Мавзу: Ўрта Осиёнинг антик давр тарихи ёзма манбаларда


Ishning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati


Download 67.97 Kb.
bet3/7
Sana19.12.2022
Hajmi67.97 Kb.
#1033543
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O\'rta Osiyoning antik davri moddiy madaniyati.

Ishning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati: Bitiruv malakaviy ishida antik davr tarixchilarining O‘rta Osiyo haqidagi ma’lumotlarning miloddan avvalgi IX-VII va VII-IV asrlardagi tarixi O‘rta Osiyoga oid yozma manbalar, tarixiy adabiyotlar asosida taxlil qilishga harakat qilindi. Ularning O‘rta Osiyo tarixini o‘rganishdagi ahamiyati umumlashtirildi. Antik davr tarixchilarining O‘rta Osiyoning tarixiga oid ma’lumotlarni qamrab olgan barcha tadqiqot ishlari va ularning natijalari tarixiy davriylik jihatdan jamlangan holda, xolisona yondashuv asosida o‘rganildi. Ularning o‘rganilish natijalariga konseptual nuqtai nazardan yondashilgan holda yangicha xulosalar berildi.
Bitiruv malakaviy ishida O‘rta Osiyoning yozma ma’lumotlarning shakllanishi va taraqqiyoti eng so‘nggi tarixiy tadqiqotlar asosida yangicha ko‘rib chiqilgan va turli xil qarashlar, fikrlarni qiyoslab muammoga bir qator oydinliklar kiritilgan. Yozma materiallar va arxiv hujjatlari asosida ilmiy jihatdan asoslab berishga harakat qilindi. Shu tariqa, miloddan avvalgi IX-VII va VII-IV asrlardagi antik olimlarning O‘rta Osiyo haqidagi ma’lumotlarning shakllanish va rivojlanish taraqqiyotining yaxlit talqini ochib berishga harakat qilingan.
Tadqiqot natijasida qo‘lga kiritilgan yakuniy xulosalardan manbashunoslik fanidan ma‘ruza matnlari tayyorlashda foydalanish mumkin.
BMIning tuzilishi: Kirish, 2 ta bob, 4 bo‘lim, adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.


I. Bob. O‘rta Osiyo haqidagi ilk yozma manbalar.

    1. Avesto” O‘rta Osiyo haqidagi ilk manba.

Markaziy Osiyoning eng qadimgi xalqlari o‘z tarixini yozma ravishda yoritmaganlar (shu davrlarga oid mahalliy yozma manbalar topilmagan yoki ular zamonimizgacha saqlanib qolmagan). Hududimizga tegishli ilk yozma manbalar—“Avesto”, ahamoniylar davri mixsimon yozuvlari va qadimgi dunyo (yunon-Rim) davriga taalluqli manbalar yurtimizdan tashqarida tuzilgandir. Ular Qadimgi Sharq va dunyo tarixida birinchi bo‘lib, o‘lkamizdagi xalqlarning nomlarini, alohida joylar, tog‘lar, daryolar va ko‘llarning nomlarini, afsonaviy qahramonlar va podsholarning nomlarini, yurtimiz xalqlarining turmushi, dini, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.1
Bu manbalar kam va to‘liq bo‘lmaganligi uchun qadimgi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jarayonlarni o‘rganishda yozma va arxeologik manbalarni bir-biriga solishtirish zaruriyati kelib chiqadi. Arxeologik ma’lumotlar yozma manbalarni kengaytirib, tarixiy taraqqiyotning aniq yo‘nalishlarini (ko‘p hollarda arxeologik manbalar yozma manbalarga qaraganda tarixiy-madaniy jarayonning boshqa yo‘nalishlarini ham) ko‘rsatadi.
Dastlabki yozma manbalardan foydalanishda juda ehtiyot bo‘lmoq kerak. Ba’zi bir ma’lumotlar afsonalarga asoslangan va ularni haqiqiy tarixdan ajratib olish lozim. Boshqa manbalarning mualliflari (masalan, eng qadimgi yunon tarixshunoslari) hech qachon Markaziy Osiyoda bo‘lmaganlar va o‘z hikoyalarini surishtirib bilganlari asosida yozganlar. Shunga qaramasdan, bu ma’lumotlar muhim ahamiyatga egadir,
Avesto, Ovasto (parfiyoncha: apastak — matn; ko‘pincha «Zend-Avesto», ya’ni «tafsir qilingan matn» deb ataladi) — zardushtiyliknpig muqaddas kitoblari to‘plami. Ko‘pchilik tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, Avesto O‘rta Osiyoda, xususan Xorazmda miloddan avvalgi birinchi ming yillikning birinchi yarmida vujudga kelgan. Avestoda keltirilgan geografik ma’lumotlar ham buni tasdiqlaydi. Mac, xudo yaratgan o‘lkalar sanab o‘tilar ekan, boyligi va ko‘rkamligi jihatidan qadimgi Xorazm, Gava (Sug‘d), Marg‘iyona (Marv), Baqtriya (Balx) bi-rinchi bo‘lib tilga olinadi, Orol dengizi (Vorukasha yohud Vurukasha) va Amudaryo (Daiti) tavsiflanadi. Avestodagi xalqning dastlabki vatani Sirdaryo, Amudaryo etaklari va Zarafshon vodiysi bo‘lgan.
Avesto uzoq vaqt mobaynida shakllangan. Unda keltirilgan ma’lumotlarning eng qadimgi qismlari miloddan avvalgi 2-ming yillik oxiri — 1-ming yillik boshiga oid bo‘lib, og‘zaki tarzda avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Keyingi asrlarda Avesto tarkibiga turli diniy urf-odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-qoidalar va hokazolar qo‘shilib borgan. Avestoni Zardusht diniy asar sifatida bir tizim-ga solgan. Dastlabki yozma nusxasi esa 12 ming mol terisiga bitilgan deb rivoyat qilinadi. U Persepolaa saklangan. Aleksandr (Makedoniyalik Iskandar) Eronni zabt etganda, bu nusxa kuydirib yuborilgan. Arshakiylardan Vologes I davri (51—78)da qayta kitob qilingan, lekin u saqlanmagan. Sosoniylar davrida yaxlit kitob holiga keltirilgan.1
Avesto 21 nask (qism)dan iborat bo‘lgan. Avesto hajmi katta kitob bo‘lganligi sababli dindorlar kundalik faoliyati-da foydalanish uchun uning ixchamlashtirilgan shakli — «Kichik Avesto» (Xurdak Avesto) yaratilgan. Arablar Eronni fath etgach (7-Avesto) zardushtiy ruhoniy-larining bir qismi Hindistonga ko‘chib o‘tgan. Ularning avlodlari (pars-lar) Bombay shahrida o‘z jamoalarida hozirgacha Avestoning asl nusxasini saqlab keladi. Fransuz tadqiqotchisi Anketil Dyuperron zardushtiylar jamoasida yashab, Avesto tilini va yozuvini urganib, uni tarjima qilib nashr etgan (1771). Avestoning bu nusxasi 27 jilddan iborat bo‘lib, asarning yettidan bir qismidir. U Yasna, Vispered, Vendidad, Gatlar va Yashtlar nomi bilan yuritiladigan kitoblarni o‘z ichiga oladi.
Avestoda bayon etilgan g‘oyalarga ko‘ra, olam ikki asosning, ikki ibtidoning, ya’ni yorug‘lik bilan zulmatning, yaxshilik bilan yomonlikning tuxtovsiz kurashidan iborat. Yaxshilik va ezgulik xudosi Ahuramazda yer, o‘simlik va bilan hamma tabiiy boyliklarni yaratgan. Yomonlik va yovuzlik timsoli Anxramaynu Ahuramazdaga qarshi to‘xtovsiz kurashadi, ammo uni yengishga ojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom etadi. Yaxshilikni ifodalovchi kuchlar osmonda, yomonlikni ifodalovchi kuchlar yer ostida joylashgan, yer sathi esa kurash maydonidir. Xayotdagi turfa uzgarishlar qaysi kuchning g‘alaba qilishiga bog‘liq. Inson ham tana va ruhning, axloq esa yaxshi va yomon xulqning uza-ro kurashidan iborat. Cheksiz, abadiy fazo va vaqt ham ikki qarama-qarshi qismdan: yaxshilik va Ahuramazda hukmron bo‘lgan abadiy yorug‘lik bilan yomonlik va Anhramaynu hukmron bo‘lgan abadiy zulmatdan tashkil topadi.
Avesto ta’limotiga ko‘ra, birinchi inson Govamard (ho‘kiz-odam; forscha Qayumars) bo‘lib, undan barcha kishilar tarqalgan. Birinchi shoh Yima davri oltin davr hisoblangan, chunki unda o‘lim bo‘lmagan, Ahuramazda doimiy bahor yaratgan. Kishilar be-kamu kust, baxtiyor yashagan. 900 yil utgach shoh Yima gururga berilib, man etilgan sigir go‘shtini yeydi va yovuzlik ramzi Anhramaynu hukmidagi kuchlar bosh ko‘taradi. Olamni muzlik qoplay-di. Yima Ahuramazda amri bilan odam-lar va hayvonlarni sovukdan saqlab qolish uchun qo‘rg‘on (var) qurib, unga har bir jonzotdan bir juftini joy-lashtirgan. Insoniyat tarixining ilk oltin davri tugagach, Hayr bilan Sharr (yaxshilik va yomonlik) o‘rtasidagi kurash davri bo‘lgan ikkinchi davr boshlangan. Uchinchi davrda Ahuramazda g‘alaba qilib, ezgulik saltanati barqaror bo‘ladi, o‘lganlar tiriladi. Avestoning axloqiy-falsafiy mohiyati «ezgu fikr», «ezgu so‘z» va «ezgu amal» kabi muqaddas uchlik (axloqiy triada)da o‘z ifodasini topadi. Zardush-tiylarning ibodat oldidan aytiladigan niyati, so‘zlari shu 3 ibora bilan boshlanadi.
Markaziy Osiyo xalqlarining eng qadimgi yozuvi — bu xumning sirtida tasvirlangan xorazm tilidagi qisqa yozuvdir. U Katta Oybuyirqal’a shahar xarobasida topilgan. Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra bu yozuv miloddan avvalgi . V— IV asrlarga tegishlidir. Miloddan avvalgi IV―SH asrlarga oid yana bir qadimgi Xorazm yozuvi Qo‘yqirilgan qal’ada topilgan sopol idishning sirtida saqlangan. Bu manba yagona “aspabarak”—“ot-liq”, “chavandoz” so‘zidan iboratdir.
Qadimgi Xorazm yozuvi oromiy alifbesiga asoslangan. Oromiylar — miloddan avvalgi I ming yillikning boshlarida Mesopotamiya (Ikki daryo oralig‘i) hududida joylashgan qadimgi xalqdir. Miloddan avvalgi VI—IV asrlarga kelib, 22 ta harfdan iborat bo‘lgan oromiy alifbesi O‘rta Sharqning idora qilish, ish yurituvchi va ma’muriy tili vazifasini bajargan.
Bu O‘zbekiston janubida (Surxon vohasi) va chegaradosh Tojikiston, Shimoliy Afg‘oniston yerlarida joylashgan tarixiy-madaniy viloyat aholisining tili .hamda yozuvidir. Baqtriya yozuvi ikki xil — oromiy va qadigi yunon alifbesiga asoslanib rivojlangan1
Baqtriya tili va yozuvlari uncha yaxshi o‘rganilmagan. Bizgacha yuzdan ortiq baqtriylar so‘zlari yetib kelgan. Baqtriya yozuvi topilmalari asosan milodning birinchi asarlariga taalluqlidir.
So‘g‘d, So‘g‘diyona — tarixiy-madaniy viloyat bo‘lib, Zarafshon Qashqadaryo vohalarini o‘z ichiga olgan. Milodiy I ― IV asrlardan boshlab, So‘g‘d yozuvlari keng hududda tarqalgan. Bu jarayon so‘g‘dlarning yangi yerlarni o‘zlashtirish faoliyati va savdogarlarning “Buyuk Ipak yo‘li”dagi xarakatlari bilan bog‘langan. Shuning uchun ham so‘g‘d tilidagi yozma yodgorliklar Markaziy Osiyo, Qozog‘iston, Sharqiy Turkiston, Pokiston va Mo‘g‘uliston tuprog‘ida topib tekshirilgan.
So‘g‘d yozuvi ish yuritishda, savdo va madaniy aloqalarda katta ahamiyatga ega bo‘lib, qadimgi uyg‘ur, mo‘g‘ul va manjurlar yozuvlari paydo bo‘lishiga asos bo‘ldi. Miloddan avvalgi I ming yillikka oid so‘g‘d yozuvlari topilmagan.
Saklar―Markaziy Osiyo va Qozog‘istonning dashtlarida, cho‘llarida va tog‘larida joylashgan ko‘chmanchi qabilalardir. Olimlar fikriga ko‘ra, sak tilida yoritilgan eng qadimgi manba ― bu Olmaota atrofida Issiq qo‘rg‘onida topilgan kumush idishdagi yozuvdir. U miloddan avvalgi V asr bilan sanaladi. Tilshunoslik fanlarida Issiq yozuviga o‘xshagan belgi yozuvlari “noma’lum xat” deb ataladi.
Sak tillarida yoritilgan hujjatlarning asosiy qismi Sharqiy Turkistonning Xotan vohasidan topilgan. Ular G, V, Beyli, M, J. Drezden, L. G. Gersenberg, I. M. Orannskiylar katta hissa qo‘shganlar.
“Avesto”, so‘g‘diylar, parfiylar va nomlar zamonaviy tillarda saqlanib ishlatilmoqda. Jumladan, avesto so‘zlari “bratar”―”birodar”, “aka” (rus tilida ham “brat”); “xapta”―”hafta”, “yetti”; “band”―”bog‘lab qo‘yish”; “zar”―”oltin”; “nau” (nav)―”yangi”, “ap”―”ob”, “framana”―”farmon” va hokazo.1
Ayniqsa ko‘p nomlar so‘g‘d so‘zi―”kand” (kent)―”shahar” bilan bog‘langan (Toshkent, Chimkent, Vobkent, Yangikent). Samarqand, Panjikent nomlari VII asr oxiri ― VIII asrga oid so‘g‘d hujjatlarida uchraydi. “Shahar” tushunchasi parfiylar so‘zi “shahr” dan kelib chiqqan.
Ayrim tushunchalar so‘g‘d so‘zlari―”tak” (qurilish, gumbaz) va “kat”(uy-joy, makon) bilan bog‘langan (chor-tak, peshtoq, Katob―Kitob, Navqat, Kurkat). Avesto so‘zi―”raoshana” (yorug‘, ravshan, oydin), Zarafshon nomida saqlangan.
Juda ham ko‘p atamalar yurtimizning qadimgi hamda hozirgi o‘zbek va tojik so‘zlarning qo‘shilishi asosida paydo bo‘lgan (Zar―o‘t-soy, Zar-bog‘, Dar-band, Dara-band, Sar-band, Ko‘xi-tog‘, Kat-ob, Shahri-sabz, Soy-sayyod, Xazar-bo‘qa, Xazar-asp, Band-i-xon, Nur-ota, Nau-bahor). Jumladan, “Katob”—hozirgi Kitob — bu “daryo bo‘yidagi makon, qo‘rg‘on”, “Shahrisabz”—“yashil, ko‘kalamzor shahar”, Xazarbo‘qa, Xazarasp — “ming buqa, ming ot” tushunchalarini bildiradi. Ba’zi qishloqlarning nomlari juda ham qadimgi so‘zlardan kelib chiqqan. Misol uchun Surxondaryodagi Vaxshivar — bu “dahshat qishloq, makon” deb tarjima qilinadi va avesto so‘zlari—“vaxsh” (dahshat), “vara” (makon) bilan bog‘lanadi.
Qadimgi atamalarning kelib chiqishi va rivojlanishi—bu dolzarb muammo bo‘lib, maxsus tadqiqotlar olib borishni talab qiladi. Oxirgi 20—30 yil davomida (ayniqsa, yangi yerlarni, cho‘llarni o‘zlashtirish jarayoni natijasida aholining eski turar joylardan yangi nohiyalarga ko‘chirilishi munosabati bilan) qadimgi nomlar unutilib, ularning o‘rniga yangi (shu joyning tarixi bilan bog‘liq bo‘lmagan) nomlar ishlatilgan {Bahoriston, Guliston va hokazo).
O‘zbekiston hududida tillarning rivojlanishi bir necha ming yillar bilan bog‘lanadi. Yozma manbalarga ko‘ra yurtimizda eng qadimgi mahalliy tillar: turkiy, fors, arab va eski o‘zbek tillari rivoj topgan. Ular ish yuritish va ma’muriy, adabiy va xalqaro, mahalliy qishloq va shahar tillari vazifasini bajargan.
Qadimgi qabilalar va xalqlar kelib ketdilar. Ularning turli zamonlarga oid yuksak darajali madaniyatlarn rivojlandi. Xalqlar va tillarning kelib chiqishi murakkab tarixiy jarayonlar bilan bog‘liqdir. O‘sha davrlardan bizning zamonamizgacha turli xil arxeologik va yozma manbalar saqlanib keldi. Ajdodlarimizning moddiy va ma’naviy merosi xalqimizning ma’naviy boyligi bo‘lib, yangi ilmiy izlanishlarga asos soladi
1755—1761 yillarda fransuz olimi Anketil Dyuperron Hindistonning Gujarat viloyatida eron zardushtiylarining avlodlari — parslarning urf-odatlari va diniy marosimlari bilan tanishib chiqqan. Eng muhimi shundan iboratki, Dyuperron parslarning diniy yozuvlarini o‘qishga muyassar bo‘lgan. “Apastak” yoki “Avesto”ning eng qadimgi, 1288 yilda ko‘chirilgan qo‘lyozma nusxasi bizgacha saqlangan.
Dyuperron yurtiga qaytgandan so‘ng, 1771 yilda “Avesto”ni tarjima qilgan. XIX va XX asrning boshlarida esa “Avesto”ning yangi tarjimalari paydo bo‘ladi.
Dastlabki “Avesto” 21 ta kitobdan iborat bo‘lgan. Hozirgi vaqtgacha uning ayrim qismlari saqlanib qol-gan: Yasna—“qurbonlik keltirish”, Visprat —-“hamma hukmronlar”, Yasht—“qadrlash”, “ulug‘lash”, Videvdat —“devlarga qarshi qonun”. Bularning hammasi sosoniylar davrida tahrir qilingan.
Yasna kitobi 72 bobdan iborat bo‘lib, ulardan 17 tasi “Gotalar”, ya’ni payg‘ambar Zaratushtraning “Muqaddas qo‘shiqlari”, uning diniy nasihatlaridan iborat.
Gotalarni payg‘ambar Zaratushtra sosoniylar davri (III—VII asrlar)dan bir necha asrlar oldin yaratgan. Ajablanarli tomoni shundaki, ilk o‘rta asrlarda Avesto ko‘pchilikka tushunarsiz “o‘lik” tilga aylangan bo‘lsa ham Zaratushtraning noma’lum so‘zlari va tushunchalari Yasna kitobiga so‘zma-so‘z kiritilgai. Albatta, “Avesto” tahrirchilari payg‘ambarning nasihat so‘zlari ma’nosini ayrim joylarda buzib, noto‘g‘ri ko‘rsatganlar. Shuning uchun ham tadqiqotchilar Gotalar so‘zlarini aniq o‘rganish juda ham qiyin jarayon, deb hisoblaydilar.
Visprat 24 bobdan iborat bo‘lib, zardushtiylarning ayrim xudolariga bag‘ishlangan madhiyalardir. Ular bayram va diniy marosimlarda ijro etilgan.
Yashtning 21 bobida yozuvsiz zamonlarga oid eroniy qabilalarning tasavvurlari saqlangan. Yasht kitobida afsonaviy qahramonlarga va ulug‘ xudolarga: bag‘ishlangan madhiyalar to‘plangan. Qadimgi qabilalar og‘zaki ijodi asosida Yasht boblari paydo bo‘lgan.
Videvdat to‘liq saqlangan kitobdir, uning tarixiy sanasi Yasna yoki Yasht qismlariga nisbatan birmuncha yosh hisoblanadi. Videvdat 22 ta bobdan iborat.
“Avesto” ma’lumotlarini o‘rganishga oid turli xil ilmiy adabiyotlar mavjud. “Avesto”ning tarixiy to‘g‘riligi va tarixiy sanalari, payg‘ambar Zaratushtra faoliyati va zardushtiylik dinining vujudga kelishi muammosi bilan uzviy bog‘liqdir. Bu muammo ko‘p yillardan beri olimlar orasida ilmiy tortishuvlarga sabab bo‘lib kelmoqda.
Zaratushtra (yunoncha — Zoroastr, o‘rta fors tilida — Zardusht) qadimgi dunyo mualliflari ma’lumotlariga ko‘ra afsonaviy shaxs hisoblangan. Ammo “Avesto”ning Gotalari va Yasht boblari Zaratushtrani tarixiy shaxs sifatida yoritadi.1
Zaratushtraning nomi qadimgi eron “Zaraushtra” so‘zidan kelib chiqqan, “Zar”- bu oltin, “ushtra”— tuya yoki uch xil ma’noda—“Oltintuyali”, “Oltin tuya egasi”, “Tuyalar yetaklagan odam”deb tarjima qilinadi.
“Avesto”da Zaratushtra urug‘ining nomi, ota va onasining ismlari, oilasi va farzandlari haqida aniq ma’lumotlar bor. Zaratushtra qohinlar oilasida tug‘ilgan va boy odam bo‘lmagan. U Spitama avlodidan kelib chiqqan. Zaratushtra otasi va onasining ismlari — Pourushasp va Dugdova bo‘lgan. Zaratushtra uylangan bo‘lib, ikkita qiz farzand ko‘rgan.
Payg‘ambar Zaratushtraning tug‘ilgan joyi va vatani haqida “Avesto”da hech qanday ma’lumotlar yo‘q. Shu manbaga ko‘ra, Zaratushtraning diniy nasihatlari o‘z vatanida tarafdorlarini topmagan. Shuning uchun. ham yangi dinning asoschisi o‘z yurtidan kochishga majbur bo‘lgan.
Gotalarda payrambar Zaratushtra bunday xabar qiladi: “Qay tomonga, qaysi yurtga qochib qutulsam, meni jangchilardan va qohinlardan ajratib qo‘ydilar, jamoa meni quvnatmaydi, mamlakatlariing yovuz sardorlari meni qabul qilmaydilar”. Zaratushtrani podsho Kavi Vishtasp o‘z yurtida qabul qilgan. Kavi Vishtasp, uning xotini -— malika Xutaosa va podsho oilasining boshqa vakillari— uzoq va yaqin qarindoshlari Zaratushtra ta’limotiga juda ham qiziqqanlar va uning e’tiqodini qabul qilgan birinchi tarafdorlari deb hisoblanadi.
Sosoniylar davri an’analariga ko‘ra, Zaratushtraning tug‘ilgan yili makedoniyalik Iskandargacha bo‘lgan 268 yil. Bu sana haqida birinchi bo‘lib Beruniy e’lon qilgan. Uning ma’lumotlariga. ko‘ra. Zaratushtra Iskandarning Sharq hududiga yurishlaridan (boshlanish sanasi—miloddan avvalgi 334 yil) 258 yil avval tug‘ilgan. Demak, Zaratushtraning tug‘ilgan yili miloddan avvalgi 592 yil bo‘lib chiqadi. Ma’lumki, Zaratushtra 77 yoshda vafot etgan va uning hayot sanasi miloddan avvalgi 592—515 yillarga to‘g‘ri keladi, deb faraz qilinadi.
Shu sanalarga asoslanib ba’zi olimlar Zaratushtra ahamoniylar podsholari Kir II (miloddan avvalgi 559—530 y.), Kumbiz (miloddan avvalgi 530—522 y. va Doro I (miloddan avvalgi 522—480 y.) davrlariga zamondosh bo‘lgan deb hisoblaydilar. Shu fikrni tasdiqlash uchun Doro I otasining ismi Vishtasp (Zaratushtraning birinchi homiysi va tarafdorining ismi bo‘lganligi) ham keltiriladi.
Ammo ahamoniylar yozuvlarida, rasmiy davlat buyruqlarida, e’lonlarida Zaratushtra ismi tilta olinmagan. Bundan tashqari, “Avesto”ning Yashtlari yoki Gotalarida ahamoniylarning podsholari, harbiy yurishlari, yirik davlati va shaharlari haqida xech qanday ma’lumotlar saqlanmagan. Shuningdek, “Avesto”da G‘arbiy Eron viloyatlarining nomlari, Ikki daryo oralig‘i, Misr va Kichik Osiyo hududi umuman tilga olinmagan.
“Avesto” ma’lumotlariga asoslanib olimlar Zaratushtra yashab o‘tgan davrni keng tarixiy sanalar bilan bog‘laydilar. Shu jumladan, miloddan avvalgi II ming yillikning o‘rtalari va oxirlari (1500—1200, 1100— 1000-yillar), miloddan avvalgi I ming yillikning boshlari va birinchi yarmi (1000—900, 800—700—600-yillar) va boshqa turli xil sanalar keltiriladi.
Olimlar orasidagi ilmiy tortishuvlar bu masalani aniq o‘rganish murakkab muammoga aylanganligidan dalolat beradi. “Avesto”da Zaratushtradanoldingi davr-larda keng hududda joylashgan, qadimgi zamonlarga oid jamiyatni tasvirlash vaziyatini hisobga olish lozim. Shuning uchun Zaratushtra miloddan avvalgi II ming yillikda yashagan deb faraz qilish mumkin.
Ahamoniylarning Markaziy Osiyo xalqlariga qarshi dastlabki harbiy yurishlari miloddan avvalgi 545/540— 520 yillarda boshlangan. Demak. Zaratushtra ahamoniylar bosqini davridan oldin (77 yosh hayoti hisobidan) 630—553 yillar yoki 618—641 yillar davomida umr ko‘rgan (yoki yashagan) bo‘lishi mumkin.1
“Avesto”ga asos solingan yurtning geografik joylashuvini aniqlash ham qiziq muammodir. “Avesto”tili, “Avesto” viloyatlarining tarixiy geografiyasi bu manbaning vatani G‘arbiy Eron yoki Old Osiyo bo‘lmagan.
Avesto o‘zbek, umuman O‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalklarining qadimgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to‘g‘risidagi tasavvurlari, urfodatlari, ma’naviy madaniyatlarini o‘rganishda muhim va yagona manba «Bu nodir kitob bundan 30 asr muqaddam ikki daryo oralig‘ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir» 2
O‘zbekistan hukumatining tashabbusi bilan YUNESKO Bosh konferensiyasi 30-sessiyasi «Avesto» yaratilganining 2700 yilligini dunyo miqyosida nishonlash haqida qaror qabul qildi (1999 yil noyabr.). «Avesto»ning jahon madaniyati va dinlar tarixida tutgan o‘rnini hisobga olgan holda hamda yuqoridagi qarordan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror e’lon qilib (2000 yil 29 mart), «Avesto»ning 2700 yilligini nishonlash tadbirlarini belgiladi. Unga ko‘ra 2001 yilning oktiyabr oyida O‘zbekistonda xalqaro ilmiy konferensiya va tantanali bayram tadbirlari o‘tkaziladi.



Download 67.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling