Mavzu: shaxs psixologiyasi


Download 27.24 Kb.
bet2/4
Sana19.01.2023
Hajmi27.24 Kb.
#1101486
1   2   3   4
Bog'liq
16-mavzu seminar

Shaxs va jamoa
Shaxsning ijtimoiy mohiyati u mansub bo’lgan jamoa a’zolari bilan turlicha munosabatlarda namoyon bo’ladi. Chunki har bir odam konkret shaxs sifatida odamlar qurshovida yashaydi. Oilada, bog’cha yoki maktabda, oliy o’quv yurti yoki ish joyida, qayerda bo’lmasin, shaxs odamlar guruhi, jamoa bilan munosabatga kirishadi. Ta’kidlash joyizki, shaxs munosabatga kirishuvchi guruh va jamoalar hamma vaqt o’zgarib turadi.
Ahil jamoa jamiyat manfaatlari bilan ayrim shaxs manfaatlarini o’z ichiga oladi. Bir tomondan, inoq va ahil jamoa shaxsning ijtimoiy baxt-saodati uchun xizmat qilishini uning xulq-atvorining yuqori mezoni qilib qo’yadi, ikkinchidan, shaxsga eng yuksak axloqiy sifatlarni singdiradi.
Psixologiya fanida shaxs va jamoa o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning psixologik muammolariga doir masalani atoqli rus pedagoglari N.K.Krupskaya, S.T.Shaskiy, A.S.Makarenko kabilar ilmiy jihatdan yoritishga muhim hissa qo’shdilar. Bu olimlar tomonidan nazariy va amaliy jihatlardan asoslangan bu ta’limot jamoaning g’oyat katta tarbiyaviy ta’sir kuchidan oqilona foydalanishga asoslanadi.
Darhaqiqat, jamoaning o’z a’zolariga samarali tarbiyaviy ta’siri shu jamoaning g’oyaviy yetukligi, uyushqoqligi va jipsligiga bog’liqdir.Shaxsning ongliligi, g’oyaviy va axloqiy yetukligi, erki, mustaqilligi jamoadagi umumiy axloqiy muhitga, onglilik darajasiga va umumiy manfaatdorlikka bog’liq bo’ladi. Shunday ekan, shaxs o’zi mansub bo’lgan jamoadagi turli xil munosabatlarga dadil kirishmog’i, o’z faolligini namoyon eta olmog’i zarur.
Psixologik jihatdan jamoa guruhlardan iborat bo’ladi. Guruhlar mohiyat e’tibori bilan ikki xilga bo’linadi ; 1. Shartli guruh. 2. Real guruh.
Ayrim belgilarga (yosh, jins, milliy, kasbiy va h.k.) asoslanib, qisqa muddat mobaynida birlashtirilgan odamlar uyushmasi shartli guruh hisoblanadi. Shartli guruh a’zosi nima uchun shu guruhga tushib qolganligini o’zi mutlaqo bilmaydi. Shartli guruhning ichki tartib-intizomi, umumiy qoidalari, jamoa oldidagi aniq burchi ham bo’lmaydi. Shartli guruh a’zolari o’rtasida inoqlik, o’zaro yordam, simpatik mazmundagi munosabatlar bo’lmaydi. Chunki ular avvaldan bir-birlari bilan tanishgan bo’lmaydilar, ularning umumiy maqsadi va manfaatdorligi ham bo’lmaydi. Shuning uchun bunday guruhni birlashtirgan shart amalga oshirilgach, guruh ham tugaydi, tarqaladi.
Aniq maqsad, ma’lum muddat asosida uyushgan, real munosabatlar yo’li bilan birlashgan odamlar guruhi real guruh hisoblanadi. Oila, bir sinf o’quvchilari, talabalar guruhi kabilar real guruhlardir. Real guruh a’zolari o’rtasida haqiqiy hamkorlik, o’zaro samimiy hurmat, iliq munosabat mavjud bo’ladi. Real guruh a’zolari hammasi uchun umumiy bo’lgan huquq va burchlarga ega bo’ladilar. Real guruh jamiyatning kichik bo’lagi (qismi) hisoblanadi, jamiyatning odob-axloq doirasida faoliyat ko’rsatadi. Real guruh ijtimoiy maqsadga ega bo’ladi.
Real guruh tarkibida referent yoki etalon guruh ham mavjud bo’ladi. Referent yoki etalon guruh a’zolari shunday odamlar yig’indisidan iborat bo’ladiki, ulardagi fikr-mulohazalar, g’oyalar, ishonch-e’tiqod, dunyoqarash, axloqiy fazilatlar o’zaro uyg’un bo’ladi. Mana shu uyg’unlik ularni birlashtiradi va umumiy harakatga yo’llaydi. Muhim tomoni shundaki, referent yoki etalon guruhni tashkil etuvchilar bu guruhga o’z xohishlari bilan birikadilar. Bunday guruhlarning yuzaga kelishida boshqa shaxslarning roli bo’lmaydi.
Real guruhni uning katta yoki kichikligidan qat’iy nazar boshliq (lider) boshqaradi. Bu boshliq shu guruh a’zolari ichidan saylanadi yoki tayinlanadi. Ayrim rasmiy hollardagina chetdan tayinlanishi ham mumkin. Lider zimmasiga guruhga boshchilik qilish, uni umummanfaatga yo’naltirish, guruhning ichki tizimida intizom o’rnatish, guruh a’zolarining teng huquqligini ta’minlash, har bir shaxsning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish kabi vazifalar yuklanadi.
Lider guruhdagi har bir kishining bajaradigan vazifasini belgilaydi, bajarilishi zarur bo’lgan ish uchun javobgarligini ta’minlaydi, ularning individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda ijtimoiy faolligini kuchaytiradi.
Real guruhning o’z jamoasi oldidagi muvaffaqiyati faqat liderning faoliyati bilangina belgilanmaydi. Guruhning yutug’ini ta’minlaydigan muhim psixologik jihat shaxslararo o’zaro sig’ishish yoki sig’ishmaslik masalasidir. Demak, har bir real guruh o’zining xarakter xislatlari bilan boshqalarga (o’z guruhi a’zolariga) mos keladimi, yo’qmi masalasini lider birinchi navbatda hisobga olishi zarur. Chunki bu masalaning lider faoliyati uchun ham, guruh hayoti uchun ham g’oyat katta ahamiyati bor.
Guruhning muvaffaqiyati uchun uning a’zolari xarakter xislatlari tipi va boshqa psixologik xususiyatlari jihatidan o’zaro qovushadigan, sig’ishadigan bo’lishlari kerak. Agar guruh a’zolari o’zaro qovushadigan bo’lsa, ularning xulq-atvori boshqalarda ijobiy reaksiya, qovushmaydigan bo’lsa, salbiy reaksiya vujudga keltiradi.
Sosiometrik usulni amerikalik psixolog Djon Moreno kashf etgan va shaxsning guruhdagi mavqyeini aniqlashda undan keng foydalangan. Psixolog M. Vohidov qayd etganidek, sosiometrik usulni kichik jamoa yoki guruhdagi odamlarning o’zaro munosabatlarini o’rganishda qo’llasa bo’ladi. Lekin jamoa yoki guruh a’zolari bir-birlarini yaxshi bilgan taqdirdagina bu usuldan samarali foydalanish mumkin.

Download 27.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling