Mavzu: san'at turlari
Download 264.42 Kb.
|
Sanat-turlari
BADIIY ADABIYOT
San'atning eng qadimiy va ommaviy turlaridan biri badiiy adabiyotdir. Adabiyotning o'ziga xos xususiyatlaridan biri — bu san'at insonshunosligidir. Badiiy adabiyot so'z orqali namoyon bo'ladi. Shuning uchun badiiy adabiyot so'z san'ati ham deb ataladi. So'z san'ati ikki xil, yozma va og'zaki ko'rinishga ega. Har bir badiiy asarni o'qigandan keyin zehnimizda asardatasvir etilgan kishilarning obrazlari qoladi. Alisher Navoiyning dostonlarini o'qib, Farhod va Shirin, Layli va Majnun, Iskandar, Bahrom, Hisrav kabi qahramonlarning obrazlarini eslab qolamiz. Yozuvchi har bir muayyan tarixiy davr va sharoitda yashagan insonni o'rga-nadi, uning ruhiy holatlariga kiradi, ichki dunyosi haqida bizga aniq va ravshan tasawur beradi. Badiiy adabiyot — badiiy tafakkur mahsulidir. Bu vazifani badiiy adabiyot obraz yaratish yo'li bilan bajaradi. Obraz — insonning tasviri bo'lib, u hayotdagi odarrming asl nusxasini emas, balki yozuvchining ma'lum davrda va sharoitda yashovchi insonlar haqidagi tasawurining ifodasidir. Badiiy adabiyotda tasvir etilgan barcha inson obrazi umumlashtiruvchi kuchga ega. Unda ma'lum davr va muhit kishisining xarakterli xususiyatlari mujassamlashgan bo'ladi. Shu sababli, obrazlilik — badiiy adabiyotning eng muhim xususiyatlaridan biridir. Badiiy adabiyot san'at turi sifatida o'zining ichki tizimiga, uslubiga va o'ziga xos ko'rinishga ega. Masalan, qadimgi Yunoniston badiiy madaniyati tarixida badiiy adabiyot doirasi uning uch katta adabiy turini — epik, link, dramatikko'rmishlarmi qamrab olgan cdi. Epik tur, awalo, voqealarni badiiy o'zlashtirish bilan, link tur — kayfiyat yoki ruhiy holat bilan, dramatik tur — harakat bilan bog'liq holda amal qiladi. Bu uch turning barcha belgilari badiiy aks ettirish uchun zarur bo'lgan voqehk bilan chambarchas bog'liq edi. Badiiy adabiyotning epik turi muayyan badiiy sifat ham kasb etadi. Shu bois, ba'zi san'at asarlariga nisbatan «epik roman», «epik kenglik», «epik osoyishtalik» kabi iboralar qo'llaniladi. Badiiy asar muayyan inson taqdirini aks ettirish va uni davr ma'naviy hayotining bir qismi sifatida tasvirlaydi. Adabiyotning epik turi haqida so'z yuritilganda Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig», Firdavsiyning «Shohnoma», Navoiyning «Xamsa»siga kiritilgan «Hayrat-ul abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab'ai sayyor», «Saddi Iskandariy» dostonlari, A. Qodiriyning «O'tgan kunlar», Cho'lponning «Kecha va kunduz», Oybekning «Navoiy», Pirimqul Qodirovning «Bobur», «Humoyun va Akbar» kabi asarlari ko'z o'ngimizda gavdalanadi. Yusuf Xos Hojib, Firdavsiy, Navoiy dostonlarida epik mazmunni nazm shakllarida bayon qilish mahorati barq urib tursa, Qodiriy romanidagi nasriy bayonni epik mazmunning link ohangdagi ifodasi deb baholashimiz mumkin. «O'tgan kunlar»da epik mazmunning lirik ohangi chin insoniy his-tuyg'u ramzi, pok sevgi timsoli sifatida namoyon bo'ladi. Navoiy dostonlarida esa epik mazmunning lirik shakl (she'r)da aks etishi shoirning «Xamsa» yaratish an'anasida to'la ifoda topgan. Ular mohiyat mazmun jihatidan hatto ba'zi bir maxsus yaratilgan falsafiy risolalardan ustun turadi. Bu lirik xazinada jozibali va ehtirosli his-tuyg'u katta ifoda kuchi orqali sayqal topib, lirik-falsafiy ma'nodorlik kasb etgan. Lirika bevosita tasvir uslubidan foydalanmasligi jihatidan musiqa va raqsga yaqin bo'lsa-da, o'zining so'z bilan qat'iy birligi tufayli u inson ma'naviy hayotining hamma qirralarini ifodalash imko-niyatiga egadir. Badiiy adabiyotning ko'pgina asarlari bir vaqtning o'zida ham epik, ham lirik tur belgilariga ega bo'ladi. Masalan, o'zbek adabiyotidaCho'lpon vaUsmon Nosir, Abdulla Oripov vaEr-kin Vohidov lirikasida badiiy uslub xilma-xilligidan qat'i nazar, ular ijodida lirik va epik tomonlar hamjihatlikda mavjudligini ko'ramiz. Ularning ham lirik, ham epik asarlar yaratishga moyilliklari mantiqiy tarzda bu shoirlar ijodida dramaturgik turni paydo qiladi. Dramaturgiya asarlari, awalo, sahnalashtirishga mo'ljallangan bo'lib, uni ham adabiyot turi, ham teatr qismi deb ataydilar. Bu tur hayotning dramatik lahzalari va tomonlarini yanada to'laroq aks ettirish talab-ehtiyojlaridan kelib chiqqan bo'lib, har qanday dramatik asar asosini ziddiyat (konflikt) tashkil qiladi. Dramatik asarlarda kundalik hayotning tub o'zgarishlarga moyilligidan dalolat beruvchi tomonlarini to'laqonli ochib berish asosiy o'rin egallaydi. Badiiy adabiyot san'atning barcha turlariga ta'sir o'tkazib keladi. Bu san'at turi ta'siridan xoli badiiy ijod sohasi yo'q bo'lib, unda ilk bor qalamga olingan mavzu, g'oya, ohang, qiyofa, xulq-atvor, keyinroq san'atning boshqa turlariga ham ko'chish mumkin. San'atning teatr va kino kabi aralash, tomoshaviy turlariga ham badiiy adabiyot ilk asos vazifasini bajaradi. Nihoyat, san'at taraqqiyotining hozirgi bosqichiga xos bo'lgan badiiy asarlar vujudga kelishida ham adabiyot asosiy uyg'unlashtiruvchi va jamlovchi omillardan bin bo'lib xizmat qiladi. Bu fikr-mulohazalardan badiiy adabiyot barcha san'at turla-ridan ustun turadi yoki boshqa turlar o'rnini ham bosa oladi, degan xulosa kelib chiqmaydi. U qaysidir jihatlari bilan boshqa san'at turlaridan ustun bo'lsa, qaysidir jihatlari bilan ularga «yo'l» beradi, ular bilan o'zaro munosabatlarga kirishadi. Shu tariqa, badiiy adabiyot boshqa san'at turlarini boyitadi, ayni vaqtda uning o'zi ham boyib boradi. Xalq dostonlari adabiy musiqiy asarlardir. Ularning tarkibida nasriy va nazmiy (she'riy) qismlar bo'lib, ular mazmuni o'zaro bog'liq bo'ladi. Boston ijrochilarini shoir yoki baxshi deb ataydilar. Baxshilar san'atida so'z, qo'shiq, soz (do'mbira) cholg'uchiligi birlashgan bo'ladi. Asrlar osha sevib ijro etib kelinayotgan «Al-pomish», «Go'ro'g'li», «Avazxon» kabi dostonlar xalqimizning cstetik tarbiyasiga katta ta'sir ko'rsatadi. Termani qo 'yaylik, aytaylik doston, Quloq soling, yig'ilgan do'st-qadrdon. Olamda mashhurdir Go'ro'g'li sulton, Go'ro'g'lidan aylaylikmi bir suxan. Download 264.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling