Mavzu: Shaxs tarbiyasi Reja


Download 26.6 Kb.
bet4/7
Sana14.12.2022
Hajmi26.6 Kb.
#1004249
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4. Shaxs tarbiyasi

Frustrasiya kishini tajang, tajovuzkor, qo`pol qilib qo`yishi yoki aksincha uni yuvosh qilib qo`yishi mumkin. O`quvchilarga tarbiya berishda frustrao`iyani oldini olib, yengib bo`lmaydigan narsa yo`qligini, bu qiyinchiliklar vaqtincha ekanligini aytib, ishontirib ularda istiqbolni yaratish kerak.
SHaxs ijtimoiy, konkret – tarixiy sharoitlarda yashashi, ta’lim-tarbiya olishi tufayli tarkib topadi. SHaxs taraqqiyotining xarakatlantiruvchi kuchi nimadan iborat? Bu masalani xal qilish yuzasidan psixologiya tarixida ikkita oqim mavjud bo`lib, ulardan birinchisi - shaxs psixik taraqqiyotining biogenetik kontseptsiyasi, ikkinchisi - esa sosiogenetik kontseptsiyasidir.
Biogenetik kontseptsiyaga ko`ra inson shaxsining taraqqiyoti biologik faktor, ya’ni nasliy faktor bilan belgilanadi. Bu kontseptsiyaga ko`ra, odam psixik faoliyatining shaqllarigina emas, balki bu faoliyat shaqllarining mazmuni ham go`yo tug`ilishidan peshonasiga yozib qo`yilgan emish, odamning psixik taraqqiyot bosqichlari va ularning yuzaga kelish tartiblari avvaldan belgilanib qo`yilgan emish.
Biogenetiklar pedagoglardan bolada taqdir yo`li bilan qanday shaxsiy sifatlar yuzaga kelishini bilib turishni, lekin ularning yuzaga kelishiga qarshilik qilmaslikni, aksincha yordam berishni talab qiladilar.
Sosiogenetik kontseptsiya shaxsning taraqqiyotini uning atrofidagi ijtimoiy muxitga bog`lab tushuntiradilar. Ularning aytishicha «odam ijtimoiy muxit nusxasidir». Sosiogenetik ham biogenetiklar singari rivojlanayotgan odamning shaxsiy faolligini inkor qiladilar. Odam faqat atrofidagi muxitga moslashadigan, passiv rol o`ynaydigan mavjudot deb qaraydilar. Agar sosiogenetik kontseptsiyani to`g`ri deb bo`lsak, u xolda nima sababdan ba’zi xolda bir xil muxitda xar xil odamlarning yetishib chiqishi tushunib bo`lmaydigan masala bo`lib qoladi.
SHaxs taraqqiyotini xarakatlantiruvchi kuchlar muammosini xal qilishda dialektik materializm ta’limotiga asoslanish lozim. SHaxsning faolligi odamni anglangan yoki anglanmagan motivlarining murakkab sistemasi orqali faoliyatga undovchi extiyojlar yig`indisiga bog`liqdir. Biroq extiyojlarni qondirish jarayoni ichki qarama – qarshiliklarga ega bo`lgan jarayondir.
Odatda extiyojlar paydo bo`lishi bilanoq qondirilmaydi. Extiyojlarni qondirish uchun moddiy vositalar, shaxsning faoliyatga ma’lum darajada tayyor bo`lishi, bilimlar, ko`nikmalar va shu kabilar zarurdir.
SHaxs taraqqiyotida irsiyat va muxitning rolini to`la inkor qilib bo`lmaydi, balki xar ikkisining ham ma’lum darajada o`z o`rni bor. Lekin shaxs taraqqiyotini belgilovchi asosiy omil ta’lim – tarbiya bo`lib xisoblanadi.
Xar qanday tirik organizmning faolligi extiyojlar natijasida xosil bo`ladi va ana shu extiyojlarni kondirishga karatiladi.Buqonuniyat insoniyat olamiga ham tegishlidir. Anglangan va anglanmagan, tabiiy va madaniy, moddiy va ma’naviy, shaxsiy va shaxsiy – ijtimoiy extiyojlar kishida faollikning turli shaqllarini vujudga keltiradi.
Xayvonning xatti – xarakati hamma vaqt u yoki bu extiyojni qondirishga bevosita yunaltirilgan bo`ladi. Extiyoj xayvonni faollikka majbur qilish bilan birga, shu faollikning shaqlini ham belgilaydi. Masalan, ovkatlanish extiyoji /ochlik/ xayvonda ovqatlanish faolligini vujudga keltiradi – sulak ajratishga, ovkat izlash yoki uni poylashga, yerdan kavlab olish yoki yutishga olib kelgadi.
Insonning xatti – xarakati esa butunlay boshqacha tuzilishga egadir.

Download 26.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling