Mavzu: shaxs yo‘nalganligi va faoliyat motivi reja


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana12.11.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1768568
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
 
 
Shaxsning malaka va odatlari 
Har bir odam bilim bilan birga malaka va odatlarni egallaydi. Malakalar bir 
necha xil bo’ladi (yozish, o’qish, yurish, musiqa chalish, sport va hokazo). Maqsadni 
ko’zlab biror nima bajarish malakaga bog’liqdir. Malaka - deb avval ongli bajarilib, 
keyinchalik avtomatlashgan xatti-harakatlarga aytiladi. Istalgan malakani qayta-
qayta takrorlash natijasida hosil qilish mumkin. Malakalar sodda va murakkab 
bo’lishi mumkin. Masalan, mashina haydash, musiqa chalish, kasb
egallash murakkab malaka, mix qoqish, o’tin arralash-sodda malaka hisoblanadi. 
Malakalarni mashq qilish natijasida egallanadi. Shaxsda malakadan tashqari odatlar 
ham bo’ladi. Odat kishi qalbiga o’rnashib, uning ehtiyojiga aylanib qolgan 
harakatlardir. Masalan, ertalab turib yuvinish, ovqatlanish, ozoda yurish kabilar. 
Odatlar ijobiy va salbiy bo’ladi. Salbiy odatlarga yolg’on gapirish, ichish, chekish 
kabilar kiradi. Malaka va odatlarning nerv-fiziologik asoslarini shartli refleksning
hosil bo’lish mexanizmi tashkil qiladi. Bu shartli refleks oddiy emas, balki dinamik 
stereotip tarzidagi, ya'ni takrorlash natijasida mustahkamlangan shartli reflekslar 
majmuasidan iborat. Masalan, bola bolalar boqchasiga o’rganguncha qiynaladi, 
chunki undagi sharoitga ularda dinamik stereotip hosil bo’ladi. Yangi hosil 
qilinadigan malakalar ilgari hosil qilingan malakalarga bog’liq bo’ladi. Ilgarigi 
malakalar yangisiga ijobiy ta'sir qilsa, malakalarning kuchayishi kuzatiladi. 
Masalan, chet tillaridan birortasini o’rgangan odam boshqa bir chet tilini o’rganishda 
qiynalmaydi. Agar ilgarigi malaka yangisini hosil qilishga salbiy ta'sir qilsa 
malakalar interferensiyasi deyiladi. Masalan, bir sohada ishlagan odam butunlay 
boshqa sohaga o’tsa qiynaladi. Shaxs shug’ullanayotgan ishi bilan uzoh vaqt 
shug’ullanmasa malakalar so’nishi hodisasi kuzatiladi. Bu malakalarning 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling