Aytish kerakki, Turdi yashagan davrda ijtimoiy hayotdagi va ziyat nihoyatda og‘ir, inson uchun nomunosib va nomuvofiq edi. Uning qalbini larzaga solgan narsa shu ediki, bundan nomunosib hayot tarzining sababchisi ham begonalar emas, ayni bir millatga mansub bo‘lgan jamiyat a’zolarining o‘zaro noittifoqligi, boshliqlarning manmanligi-yu, ko‘pchilikning boshini birlashtirishdek ulug‘ va mo‘tabar ishga noqobilligi edi.
VIII.Uyga vazifa berish: O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.
Turdi Farog‘iyning hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlar, asosan, o‘z asarlaridir. U Buxoroda tavallud topgan. Uning tug‘ilgan yili haqidagi aniq ma’lumotlar saqlanmagan, biroq ashtarxoniylardan Nodirmuhammad (1642–1645) hamda uning o‘g‘illari Abdulaziz (1645–1680) va Subhonqulixon (1681–1702) lar hukmronlik qilgan yillarda yashaganligi ma’lum. U Xo‘jandda vafot etgan.1681-yilda Miyonkolda xalq hukumatga qarshi qo‘zg‘olon ko‘taradi. Turdi ham mana shu qo‘zg‘olonchilar orasida bor edi. So‘ng shoir Xo‘jand va O‘ratepa hokimi Rahimbiy otaliq panohida bo‘ladi. Rahimbiy vafot etgach, uning o‘g‘li Oqbo‘tabiy huzurida qoladi. Biroq shoir ancha moddiy qiyinchiliklar bilan yashaydi. Adibning she’rlari shundan dalolat beradi.Turdi ikki tilda ijod qilgan: uning o‘zbekcha asarlari qatorida tojikcha she’rlaridan ham ikkitasi bizgacha yetib kelgan. Bizga hozircha adibning 18 tagina she’ri ma’lum, xolos. Ular 5 ta muxammas, 12 ta g‘azal va bir dona farddan iborat.
Turdi o‘zi zamondosh bo‘lgan jamiyat illatlarini qattiq tanqid qildi , bu illatlarni mamlakat va millat fojiasi sifatida talqin qildi, millatd oshlarini uning oqibatlarini tezroq va to‘laroq tasavvur qil ishga undadi. Turdi adabiyotimiz tarixida satirik – tanqidiy yo‘nal ishni ancha baland cho‘qqilarga olib chiqqan ijodkor sifatida shuhr at qozondi.
G‘AZALLAR
«Tor ko‘ngulluk beklar...»
Tor ko‘ngulluk beklar, man-man demang, kenglik qiling,
Do'stlaringiz bilan baham: |