashsalar darvozaga bo‘rining kallasi tasvirini osib qo‘yganlar, o‘zlarining bo‘ridan kelib chiqqanligini doimo eslatib turganlar.1
Odam vafot etganda jasad chodirda saqlangan. Marhumning qarindosh urug‘lari ot va qo‘yni rosa yugurtirib, so‘ng chodir oldiga olib kelib, marhumga atab qurbonlik qilganlar. Bu marosimga ayollar ham erkaklar ham ishtirok etaverganlar. Qurbonlik keltirilgach, chodirning atrofini zotdor otlarda yeti marta aylanadilar. Marhumni dafn qilish uchun biror kun belgilangan. O‘sha kuni ular marhum xayrlashish uchun chodirga kiradilar. Chodirga kirishdan oldin yuzlarini o‘tkir narsa bilan tilib yig‘landilar. Bu haqda Bilga xoqon bitigtoshida shu tarzda ma’lumot bor: “Tung‘ich yili beshinchi oyning yigirma yettisida Li Sun Tay Sangun boshchiligida besh yuz odam keldi. Marosim shamlarini keltirib o‘rnatib berdi. Shuncha xalq sochini, qulog‘ini, yanog‘ini kesdi.”2
Qadimgi turkiylarda ruhining mavjudligi va abadiyligiga ishonganlar. O‘rxun-Enasoy bitiglarida “o‘ldi”, “o‘lmoq” fe’li o‘rnida “ucha bordi”, “uchdi”, “kerak bo‘ldi” terminlarni mavjud bo‘lib, u ruhga ishoradir. Ajdodlar ruhiga yilning ma’lum vaqtlarida, asosan bahor oyining boshlarida qurbonlik qilinar edi. Qurbonlikka ot va qo‘y bag‘ishlanar edi.
O‘rxun-Enasoy bitiglarida turkiylar dini, diniy urf-odatlari haqida ham birmuncha ma’lumotlar uchraydi. Turkiylar ishonch sistemasida Tangri eng borliq sifatida e’tiqodning asosini tashkil etar edi. Qadimgi turklarda Tangri yaratuvchi, haqiqiy iqtidor sohibi, inson taqdirini belgilovchi va inson hayotini hal qiluvchi sifatida tushunilardi. Shuningdek , Tangri samoviy mohiyatda bo‘lib, “Ko‘k Tangri ” deb yuritilar edi. Ko‘k Tangrining mug‘aviy ma’nosi “osmon xudosi” demakdir. Ko‘k Tangri dini tuyrkiylarda keng yoyilgan din bo‘lib, u monoteistik xarakterga ega edi. Bitiglarda Ko‘k Tangri so‘zi ko‘p uchraydi. Tangri qadimgi turklarda koinotning ilk sababi, yer va osmonni paydo qilgan yani borliqni yaratuvchisi sifatida e’tirof etilar edi. Kul Tegin bitigtoshida bu haqda quyidagicha ma’lumot uchraydi: “Yuqorida Ko‘k osmon, pastda qora yer yaratilganda ikkisining o‘rtasida inson bolalari paydo bo‘lgan.”
Shuningdek, bitiglarda ma’lum bo‘lishicha, Tangri yaratuvchi qismatni belgilovchi, baxt(qut) beruvchi, irodasiga bo‘ysunmaganlarni jazolovchi, jon beruvchi va jon oluvchi, insonlarning hayotiga ta’sir etuvchi, mavjudodlarga va o‘simliklarga, hayot baxt etuvchi sifatida bilinear edi. O‘rxun-Enasoy bitiglarida Tangrining yuqorida sanab o‘tgan sifatlari bilan birga quyidagi terminlar ham faqat Tangriga oid sifatlarni aks ettirmoqdadir: “Urushlarda Tangrining irodasi tufayli g‘alabaga erishiladi. Tangri xoqonlikka o‘tkazadi. Ulug‘ Tangri shafaqni cho‘ktiradi, o‘simlikni jonlantiradi. Tangri yarlaqagani uchun muvaffaqiyat qozoniladi. Tangri singanlarni tiklaydi, uzilganlarni ulaydi. Tangriga yolvorsa: baxt istas beradi, otlar kupayadi, insonning umri uzun bo‘ladi. Zamonni Tangri tuzadi, belgilaydi. Inson bolalari o‘ladigan qilib yaratiladi. ”1
Bitiglarda Tangri ba’zan: “Turk Tangrisi” shaklida ham kechadi. Bu esa Ko‘k Tangri dinining milliy din xarakteriga ham bo‘lganini ko‘rsatadi. Kul Tegin bitigtoshida kechgan ushbu satr bunga misol bo‘la oladi: “Yuqorida Turk Tangrisi, Turkning muqaddas yer-suvi (vatan )ni shu-shaklda tartibga solibdi. Turk xalqi yo‘q bo‘lmasin deya, xalq bo‘lsin deya, otam Eltarish xoqonni, onam El Bilga xotunni Tangri o‘z martabasida tutib, yuqori kutargan ekan.”
O‘rxun-Enasoy bitiglarida Umay degan ilohaning ham nomi uchraydi. Umay ona-qadimgi turkiylarda onalik sifatiga ega bo‘lgan bolalarni himoya qiluvchi iloha hisoblangan. Tunyuquq bitigtoshida ham Kul Tegin bitigtoshida ham Umay nomi zikr etilgan bo‘lib, u onalik, mehribonlik timsolida gavdalanadi.
Qadimgi turkiylarda vaqt va zamonning hisoblanishi ham dasht(step) madaniyatining izlarini tanilmoqda edi. Bitiglardan ma’lum bo‘lishicha qadimgi turk taqvimi (kalendari) zar biri, biror hayvon nomi bilan atalgan (o‘n ikki yillik ) davrga) davra asosiga bo‘linar edi. Yillarning nomi shunday: atalardi: 1-chi yil sichqon, 2-nchi yil –ud (sigir), 3-nchi yil – bars(yulbars), 4 -nchi yil –tabishqan (quyon), 5- nchi yil –Lu (ajdarxo), 6- nchi yil –yilon (ilon ), 7- nchi yil –yunt (ot), 8- nchi yil –qo‘y, 9- nchi yil –bichin (maymun), 10- nchi yil –takigu (tovuq), 11- nchi yil –it, 12- nchi yil –tung‘ich. Turk taqvimida 1 yil 12 oydan tashkil topgan bo‘lib, birinchi oy, ikkinchi oy va xakazo yuritilardi.
Kul Tegin bitigtoshida keltirilgan quyidagi satrlar Turk xoqonligi davridagi vaqt hisobi haqida atroflicha ma’lumot beradi: “Kul Tegin qo‘y yilida, o‘n yettinchi (oyning) kuni vafot etdi. To‘qqizinchi oyning oyning azasini o‘tkazdik. Binosini, naqshini, bitigtoshini bichin yilida yettinchi oyning yigirma yettinchisida butunlay tugatdik.”1
O‘rzun-Enasay bitiglari qadimgi turk adabiyotining ilk yozuvli namunasi bo‘lib kelmoqda. Bitiglarning ichida Irq bitigi adabiy janrga yozilganligi bilan ajralib turadi.VIII-IX asrlarda yozilgan Irq bitigi qadimgi turkiy adabiyotning bir namunasi sifatida katta ahamiyatga ega. Irq bitigi qadimgi turk mifologiyasi urf-odatlari zaminida shakllangan adabiy asardir. XIX asrning oxirida ingliz olimi Arnoled Steyn tarafidan Xitoyning Dunxuan shahrida qulyozma shaklida topilgan. Irq bitigi ingliz, rus va o‘zbek tillariga tarjima qilingan.
O‘zbekistonda ushbu asar yuzasidan. A. Qayumov. Amalga oshirgan ish diqqatga sazovordir. Irq bitigining lug‘aviy ma’nosi fol kitobi demakdir. Ammo asar diniy kitob yoki asar emas. Asarning maqsadi xalqni ezgulikka chorlash. Shuning uchun Irq bitigini pandnasihat tipidagi asar deb qarash mumkin. Asarda davlat manfaatlari bosh o‘rin tutmaydi. Shuningdek, asarda folklore motivlarini, kosmologik va calendar mifni, lirik kayfiyatni, tabiatning jonli tasvirini kuzatamiz.
Irq bitigi tush ko‘rish va uni ta’birlash shaklida yozilgan. Irq bitigidagi yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi goyaning farqlanishi, va g‘oyalarni keng xalq ommasiga etkazish (uchun) uning negizini tashkil qiladi.
Irq bitigini ochishda xalqimizning etnografiyasi muhim rol o‘ynaydi. Masalan, ilonga bag‘ishlangan narsa jumbog‘li, bu narsani izohlashda o‘zbek xalqining tasavvurlariga tayanamiz, narsa shu tarzdadir:
Men-oltin boshli ilonman,
Oltin qarnimni qilich bilan kesganda
Menga yo‘l indandir.
Boshimga yo‘l uydandir”. Der.
Shunday bilinglar: yomondir bu. (Irq bitigi )
Parchaning ostida shunday mazmun etadi: Agar uyda ilon paydo bo‘lsa, uni uch kungacha o‘ldirish kerak emas, to‘rtinchi kun o‘ldirish mumkin. Agar ilon uch kun ichida uydan ketsa, uy egasiga daromad, boylik keladi. Aks holda, baxtsizlik ro‘y berishi mumkin.
Demak yuqoridagi epizodda ilon uch kun ichida o‘ldirilgani uchun yomonlik belgisi deb belgilanmoqda. O‘zbeklarda ham hozirga qadar agar odam ilonni o‘ldirsa, ilonning avlodlari o‘ch oladi” degan aqida saqlanib qolgan.
Irq bitigi VII-IX asrlardagi turkiy xalqlarning totemezn haqida ham keng ma’lumot beradi. Totemizm turkiylarda faqat diniy qarashlarining mazmun emas, balki ularning dunyoqarashi, jamiyatning ijtimoiy tuzilishini gavdalantiradi. Asarda totemlarning 2 xil talqin qilinganligini ko‘ramiz.
Odam o‘zini hayvonlarga qarindosh deb biladi. Bunda ma’lum hayvonlardan biror urug‘ kelib chiqqan degan ishonch bor. Bo‘ri, qush, yo‘lbars, burgut kabi.
Hayvonga nisbatan hurmat munosabati ifodalanadi. Ot oqqush, ayiq-shu guruhga mansubdir.
Turkiy xalqlar jumladan o‘zbek xalqi ertaklari va dostonlaridagi ayrim parchalar bilan Irq bitigidagi parchalarning umumiy xamohangligi ularning qadimiy aloqasi xususida ayrim xulosalar chiqarishga imkon beradi. Irq bitigida shunday parcha bor:
Bir odam urushga bordi, yo‘lda oti xastalanib qoldi. Odam oqqushga duch keldi, oqqush uni qanotiga mindirib osmonga ko‘tarildi va jo‘nadi. Ota-onasiga yetkazdi. Ota-onasi xursand bo‘lar deb, shunday bilinglar: yaxshidir bu.” (Irq bitigi 35)
O‘zbek xalqi ertaklarida ham qahramonlarning taqdiri ko‘pincha uning otiga yoki qushlarga bog‘liq bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga tayanib, biz to‘liq ravishda turk avlodlarining orzu-umidlari, yorug‘ kunga ishonchi bizgacha yetib kelganligini hozirgi turkiy xalqlarning ertaklarida, masallarida, va folklorida ko‘ramiz.
Ko‘plab tadqiqotchilarning “qadimgi fors yozuvlariga bag‘ishlangan asarlari mavjud (I. Markvart, E. Xersfeld, R. Kent, A. A. Freyman, L. V. Struve, V. P. Abayev, M. A. Dadamayev va boshqalar.)

Download 67.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling