Mavzu: Sanoat korxonalarida mahsulot tannarxi va uni pasaytirish yo'llari Reja: Kirish


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana04.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1160838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Qahramonov shahboz TAYYOR

 
 
 
 
 
1.1.1-Chizma 
Korxonada mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bilan bog’liq

Bevosita ishlab chiqarish xarajatlari deganda mahsulotni bevosita ishlab chiqarish 


uchun kilinadigan barcha sarflar (ish xaqi, xom ashyo va material sarflari
amortizasiya va x.k) tushuniladi. Tovar birligining qiymatida ishlab chiqarish 
xarajatlari faqat uning bir qismini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari tovar 
qiymatidan foyda mikdoriga kam. Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni 


10 
Sotish jarayoni bilan bog’liq bo’lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib, 
iste’molchiga yetkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi. Ular ikki guruxga 
bo’linadi: qo’shimcha muomala xarajatlari va sof muomala xarajatlari. Tovarlarni 
o’rash, chizmada korxonada mahsulot ishlab chiqarish xamda muomala xarajatlari 
va ularning tarkibini ko’rishimiz mumkin. Demak bunda ishlab chiqarish 
xarajatlariga yukorida ta’kidlaganimizdek xom ashyo materiallari, yoqilgi va 
moylash xarajatlari, ish haq xarajatlari, amartizasiya xarajatlari, amartizasiya 
xamda boshqa xarajatlar kiritilgan.
Muomala xarajatlari davr xarajatlari ham deb ataladi. Sof muomala xarajatlari 
(sotuvchi maoshi va boshqalar), marketing (iste’molchilik talabini o’rganish), 
reklama va shu kabi xarajatlardan iborat bo’ladi. Sof muomala xarajatlari tovar 
qiymatini oshirmaydi va ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan tovarni sotgandan 
keyin olingan foyda hisobidan koplanadi. Hozirgi zamon sarf-xarajatlar g’oyasi 
bo’yicha korxona ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan resurslar o’z 
resurslari yoki jalb qilingan resurslar bo’lishi mumkin. Shunga ko’ra xarajatlar 
ichki yoki tashqi xarajatlarga bo’linadi. Tashqi xarajatlar korxona o’zi uchun zarur 
resurs va xizmatlarga to’lovlarni amalga oshirishi natijasida vujudga keladigan 
xarajatlardir.
Bunday xarajatlarga yollanma ishchilar ish xaqi, xom ashyo va materiallar uchun 
to’lovlar, kredit uchun foiz to’lovlari, ijaraga olingan yer uchun renta, transport 
xizmati va boshqa xar xil xizmatlar uchun to’lovlar kiradi. Tashqi xarajatlar to’lov 
xujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, shu sababli buxgalteriya xarajatlari deb xam 
ataladi. 
Korxonaning o’ziga tegishli bo’lgan resurslar foydalanish bilan bog’liq xarajatlar 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling