Mavzu: shaxs yo‘nalganligi va faoliyat motivi reja
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- V.M.Banshikov
- A.G.Kovalevning
- G.Olportning
- T.Parsond, G.Mid
- G.Ayzenk, R.Kettell
L.S.Vigotskiyning mulohazasiga ko’ra, insonning psixik funksiyalarini yuksak,
madaniy hamda quyi, tabiiy turlarga ajratish mumkin. Chunki ularning negizida ta'lim bilan insonning oliy nerv faoliyatida birinchi va ikkinchi signallar tizimi o’zaro ta'sirining ifodalanishi yotadi. Shaxs tuzilishining modelini ishlab chiqishdagi muhim qiyinchilikni eng asosiy sababi har xil nuqtai nazarlar mavjudligida namoyon bo’ladi. Ular shaxsning tuzilishiga ko’ra substansional va ideal, irsiy va psixologik tomonlarga ega bo’lib, u V.M.Banshikov tadqiqotlarida asoslaniladi. Mulohazadan ko’rinib turibdiki, bunda shaxsning "substansional tomonini" irsiy, kundalik faoliyatda egallagan somatik jabhalar bilan taqqoslaganda, mustaqil strukturaviy tarkib sifatida, alohida reallikka ega emas. Bunday tahlil individual voqelik ustida gap borayotganini bildiradi. A.G.Kovalevning fikricha, temperament tabiiy xususiyatlarning muhimligini bildirib keladi. B.D.Pariginning fikricha, shaxsning statik tuzilishiga quyidagilar kiradi: Umuminsoniy psixologik xususiyatlar Milliy, kasbiy, iqtisodiy, siyosiy, sinfiy birlikka aloqador ijtimoiy o’ziga xos xususiyatlar. Shaxsning individual betakror xususiyatlari. Chet el psixologlarining shaxs tuzilishi mohiyatini ochib berishga qaratilgan ko’pgina yondashuvlari ham yuksak ko’rsatkichlarga erishmaganligi tufayli bu masalani yoritish uchun keskin o’zgarish kiritolmadi. Olimlarning shaxsning psixologik mohiyatini tushunchalar tuzish yordami bilan xaspo’shlashi ijobiy izlanish tarzida o’ziga tortadi, lekin unda shaxs "kundalik turmushimizda biz bilgan shaxsning aynan timsolidir" deb ta'riflanadi. AQSH psixologi G.Olportning fikricha, shaxs: ichki tizim, "dinamik qurilma", "men", "qandaydir metapsixologik men", o’zida oldindan maqsad va dizpozisiyani va aks ettiruvchi inson tafakkuri va xulq-atvorida mutanosib ravishda qaror toptiruvchi jonzotdir". Xuddi shu boisdan shaxsning sinfiy, tarixiy jihatdan yaqqol baholanishi ochilmay qoladi, ijtimoiy tahlil o’rnini psixologik talqin egallaydi. Psixologlardan T.Parsond, G.Mid va boshqalar "shaxsning rolli tuzilishi nomli "konsepsiyani ishlab chiqib, odamning yaxlit sub'ektiv dunyosini uning psixologik qiyofasini diqqat markazidan, idrok maydonidan chetda qoldiradilar. Keyingi yillarda chet el psixologiyasida olimlar diqqatini shaxs modelining psixologik omillari tortmoqda. Ularning asosiy variantlari G.Ayzenk, R.Kettell konsepsiyalari bilan bevosita bog’liqdir. Mazkur konsepsiyalar ko’p yoki oz miqdordagi "omillar (Ayzenkda ular 2-3 ta, Kettellda esa 20 tadan ziyod) ga asoslangan bo’lib, ular muayyan darajada umumlashgan individuallikni yoki shaxs qiyofasini ifodalovchi psixologik xususiyatlarni aks ettiruvchi ruhiy tizimni qayd qilishga asoslanadi. Ammo tub ma'nodagi shaxsning psixologik konsepsiyasi ham individuallik qiyofalarini haqiqiy ijtimoiy psixologik mohiyatini ochish imkoniyatiga ega emas, chunki xususiyatlarning qonuniy ravishdagi o’zaro aloqalari tavsiflanmay qolgan. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling