Mavzu: Shaxs tarbiyasi Reja
Download 26.6 Kb.
|
4. Shaxs tarbiyasi
Shaxs tushunchasi qadimdan mavjud bo`lib, u dastlab aktyor niqobi, keyinchalik esa aktyor ma’nosini anglatgan. CHunki saxnadagi ko`rinish o`zgarishi bilan aktyor maskasi ham o`zgargan. Bundan tashqari, kishi turli sharoitda o`z qiyofasini o`zgartirishi va o`zini bir necha xil qilib ko`rsatishi ham mumkin. Kishi artist kabi turli rollarni bajarishi mumkin.
SHaxsning psixologik to`zilishi, psixologik xususiyatlarining birikmasi xar bir konkret odamda barqaror birlikni tashkil etadi, bu esa shaxs psixolgik tuzilishining nisbatan doimiyligi deb qaralishi mumkin. Psixik xolatlar doim o`zgarib tursa ham, xar turli ijtimoiy guruxlarda va xar xil xayotiy vaziyatlarda odam o`z zimmasiga olgan rollari bilan bog`liq xolda xulq – atvori o`zgarib tursa ham, yoshning o`zgarib borishi va xokazolari bilan bog`lik bo`lgan o`zgarishlar sodir bo`lsa ham shaxsning psixik qiyofasi ma’lum darajada barqaror bo`lib qolaveradi. Shaxs taraqqiyotini davlarga bo`lish bo`yicha L.S.Elkonin, Vigotskiy, J.Piaje va shu kabi ko`plab olimlar ish olib borganlar . Odam individ bo`lib tug`iladi, shaxs bo`lib rivojlanadi taraqqiy etadi. Shaxsning rivojlanishi va shakllanishida xarakter va qobiliyatlarining determinantligi, faoliyat, muloqot, bilish jarayonlari: hissiy - emotsional jarayonlari, irodaviy sifatlari, faolligi, aktivligi, ongligi muhim hisoblanadi. Ya.Gudechek - Shaxsning ijtimoiy qadriyatlar jarayonida rivojlanishi masalasiga katta e’tibor bergan. Qadriyatlar shaxsning xulqi va faoliyatini motivlashtiradi. Shaxsiy ahamiyatga ega qadriyatlar shaxs tomonidan o`zlashtiriladi. Qadriyatlar shaxsning qiziqishlari, ehtiyojlari, yo`nalishi bilan bog`liq. Umumiy holda shaxsni harakatga keltiruvchi sifatida uning ehtiyojlari yotadi. Ehtiyojlar shaxsni faoliyatga undovchi motivlarda namoyon bo`ladi. K.K.Platonov tomonidan tavsiya etilgan quyidagi: “Shaxsning yo`nalishini asosiy ko`rinishi” rasmini kuzatamiz. «Shaxsning shakllanishi» ikki xil ma'noda qo`llaniladi. Birinchisi - shaxsning shakllanishi uning rivojlanishi, ana shu rivojlanish tushunchasi jarayoni va uning natijasi ekanligidir. Shu ma'nodagi shaxsni shakllantirish tushunchasi psixologik tadqiqot mavzusi hisoblanadi. Uning vazifasi biror maqsadga qaratilgan tarbiyaviy ta'sirlar o`tkazish sharoitida rivojlanayotgan shaxsda nimalar mavjudligini (mavjud bo`lgan, tajriba yo`li bilan aniqlanadigan, namoyon bo`ladigan) va nimalar bo`lishi mumkinligini aniqlashdan iboratdir. Bu shaxsning shakllanishiga nisbatan xususan psixologik yondashuv hisoblanadi. Ikkinchi ma'nosi - shaxsni maqsadga yo`naltirilgan tarzda tarbiyalash sifatidagi shakllantirish (agar shunday deb aytish mumkin bo`lsa, «qolipga solish», «yasash», «tuzash»; A. S. Makarenko bu jarayonni «shaxsni loyihalash» deb juda topib atagan edi) dan iborat. Xususan bu shaxsni shakllantirish vazifalari va usullarini ajratib olishga pedagogik yondashuvdir. Pedagogik yondashuv shaxsning jamiyat unga qo`yayotgan ijtimoiy jihatdan taqozo etilgan talablarga javob beradigan bo`lishi uchun unda nimalar va qanday qilib shakllantirilishi kerakligini aniqlash zarur deb hisoblaydi. Shaxsni shakllantirishga psixologik va pedagogik yondashuvning aralashtirib yuborilishiga yo`l qo`yib bo`lmaydi. Aks xolda orzu qilingan narsa haqiqatda ro`y bergan narsa qilib ko`rsatilishi mumkin. «Umumiy ta'lim va hunar maktabini isloh qilishning asosiy yo`nalishlari»da uqdirilganidek, «ilk bolalik yillaridanoq Jamoaizm, o`ziga va boshqalarga talabchanlik, sofdillik va rostgo`ylik, mehribonlik va printsipiallik, matonatlilik va jasoratlilik ruhida tarbiyalashda juda muhimdir». Islohot hujjatlari o`qituvchilarning diqqat-e'tiborini hozirdayoq barcha o`quvchilarda rivojlangan tarzda mavjud bo`lgan narsalarga emas, balki ularda shakllantirilishi lozim bo`lgan narsalarga qaratadi, maktab xodimlarini bartaraf etilishi kerak bo`lgan kamchiliklarni ahamiyatsiz qoldirmagan holda o`quvchilar bilan katta va mas'uliyatli ish olib borishga safarbar etadi. Shu o`rinda yoshlar shaxsini shakllantirish jarayoniga to`g`ri pedagogik yondashuv vazifalari aniq belgilab beriladi, tarbiya jarayonida nima shakllantirilgan bo`lishi kerakligi aniqlanadi. Pedagogika tarbiyaviy ish metodikasini yaratarkan, ilgari surilgan maqsadni ro`yobga chiqarish yuzasidan o`z usullari va vositalarini tavsiya qiladi, shaxsning printsipiallik, rostgo`ylik, mehribonlik va boshqa shu kabi eng muhim fazilatlari qanday shakllantirilishi lozimligi haqida so`z yuritadi. Psixologiyaning vazifasi - konkret jamoa (o`quv-ishlab chiqarish kombinatlaridagi kasbiy-mehnat jamoasi, o`quvchilar jamoasi, oilaviy jamoa va shu kabilar)dagi konkret o`quvchilarda ana shu shaxsiy fazilatlar shakllanganligiyaing boshlang`ich darajasini o`rganishda, tarbiyaviy ishda maktab islohotining ruxiga mos keladigan qanday natijalarga erishilganini, ya'ni real tarzda nimalar shakllanganini-yu, nimalar yana vazifa bo`lib qolganini o`spirin shaxsining amaldagi qaysi bir o`zgarishi samarali va ijtimoiy jihatdan qimmatli bo`lib chiqqani-yu, qaysi birlari samarasizligini, shaxsni shakllantirish jarayoni qay yo`sinda ro`y berganligini (qanday qiyinchiliklarga duch kelganini, u qanchalik muvaffaqiyatli bo`lganligini va hokazolarni) aniqlashdan iboratdir. Shaxsning shakllanishiga nisbatan pedagogik va psixologik yondashuvlar bir-birlariga aynan o`xshamasa ham ajralmas birlikni tashkil qiladi. Agar pedagoglarning qanday metodlarni qo`llaganliklari va qanday maqsadni ko`zlaganliklarini bilib bo`lmasa, agar bu metodlar qanday takomillashtirilishi kerakligi haqida xulosaga kelinmasa shaxsning shakllanishini psixolog nuqtai nazaridan o`rganish xomhayoldan bo`lak narsa emas. Agar pedagog o`quvchining real xususiyatini aniqlab beradigan psixologning imkoniyatlaridan foydalanmasa, agar u o`z o`quvchilarida tarbiyaning shubhasiz bo`lib tuyulgan shakllari va metodlarini qo`llanish bilan bir vaqtning o`zida va undan mustasno tarzda paydo bo`ladigan noxush xislatlarning sabablarini psixologik jihatdan bilib olmasa, agar u o`zining konkret pedagogik faoliyatining ayrim holda bir-biriga zid bo`lgan psixologik oqibatlari rang-barangligini faxmlay olmasa, uning pedagoglik ishi ham uncha istiqbolli bo`lavermaydi va hokazo. Shakllantiruvchi psixologik-pedagogik eksperimentda (misol uchun gruziyalik psixolog va pedagog Sh. A. Amonashvili olib borgan tadqiqot ishlaridan biri kichiq yoshdagi o`quvchilarda mehribonlikni shakllantirish vazifasini hal etishga bag`ishlangan edi) pedagog bilan psixologning nuqtai nazarlari birlashishi mumkin, ya'ni pedagog va psixolog o`sha bitta tadqiqotchi sifatida chiqishi mumkin. Lekin bunday holda ham o`quvchining shaxsida pedagog sifatidagi psixolog nimani va qanday qilib shakllantirishi kerakligi (tarbiyaning maqsadlarini psixologiya emas, balki jamiyat belgilaydi, metodlarini esa pedagogika ishlab chiqadi) bilan psixolog sifatidagi pedagog pedagoglik ta'sir o`tkazish natijasi sifatida rivojlanayotgan shaxsning tuzilishida nimalar borligini va nimalar ro`y berganini aniqlay borib, nimani tadqiq qilishi lozimligi o`rtasidagi farqni yo`qqa chiqarmaslik kerak. Download 26.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling