Mavzu: shaxs yo‘nalganligi va faoliyat motivi reja
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- A.R.Luriyani
N.I.Raynvaldning fikricha,
shaxsning tuzilishi va uning har bir qiyofasi (timsoli) uch mezon asosida tahlil qilinishi lozim: 1.Orientirovka darajasi va anglanganlik xususiyati; 2.U yoki bu ehtiyojiy holatlarni harakatlantirishning xususiyati hamda tashkiliyligi; 3.Insonning emosional irodaviy bilishga oid sifatlarini namoyon bo’lishining jadalligi, jiddiyligi va zo’riqishi va boshqalar N.I.Raynvaldning izohlashicha, faollikning regulyasiyasida psixik funksiyalarni umumlashgan guruhlashtirish uch o’lchovli (mezonli) tasnifi aql (intellekt), hissiyot (emosiya) va iroda mohiyati zimmasiga tushishi, shaxs tuzilishini temprament, xarakter va qobiliyatlarga, ikkinchi tomondan esa ekstroversiya, introversiya omillariga ajratilishiga barham beradi. N.I.Reynvaldning ushbu yondashuvi A.R.Luriyani miya faoliyatining uch blokli rolli tasnifiga bevosita mos tushadi, chunonchi aql (intellekt) ko’p qollarda informasion blok orqali amalga oshadi, iroda (tashkililik) programmalashtirish bloki bilan bog’liq, xilma-xil emosional holatlar (hissiyot) yuzaga kelishining negizida "energetik" blok yotadi. Aql, hissiyot, iroda va ularni ro’yobga chiqaruvchi miyaning bloklari, harakatlantiruvchilarni emas, balki o’zaro uzviy bog’liq bo’lgan insonning atrof- muhitga nisbatan munosabatining uch tomonini anglatadi. Keltirilgan fikr mulohazalardan shuni xulosa qilish mumkinki, shaxsning tuzilish tarkibi, uning o’ziga xos individual xususiyatlari bilan belgilansa, ayrim olimlar tomonidan tashqi ob'ektiv omillar asosida yuzaga kelishi ko’rsatib o’tilgan. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling