Mavzu: Sanoat korxonalarida mahsulot tannarxi va uni pasaytirish yo'llari Reja: Kirish


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana04.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1160838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Qahramonov shahboz TAYYOR

Rh = Rn + On 
bu erda: Rh – haqiqiy xarajatlar; Rn – normativ xarajatlar; On – normadan 
chetlanishlar Normativlarning о‘zgarishi natijasida haqiqiy xarajatlar formulasi 
quyidagi kо‘rinishda bо‘ladi: 
Rh = (Rn ± ∆Rо‘z) ± ∆Rchet 
bu erda: ∆Rо‘z – о‘zgargan summa; ∆Rchet – chetlanishlar summasi 
Xarajatlarning normativ usulini qо‘llash chetlanishlarni batafsil tahlil qilish 
imkoniyatini beradi. Masalan, har bir javobgarlik markazi uchun xarajat elemntlari 
(materiallar, mehnat, ustama xarajatlar) bо‘yicha chetlanishlarni aniqlash mumkin, 
sо‘ngra har bir xarajat elementlarini resurslar sraflanishi, bahosi bо‘yicha tahlil 
etish mumkin. Bunda buxgalter chetlanishlarni aniqlashda menejerga yordam 
beradi, menejer esa о‘z navbatida ularning sodir bо‘lish sabablari bо‘yicha zaruriy 
qarorlar qabul qiladi. Agar chetlanishlarning sababi tashqi omillar ta’sirida sodir 
bо‘lgan bо‘lsa, normativlarni qayta kо‘rib chiqish lozim bо‘ladi.
– kapital xarajatlarni hisobga olishdagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat 
bо‘lishi maqsadga muvofiqdir:
– kapital investitsiyalar ob’ekti va turlari bо‘yicha haqiqiy bajarilgan ishlar 
xarajatlarini о‘z vaqtida, tо‘liq va ishonchli hisobga olish; 
– kapital investitsiyalarni dastlabki va yig‘ma hujjatlarda belgilangan tartibga 
muvofiq rasmiylashtirish; 
– qо‘llanilayotgan me’yoriy va reja tannarxidan og‘ishlarni aniqlash; 
– smeta qiymati va bajariladigan ishlarning haqiqiy tannarxi о‘rtasidagi farqlarni 
qayd etish hamda tahlil qilish; 
– moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan foydalanishni nazorat qilish. 
– iqtisodiy natijalarini hisobga olgan holda boshqaruv qarorlarini qabul qilish 
uchun sub’ektning ma’muriyatini zarur va yetarli ma’lumotlar bilan ta’minlash; 
– chetga chiqishlarni aniqlash maqsadida haqiqatda sarflangan xarajatlarni kuzatish 


21 
va nazorat о‘rnatish, ularni me’yoriy va rejadagi hajmi bilan taqqoslash va 
kelgusidagi iqtisodiy strategiyasini shakllantirish; 
– qurib bitkazilgan ob’ektlarni baholash va moliyaviy natijalarni hisoblash uchun 
ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxini hisoblash; 
– sub’ektning tarkibiy bо‘linmalarining ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy 
natijalarini aniqlash va baholash; 
– uzoq muddatli xususiyatga ega bо‘lgan ishlab chiqarish va texnologiya 
dasturlarining qoplanishi, ichki va tashqi bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarning 
turlari bо‘yicha pentabellik darajasi, asosiy vositalar va tovap-moddiy zaxipalariga 
quyilgan kapital mablag‘larning samaradorligi va faoliyati bо‘yicha boshqaruv 
hisobi ma’lumotlarini bir tizimga keltirish.
Demak, qurilishda xarajatlarni hisobga olishning asosiy yо‘nalishi bu sub’ektning 
ishlab chiqarish faoliyati ustidan nazorat о‘rnatish va ushbu faoliyatni amalga 
oshirishda sarflanadigan xarajatlarni boshqapishdir. Shuni alohida ta’kidlash 
kerakki, turli mulkchilik shakllarining paydo bо‘lishi, korxonalarning tashqi 
bozorga chiqa boshlashi amaldagi buxgalteriya hisobi tizimini takomillashtirish 
zaruriyatini keltirib chiqaradi. 
Hisobga olishda kapital qо‘yilmalar takror ishlab chiqarish strukturasining 
yо‘nalishlari, texnologik struktura, mо‘ljallanishi, xalq xо‘jalik tarmoqlari, ishlarni 
bajarish usuli, mablag bilan ta’minlash manbalariga kо‘ra guruhlanadi. 
Takror ishlab chiqarish strukturasining yunalishlari bо‘yicha kapital 
qо‘yilmalar yangi qurilishi, kengaytirish, ta’mirlash, texnik qayta jihozlash va 
ishlab turgan korxonalar quvvatlarini saqlashga ajratiladi. 
Yangi qurilishga yangitdan tashkil etilayotgan korxonalar, binolar va 
inshootlar, shuningdek ishga tushirilgandan sо‘ng mustaqil balansda bо‘ladigan, 
yangi maydonchada yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish maqsadlarida filial 
va ayrim ishlab chiqarishlarda amalga oshiriladigan asosiy, yordamchi va xizmat 
kо‘rsatish maqsadlaridagi ob’ektlar kompleksining qurilishi kiritiladi. 
Ishlab turgan korxonalarni kengaytirish deganda ishlab turgan korxona 


22 
(inshoot)larda qо‘shimcha ishlab chiqarishlarni qurish, shuningdek ishlab turgan 
korxona xududi yoki unga qо‘shni maydonchada qо‘shimcha yoki yangi ishlab 
chiqarish quvvatlarini yaratish maqsadlarida ayrim tsexlar yoki asosiy, yordamchi 
va xizmat kо‘rsatishga mо‘ljallangan ob’ektlarni qurish va ishlab turganlarni 
kengaytirish tushuniladi. 
Korxonalarning 
foydalanishga 
topshirilgandan 
keyin 
mustaqil 
balansda 
bо‘lmaydigan filiallarning qurilishi ham ishlab turgan korxonalarni kengaytirish 
qatoriga kiritiladi. 
Ishlab turgan korxonani kengaytirish, uning ishlab chiqarish quvvatini 
(unumdorligi, о‘tkazish qobiliyati, bino yoki inshootning sig‘ishini) kо‘raytirish 
ishlari yangi qurilish yо‘li bilan shunday quvvatlar yaratishdan kо‘ra qisqaroq 
muddat va kam xarajatlarda amalga oshirilishi lozim. 
Ishlab turgan korxonalarni ta’mirlash deganda asosiy va yordamchi va xizmat 
kо‘rsatishga mо‘ljallangan, ishlab turgan sex va ob’ektlarni ishlab chiqarshni 
takomillashtirish va ularni texnik – iqtisodiy darajasini oshirish maqsadlarida qayta 
qurish tushuniladi. Bu odatda asosiy maqsaddagi bino hamda inshootlarni 
kengaytirmay amalga oshiriladi. 
Texnologik strukturasiga kо‘ra kapital qо‘yilmalar qо‘yidagi ish va xarajat turlari 
qiymatidan tarkib topadi. 
- qurilish ishlarining barcha turlari: 
- uskunalar natijasi bо‘yicha ishlar: 
- qurilish smetalarida nazarda tutilgan uskunalar xarajatlari (montaj talab qiladigan 
va qilmaydigan): 
- qurilish smetasiga kiritiladigan asbob va inventarlar xarajatlari: 
- boshqa kapital ish va xarajatlar. 
Uskunalar kapital qurilishning reja va hisobot kо‘rsatkichlarida qurilish smetasiga 
kiradigan va kirmaydigan uskunalarga ajratiladi. 
1. Qurilish smetasiga kiradigan uskunalar, ishlab turgan korxonalarni ta’mirlash, 
kengaytirish, texnik qayta jihozlash, ishlab chiqarish quvvatlarini saqlash va yangi 


23 
korxona hamda ob’ektlarni qurish loyiha va smetalarida nazarda tutilgan uskuna, 
mashina va mexanizmlar loyiha va smetalarga kiritilishi lozim bо‘lgan uskuna, 
mashina va mexanizmlardir. 
2. Qurilish smetasiga kirmaydigan uskunalarga mazkur tarmoq uchun loyixa – 
smeta xujjatlarini tuzish tartibida belgilanishiga kо‘ra smetani yuqoridagi 
punktning birinchi abzatsiga kiritilmaydigan mashina va mexanizmlar kiritiladi. 
- qurilish mashinalari, mexanizmlar, inventar va asboblar, shuningdek qurilish va 
montaj tashkilotlari transport vositalari: 
- yig‘ma – razbor qilinadigan bino va inshootlarning inventar detallari 
komplektlari: inventar uylar, qurilish, geologiya razvedka va qidiruv 
tashkilotlarining vagon, furgonlar va konteyner tipidagi boshqa anjomlari qishloq 
xо‘jaligi korxona va tashkilotlarining traktor, kombayinlari va boshqa ekin ekish, 
yer haydash hamda hosilni yig‘ishtirishga mо‘ljallangan mashinalar: 
- ta’minot – sotuv tashkilotlari konteynerlar va boshqalar. 
Uskunalar montaj talab qiladigan va montaj talab qilmaydigan uskunalarga
ajratiladi. 
Montaj talab qiladigan uskunalarga faqat ayrim qismlari yig‘ilgandan keyin yoki 
asos va tayanchlarga о‘rnatilgandan sо‘ng ishga tushirilishi mumkin bо‘lgan 
uskunalar shuningdek, foydalanishga topshirish elektrmontaj va ishga tushirish – 
sozlash ishlarini talab qiladigan elektron hisoblash mashinalari ham kiritiladi. 
Montaj talab qilmaydigan uskunalarga ishga tushirishdan oldin asos va tayanchga 
о‘rnatishni talab qilmaydigan uskunalar: lokomotivlar, traktorlar, vagon, qishloq 
xо‘jaligi mashinalari, avtomashinalar va shu kabilar kiradi. 
Kapital qо‘yilmalar maqsadga kо‘ra hisobga olishda: 
a) ishlab chiqarish maqsadlaridagi ob’ektlar qurilishiga (qurilishi 
tuganlangandan sо‘ng moddiy ishlab chikarish soxasi: sanoat, qishloq xо‘jaligi,
transport aloqa va shu kabilarda ishlaydigan ob’ektlar)
b) noishlab chiqarish maqsadlaridagi (turar joy va kommunal xо‘jalik sog‘liqni 


24 
saqlash muassasalari, ijtimoiy ta’minot, xalq ta’limi va boshqa) ob’ektlarga 
ajratiladi. 
Iqtisodiyot tarmoqlari bо‘yicha kapital qо‘yilmalar sanoat, qishloq xо‘jaligi, 
qurilish, transport, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi va boshqa tarmoqlardagi kapital 
qо‘yilmalarga ajratiladi. 
Qurilish montaj ishlarini bajarish usuliga kо‘ra kapital qо‘yilmalarga 
ajratiladi.Pudrat usulida qurilish montaj ishlarini ixtisoslashgan pudrat qurilish 
montaj tashkilotlari olib boradi, bunda ikki tomon bosh pudratchi va buyurtmachi 
aloqaga kirishib, ularning о‘zaro munosabatlari pudrat shartnomasi bilan 
belgilanadi.
Kapital qо‘yilmalar mablag‘ bilan ta’minlashning qо‘yidagi manbalari asosida 
hisobiga amalga oshiriladi: 
Korxona va tashkilotlarning о‘z mablag‘lari, byudjet mablag‘lari va bank 
kreditlari: davlat kapital qо‘yilmalar limitidan tashqari amalga oshiriladigan kapital 
qо‘yilmalar bо‘yicha hukumat tomonidan shu maqsadlarga yо‘llashga ruxsat 
etilgan mablag‘ bilan ta’minlashning markazlashgan manbalari va boshqalar 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling