Mavzu: shaxslararo munosabatlar va ularning kechishi
Download 62.96 Kb.
|
miustaqil ish
4. Diskriminatsiya
Jamiyatdagi shaxslararo munosabatlarda ba’zi toifa vakillariga nisbatan diskriminatsiya asosida yondashish kuzatiladi. Diskriminatsiya umumiy tushunchada tan olmaslikni maqsad qilgan yoki tenghuquqlilik hamda uni himoya qilishni rad etgan, tenghuquqiylik tamoyili va insoniylik qadr-qimmatini kamsituvchi har qanday ajratish, tahqirlash, cheklash yoki afzal ko’rishni bildiradi. Amerikalik psixolog Chaldinining fikriga ko’ra, shaxslar orasida bir-biriga nisbatan diskriminatsiyaning yuzaga keltiruvchi sabablar quyidagilar bo’lishi mumkin: «ijtimoiy, iqtisodiy, diniy, irqiy, etnik kelib chiqishi, tanasining rangi, jinsiy oriyentatsiyasi va boshqa diskriminatsiyalar». Barcha ko’rinishdagi cheklashlarni avtomatik tarzda inson huquqlarining buzilishi, ya’ni diskriminatsiya deb hisoblash mumkin. Agar ular mantiqan muvofiq va obyektiv kriteriyalarga asoslangan bo’lsa, ushbu cheklashlar oqlanishi mumkin. Diskriminatsiyaning o’ziga xos bo’lgan uchta elementi mavjud bo’lib, biz diskriminatsiyaning barcha ko’rinishlari uchun ana shu asosiy elementlarni ajratib ko’rsatishimiz mumkin: Harakat – ajratish, tahqirlash, cheklash yoki afzal ko’rish kabi diskriminatsiyalovchi harakatlarni kvalifikatsiya qilishni anglatadi. Sabablar – irqiy, tana rangi, kelib chiqishi, milliy, etnik kelib chiqishi, jinsi, yoshi, jismoniy barkamollik va boshqalar kabi shaxsiy tavsif diskriminatsiya sabablari hisoblanadi. Mciqsad yoki oqibat – diskriminatsiya o’zining maqsadiga ega bo’lib, buning oqibatida jabrlanuvchilar, qurbonlarning insoniy huquqlari va asosiy erkinliklariga to’sqinliklar yaratilishi, qollanilishi yoki amalga oshirilishi mumkin. Bu borada odamlar yoki ma’lum bir guruhlarga nisbatan subyekt tomonidan amalga oshirilmoqchi bo’lgan (maqsadi bayon etilgan) bevosita diskriminatsiya va ko’rinishidan neytral vaziyatga ega, choralar afzalligini haqiqatdan ham boshqalarga nisbatan solishtirganda bir odam, guruhga berilishiga sabab bo’lgan oqibatlarga dahldor bo’lgan bilvosita diskriminatsiyani ajrata olish zarur. Diskriminatsiyani tushunish uchun unga beriladigan qo’shimcha tavsiflar mavjuddir. Bular: Hukmronlik – odatda ustunlik qiluvchi guruh diskriminatsiyani kam sonli bo’lgan yoki ta’sirga nisbatan kam qarshilik ko’rsatuvchi odam va guruhlarga nisbatan amalga oshiradi. Jamiyatda odamlar yoki guruhlarning qaysidir jihatdan bir-biridan ustunlik qilishi son jihatdan (ko’pchilik kamchilikka nisbatan munosabatlarda), hukmronlik jihatdan («ynqori sinf» vakillari «quyi sinf» vakillariga nisbatan munosabatlarda) kuzatilishi mumkin. Ustunlik qilish orqali bir guruh ikkinchi guruhga nisbatan ular hech qanday ahamiyatga ega emasdek munosabatda bo’ladi, aksariyat hollarda bu guruhda asosiy inson huquqlarining cheklanishlari kuzatiladi. Kolumbiya Universiteti professori B.A. Richardsonning fikriga ko’ra, «diskriminatsiya inson qadr-qimmati hamda inson huquqlari amalga oshirilayotgan jarayonda ularning inkor etilishi hisoblanadi». Pozitiv harakatlar – pozitiv diskriminatsiya atamasining ilk bor kelib chiqishi AQSHda bo’lib, u yana «pozitiv harakat» nomi bilan ham ataladi. U o’zida amaliy tenglik va diskriminatsiyaning institutsiyalashgan shakliga erishish uchun yo’naltirilgan vaqtinchalik maxsus choralarni ham aks ettiradi. Institutsional diskriminatsiya – jamiyatda, tashkilot va idoralarda tizimli ravishda tengsizlik hamda diskriminatsiyaga olib keluvchi umumiy qabul qilingan qonunlar, siyosat, urf-odat va udumlarga taalluqli. Tajribaga asoslangan harakatlar har doim juda ham munozarali hisoblanadi. Ular boshqalariga nisbatan solishtirganda ma’lum guruhlarga avvalgi tengsizliklar uchun maqsadli guruhlar, masalan, ozchilikni tashkil qiladigan etnik kelib chiquvchi ayollar guruhiga o’rnini qoplash-kompensatsiya toiash va shuningdek hozirgi paytda barcha asosiy erkinlik, ayniqsa, ta’lim, mehnat qilish va biznesni boshqarishda amalga oshirishga teng imkoniyatlarni yaratishni bildiradi. Bu kabi «pozitiv diskriminatsiya» ma’lum bir chegaralangan muddatlarda amalga oshirilib, bunday ko’rinishdagi afzal ko’rishga e’tibor qaratilishini diskriminatsiya deb hisoblanmasligini alohida ta’kidlash kerak. Diskriminatsiya (Discrimination) – ma’lum bir odamlarga nisbatan, ularning qandaydir guruhga tegishliligi tufayli namoyon qilinadigan fe’l-atvor xususiyatlaridir. Biroq diskriminatsiyaning ba’zi ko’rinishlari alohida odamlar tomonidan emas, balki ijtimoiy institutlar tomonidan ham namoyon etiladi va u institutsional diskriminatsiya deb aytiladi. Institutsional diskriminatsiya (institutionalized discrimination) – ma’lum bir madaniyatning huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy institutlari tarkibiga kira- digan diskriminatsiyadir (Feagin & Feagin, 1999). U to’g‘ridan to’g‘ri dushmanlik kayfiyatida bo’lishi mumkin, masalan, rasmiy qonunchilik ma’lum bir guruhlarga biror joyda yashashni yoki ma’lum bir sohada ishlashni taqiqlashi shunday diskriminatsiyaga misol bo’ladi. Masalan, XVI–XVIII asrlarda Buxoro xonligida yahudiylarga davlat mansablarida ishlash taqiqlangan, bellariga qizil tasma taqib yurishlari shart qilib qo’yilgan, faqat yakshanba kunlarigina bozorga chiqishlari mumkin bo’lgan. Boshqa bir misol, O‘rta Osiyoda XIX asrda ayollar davlat mansablariga yaqinlashtirilmagan va madrasalarda o’qishi taqiqlangan. Jahon tarixida ham bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin. AQSHda quldorlikni qollab-quvvatlovchi yoki ayollarning kamsitilishiga yo’l qo’yuvchi qonunlarning mavjud bo’lganligi bunga yaqqol misoldir. Hozirda bunday ochiqdan ochiq diskriminatsiyalar xalqaro huquq me’yorlariga ko’ra taqiqlansa-da, uning ba’zi shakllari saqlanib qolmoqda. Lekin jamiyatda shunday me’yorlar ham borki, ular diskriminatsiyani odatiy holga aylantiradi. Masalan, ayollarni ehtiyot qilish, ularni asrash kerakligi nafaqat bizning jamiyatimizda, balki butun dunyoda me’yor hisoblanadi, ayni shu me’yor ruda konlari direktorlarining ayollarni kon ishlariga olmasliklariga sabab bo’ladi. Lekin ayollarga nisbatan ba’zi cheklovlarning mavjudligi ularning diskriminatsiyalanishi emas, balki ularning manfaatini ko’zlab amalga oshirilayotganligini hisobga olinsa, bunday holatlarni diskriminatsiya deb atab bo’lmaydi. Bunday munosabatlarni tushunish uchun ijtimoiy psixologiya sohalaridan biri sifatida gender munosabatlarni o’rganish lozim bo’ladi. Download 62.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling