Mavzu: Shaxs tarbiyasi Reja
Shaxs taraqqiyotini harakatga keltiruvchi kuchlar
Download 26.6 Kb.
|
4. Shaxs tarbiyasi
Shaxs taraqqiyotini harakatga keltiruvchi kuchlar.
Shaxs rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchlari muammosini hal etishdagi dialektik-materialistik nuqtai nazar yechimi rivojlanishda amalga oshiriladigan quyidan (oddiydan) yuqoriga (murakkabga) o`tishni ta'minlaydigan ziddiyatlar ta'rifiga murojaat qilinishini muqarrar taqozo etadi. Shaxsning faolligi kishini anglanilgan va anglanilmagan sabablar sistemasi orqali faoliyatga undovchi ehtiyojlarning majmui bilan belgilanadi. Lekin ehtiyojlarning qondirilishi jarayoni zamirida ziddiyat mavjuddir. Ehtiyojlar odatda paydo bo`lishi bilanoq darhol qondirilmaydi. Ularning qondirilishi uchun moddiy mablag`lar, shaxsning faoliyatga muayyan darajada tayyorligi, bilimlar, malakalar va hokazolar zarur. Shaxsning rivojlanishini harakatlantiruvchi kuchlar kishining faoliyatda o`zgarib turuvchi ehtiyojlari bilan ularni qondirishning real imkoniyatlari o`rtasidagi ziddiyatlarda aniqlanadi. Ehtiyojlarning qondirilishi yana va yana shunday bir vaziyatni keltirib chiqaradiki, bunda kishi extiyojlari rivojlanishining erishilgan darajasi bilan ularni qondirishning real imkoniyatlari o`rtasidagi ziddiyat namoyon bo`ladi. Ziddiyatlarning shaxs rivojlanishiga olib boradigan darajada hal etilishi faoliyatda uni amalga oshirishning muayyan vositalarini (usullarini, vositalarini, jarayonlarini, malakalarini, bilimlarini va hokazolarni) ta'lim jarayonida egallash orqali yuz beradi. Buning ustiga ehtiyojlarning jo`shqin faoliyat vositasida qondirilishi qonuniy tarzda yangi, yuksakroq darajadagi ehtiyojni keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham rivojlanib borayotgan shaxs doimo yangi va yangi ehtiyojlarni (va, demak, sabablarning keng shahobchali sistemasini ham) keltirib chiqararkan, o`z navbatida ehtiyojlar rivojlanishining natijasi bo`lib ham hisoblanadi. Ehtiyojlarni rivojlantirish, tanlash va tarbiyalash, ularni hozirgi jamiyat kishisiga xos bo`lgan ma'naviy yuksaklik darajasiga olib chiqish kishi shaxsini shakllantirishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shaxsning shakllanishi uning jamoaga qo`shilganligi sharoitlarida ro`y beradi. A. S. Makarenko ta'kidlaganidek, shaxs yuksak darajada rivojlangan guruhdan iborat va shaxsning qimmatli fazilatlarini shakllantirish uchun eng qulay sharoitlarga ega bo`lgan jamoada va jamoa vositasida rivojlanadi. Individning shaxs bo`lish, yangi jamiyatni qurishning faol ishtirokchisi bo`lish kabi ehtiyoji aynan jamoadagina to`laqonli qondiriladi. Shaxsning shakllanishida unga maqsadga yo`naltirilgan tarzda ta'sir o`tkazish - tarbiya yetakchi rol o`ynaydi. Tarbiya shaxsning rivojlantirilishini jamiyat tomonidan qo`yilgan maqsadlarga muvofiq tarzda yo`naltirib boradi va uyushtiradi. Shu bilan birga tarbiya bola hayoti va faoliyatini muayyan tarzda uyushtirib va tartibga solib qolmasdan, balki mavjud pedagogik printsiplarga binoan konkret shaxs imkoniyatlarini eng yaxshi darajada ko`rsatadigan rivojlanishning maxsus muhitini, yoxud vaziyatini vujudga keltiradi, uni shakllantirgan va yo`naltirib borgan holda faolligini namoyon qilish uchun shart-sharoit yaratadi. Shu o`rinda shaxs psixologiyasi shaxsni tarbiyalash pedagogikasi, axloqiy tarbiya metodikasi bilan o`rin almashadi. Ularning vazifasi shaxsni har tomonlama rivojlantirish, ma'naviy ongni shakllantirish, ongli intizomni, vatanparvarlik va baynalmilallikni tarbiyalash vositalari va yo`llarini aniqlashdan iboratdir. Bu yuksak vazifalarning ro`yobga chiqarilishi shaxsning takomillashuvini ta'min etadi. Download 26.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling