Mavzu: shaxs yo‘nalganligi va faoliyat motivi reja
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
MAVZU: SHAXS YO‘NALGANLIGI VA FAOLIYAT MOTIVI REJA: 1. Shaxsning faolligi 2. Shaxsning malaka va odatlari 3. Shaxsning psixologik tuzilish modellari tahlili Taynach iboralar: Shaxs yo‘nalganligi va faoliyat motivi haqida tushuncha. Motivatsiya haqidagi nazariyalar. Motivatsion soha rivojlanishining asosiy qonuniyatlari. Mustaxakamlash uchun savollar: 1. Shaxsning faolligi nima? 2. Shaxsning malaka va odatlarini gapirib bering. 3. Shaxsning psixologik tuzilish modellari tahlilinikeltiring. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati: 1. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. Toshkent-1996 2. O`zbеkiston Rеspublikasi “Ta’lim to`g`risidagi” qonuni T.,1992 3. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” T., 1997 4. Karimova V. M. «Psixologiya» T.Sharq 2002y. 5. G‘oziyev E. G‘. «Umumiy psixologiya» 1-2 tom. Toshkent-2002y. 6. Ivanov P.I., Zufarova M. «Umumiy psixologiya» T.: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2008 yil 7. Xaydarov F.I., Xalilova N.I. «Umumiy psixologiya» T.: Fan va texnologiyalar 2010 yil 8. Климов Е.А. «Общая психология». Реч, Москва-2001 9. Штерн А.С. «Введение в психологию» М.: Академия Спб 2002. 10. David G. Myers “Psychology”. NY, 2010. WORTH PUBLISHERS 118p. Shaxsning faolligi Shaxs o’zining faoliyati tufayli tevarak-atrofdagi olam bilan faol munosabatda bo’ladi. Shaxsning faolligi deganda odamning atrofdagi tashqi muhitga ko’rsatadigan ta'siri tushuniladi. Tashqi muhit bilan faqat odamlar emas, hayvonlar ham o’zaro munosabatda bo’ladilar. Lekin hayvonlar tashqi muhitga moslashib yashaydilar, odamlar esa tashqi muhitga moslashibgina qolmasdan, uni o’zgartirishga ham qodirlar. Shaxsning faolligi uning turli qiziqishlarida, ehtiyojlarida namoyon bo’ladi. XX asr boshlarida avstriyalik psixolog Z.Freyd shaxs faolligini quyidagicha tushuntiradi. Odam o’zining avlodlaridan nasliy yo’l bilan o’tgan instinktiv mayllarining namoyon bo’lishi tufayli faoldir, instinktiv mayllar asosan jinsiy instinktlar shaklida namoyon bo’ladi Z.Freyd shaxsning faolligini jinsiy mayllar bilan bog’laydi. Shaxsning faolligini hozirgi zamon ilmiy psixologiyasi to’g’ri hal qilib beradi. Inson shaxsiy faolligining asosiy manbai uning ehtiyojlar, deb tushuntiradi. Psixologik nuqtai nazardan borliq to’g’risida mulohaza yuritilganda, tirik mavjudotlarning (oddiy tuzilishga ega bo’lganidan tortib, to murakkabigacha) tevarak-atrof bilan hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan turli xususiyatli bog’lanishlarni ta'minlab turuvchi faoliyati (qaysi darajasi, shakli ekanligidan qat'iy nazar) ularning barchasi uchun umumiy bo’lgan xususiyat hisoblanadi. Ularning faolligi tufayli murakkab tuzilishli faoliyat yuzaga kelib, (ongning mahsuli sifatida) turli-tuman mohiyatli har xil ko’rinishdagi ehtiyojlar (ularning toifalarga aloqadorligi kelib chiqishi jihatidan biologik, moddiy, ma'naviy va boshqalar)ni qondirish uchun xizmat qiladi. Xuddi shu boisdan faollik faoliyatning asosiy mexanizmlaridan biri bo’lib, tirik mavjudotlarning o’z imkoniyati darajasida tashqi olam ta'sirlariga javob qilish uquvchanligining tarkibi sanaladi. Shu o’rinda A.Maslouning ehtiyojlar ierarxiyasini keltirib o’tish zarur. Psixologik manbalarga asoslanib, fikr yuritishimizda ehtiyoj - jonli mavjudotning tobe ekanligini ifoda etuvchi va mazkur shart-sharoitlarga nisbatan faolligini namoyon qiluvchi holat tariqasida ifodalaniladi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling