Mavzu: Shaxs tarbiyasi Reja


Download 26.6 Kb.
bet5/7
Sana14.12.2022
Hajmi26.6 Kb.
#1004249
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4. Shaxs tarbiyasi

Konformizm. Komformlilik – shaxsiy fikr, munosabat fikr va xatti-harakatga tashqi ta’siri kiritish tendentsiyasi bo`lib, bu tushunchadan foydalanishning uch modeli mavjud:
a) xulq-atvorda. Masalan: «guruhga qo`shilish»da, ko`pchilikka o`xshab harakat qilishga intilish;
b) munosabatda, tashqaridan tadqiq o`tkazilganda, o`zgalarning bosimi yoki ta’siri natijasi bilan bog`liq bo`lgan munosabat;
v) shaxs xususiyati sifatida;
Ko`rinib turibdiki komformlilik – bu boshqalar fikrini tashqari holatda qabul qilib, ichkari holatda o`z fikrini to`g`riligidan qaytmaslikdir.
Dunyoqarash va e’tiqod shaxsning asosiy sifalaridan biri hisoblanadi.
Shaxs odamning atrofiga bo`lgan munosobatlarini va o`z-o`ziga bo`lgan munosobatni belgilaydi. Shaxsning shakllanishida o`z-o`ziga baho berish muhim ahamiyat kasb etadi.
O`z-o`ziga baho berish - uch xil ko`rinishga ega bo`lishi mumkin:
a) shaxs o`ziga imkoniyatlari qobiliyat, layoqatlarini past baho berishi, o`z-o`ziga ishonchsizligi tufayli kechirilishi mumkin;
b) o`z-o`zini imkoniyat, qobiliyatlarini tug`ri, me’yorda baholash, o`rtacha daromadi baholashi:
v) o`zini imkoniyat qobiliyatlari me’yoridan yuqori baholashi, bu odamda o`ziga bino qo`yish atrofidagilarini nazar-pisand qilmaslik kabi xarakterlarini namoyon etishga olib kelishi mumkin.
Shaxsni o`z-o`ziga to`g`ri baho berishida o`z-o`zini anglash muhim hisoblanib, shaxsni tug`ri shakllanishi, individning o`zi haqida nisbatan barqaror anglangan tasavvurlar tizimini hosil qilinishiga olib keladi. Uning asosida individ odamlar bilan o`z munosabatini o`rganadi. O`z-o`zini anglashning shakllanishi jamiyatning ongli a’zosini tarbiyalashning zarur shartlaridan biridir.
SHaxs taraqqiyotini xarakatlantiruvchi kuchlar muammosini xal qilishda dialektik materializm ta’limotiga asoslanish lozim.
SHaxsning faolligi odamni anglangan yoki anglanmagan motivlarining murakkab sistemasi orqali faoliyatga undovchi extiyojlar yig`indisiga bog`liqdir. Biroq extiyojlarni qondirish jarayoni ichki qarama – qarshiliklarga ega bo`lgan jarayondir. Odatda extiyojlar paydo bo`lishi bilanoq qondirilmaydi.
Extiyojlarni qondirish uchun moddiy vositalar, shaxsning faoliyatga ma’lum darajada tayyor bo`lishi, bilimlar, ko`nikmalar va shu kabilar zarurdir.
SHaxs taraqqiyotida irsiyat va muxitning rolini to`la inkor qilib bo`lmaydi, balki xar ikkisining ham ma’lum darajada o`z o`rni bor. Lekin shaxs taraqqiyotini belgilovchi asosiy omil ta’lim – tarbiya bo`lib xisoblanadi.
Shaxs o`z e’tiqodiga ham ega bo`ladi. E’tiqod shaxsning o`z qarashlari, printsiplari, dunyoqarashlariga mos ravishda xarakat qilishga undovchi anglangan extiyojlar yig`indisidir. E’tiqodli kishi xech qachon o`z printsiplari, qarashlari, maqsadlaridan chekinmaydi. Xozirgi tarbiyamizdan maqsad ham e’tiqodli, imonli, ma’naviy yetuk kishilarni tarbiyalab yetishtirishdir.
SHaxsda tilaklar ham mavjud bo`ladi. Tilak xatti – xarakat motivi bo`lib, u kishini xarakat qilishga undaydi. Tilak niyat, orzu, extiros shaqllarida namoyon bo`lishi mumkin. Ular yuksak va past bo`lib, odamlar faoliyati va jamiyat xayotida turli rol o`ynashi mumkin.
Qiziqishlar, extiyojlar, e’tiqodlar, tilaklar anglanilgan xarakatlardir. Lekin insonda anglanilgan motivlardan tashqari, anglanilmagan mayllar ham borki, inson xayotida katta ahamiyatga egadir.
Faoliyatga nisbatan anglanilmagan mayllar orasida eng ko`p o`rganilgani ko`rsatma berish masalasidir. Bu masalani gro`zin psixologi D.N. Uznadze va uning xodimlari ishlab chiqqan.
Ko`rsatma berish deganda bilish faoliyati bilan bog`liq bo`lgan extiyojni ma’lum usulda qondirishga tayyor turish tushuniladi. Ko`rsatma berish shaxsning o`zi anglab yetmagan bir xolatdir. Bunday xolatda shaxs biror extiyojini qondirishi mumkin bo`lgan ma’lum faoliyatga tayyor to`rgan bo`ladi.
Shakllantiruvchi pedagogik ta'sir sharoitida shaxsning rivojlanishi, uning eng muhim psixologik xususiyatlari va fazilatlarining takomillashuvi ro`y beradi. Shaxsning ijtimoiy kamolotga erishuviga yordam beradigan harakatlantiruvchi kuchlari nimalardan iborat?
Psixologiya tarixida shaxs rivojlanishi va takomillashuvini harakatlantiradigan kuchlar va manba masalasini hal etishning ikkita yo`nalishi mavjud bo`lgan. Bu yo`nalishlar rivojlanishning biogenetik va sotsiogenetik kontseptsiyalari nomini olgandir.
Biogenetik kontseptsiya inson shaxsining rivojlanishi biologik, asosan, nasliy omillar bilan belgilanishiga asoslanadi. Shuning uchun ham shaxsning rivojlanishi ichki sabab natijasida (o`z-o`zidan) sodir bo`lish xususiyatiga egadir.
Shu nuqtai nazarga binoan kishi tabiatan hissiy ta'sirotlarning ro`y berishidagi ba'zi bir xususiyatlarga, harakat sur'atining xususiyatlarigagina emas, balki sababiyatlarning muayyan kompleksiga ham moyil (birovlarda jinoyat qilishga, boshqalarda ma'muriyatchilik faoliyatida yutuqlar qozonishga moyillik va hokazo) bo`ladi.
Kishida go`yo uning psixik faoliyati shakllarigina emas, balki uning mazmuni ham tabiat tomonidan programmalashtirilgan, psixik rivojlanish bosqichlari va ularning ro`y berish tartibi oldindan belgilab ko`yilgan emish.
Inson shaxsini xususiy faolligidan mahrum bo`lgan narsa deb, peshanaga yozib ko`yilgan biologik omillar ta'sirining mahsuli deb ifodalaydigan biogenetik kontseptsiya pedagogikani shaxsning qismatiga ko`ra oldindan belgilab qo`yilgan ushbu fazilatlari paydo bo`lishining sustkash shohidi qilib qo`ygan edi.
Biogenetiklar pedagoglarni bolaga kuchi yetgunga qadar xudbinlik qilishga qo`yib berishga, yolg`on gapirishga, aldashga imkon berishga da'vat etisharkan, yorqin xudbinlik xatti-harakatlari bolada uning «Meni» g`oyasini hosil qiladi, deyishardi. Ular pedagoglarning xuquq doirasini bolada shaxsning qanaqa fazilatlari peshanasiga yozib qo`yilgan holda paydo bo`lishini bilishdan va majburiyatlarini ularning paydo bo`lishiga to`sqinlik qilmasdan, aksincha, unga yordam berishdangina iborat deb hisoblashardi.
Sotsiogenetik kontseptsiya shaxsni tevarak-atrofdagi ijtimoiy muhitning bevosita ta'siri natijasi deb, muhitdan olingan nusxa deb hisoblaydi. Bunda ham xuddi biogenetik kontseptsiyadagi kabi rivojlanib borayotgan kishining xususiy faolligi inobatga olinmaydi, uning tevarak-atrofdagi vaziyatga moslashayotgan mavjudotga xos sust rol o`ynashigina mumkin deb hisoblanadi. Agar sotsiogenetik kontseptsiyaga amal qilinadigan bo`lsa, nima uchun ba'zi vaqtlarda bir xildagi ijtimoiy muhitlarda har xil odamlar yetishib chiqishini tushuntirib bo`lmaydi.
Shunday qilib, na biogenetik va na sotsiogenetik kontseptsiyalar shaxs rivojlanishining konuniyatlarini tushunib yetishga asos qilib olinishi mumkin emas. Unisi ham bunisi ham psixik rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlarini aniqlab olmaydi. Buni amalga oshirishga ikkala omilning (muhit va irsiyatning) mexaniq tarzdagi o`zaro birgalikdagi harakati, yoxud konvergentsiya (bir xil tashqi muhitda o`xshaash belgilarning hosil bo`lishi) nazariyasi ham yordam bera olmaydiki bunda rivojlanishning ikkala kontseptsiyasi xatolari bartaraf etilishidan ko`ra ko`proq orta bordi.


  1. Download 26.6 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling