Mavzu: shaxs yo‘nalganligi va faoliyat motivi reja


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana12.11.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1768568
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
K.K.Platonov tomonidan ilgari surilgan shaxsning dinamik funksional 
tuzilishi katta qiziqish uyg’otadi. Olim shaxs xususiyatlarining barcha boyliklarini 
qamrab oluvchi modelini yaratishga intiladi. Shaxs xususiyatlari, qiyofasi uning 
tuzilish elementlari bo’lib, xossalari hisoblanadi. K.K.Platonov shaxs tuzilishini 
turli tomonlariga aloqador 4 tuzilmaga ajratadi : 
1.Shaxsning axloqiy munosabatga yo’nalganlikni birlashtiruvchi ijtimoiy 
shartlangan osttuzilish. Bu osttuzilishga aloqador shaxsning xislatlari tabiiy 
mayllarga bevosita bog’liq bo’lmay, tarbiyaviy yo’l bilan shakllantiriladi.
2.Tajriba osttuzilishi, unga ta'limiy yo’l bilan egallagan bilimlar, malakalar, 
ko’nikmalar, odatlar kiradi. Ammo bu narsa shaxs qiyofasining biologik 
shartlangan ta'siri ostida kechadi. Ushbu ost tuzilish orqali shaxs insoniyatning 
tarixiy tajribasi bilan bog’liq bo’ladi. 
3.Shaxsning individual xususiyatlari bilan shartlangan ba'zi psixik jarayonlar 
kiritiladi. Bunda biologik shartlangan xususiyatlarining ta'siri aniqroq ko’zga 
tashlanadi. 
4.Biologik shartlangan osttuzilish bo’lib, biopsixik xususiyatlarni fazilatlar 
temperament, jinsiy va yosh xususiyatlar, shuningdek, insonning patologik o’zgarish 
birlashtiradi. Bu ost tuzilish mashq orqali shakllantiriladi.
K.K.Platonov "shaxsning tomonlari va uning ost tuzilishi" tushunchalarini 
sinonim sifatida qo’llanilganligini quyidagicha izohlab beradi: shaxsning moddiy 


jabhalari emas, balki funksional tomonlarining o’zaro ta'siri to’g’risida to’xtalish 
muhimdir". 
V.S.Merlin ham shaxsning tuzilishi masalasiga alohida ahamiyat bergan. 
Uning fikricha, shaxsning qismlarga ajratib talqin qilinmaydigan jabha bu uning 
xislatidir, ularning har biri muayyan yo’nalganlik mohiyatini mujassamlashtirgan 
bo’lib, shaxs munosabatini aks ettiradi. Shaxs tuzilishi deganda V.S.Merlin bo’yicha 
insonning o’z-o’ziga, o’zgalarga, mehnatga u yoki bu munosabatni o’zida 
birlashtiruvchi shaxs xususiyat-larining tashkiliy aloqadorligini anglatuvchi 
"simptokomleks" - ni tushuniladi. Tadqiqotchi
Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling