Mavzu: shaxslararo munosabatlar va ularning kechishi


Shaxs va uning tolerantligi tushunchasi


Download 62.96 Kb.
bet5/10
Sana19.01.2023
Hajmi62.96 Kb.
#1102468
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
miustaqil ish

5. Shaxs va uning tolerantligi tushunchasi
Rus psixologlaridan B.G.Anan’yev o’tgan asrning 60-yillarida tolerantlik atamasidan birinchi bo’lib foydalangan bo’lsa, bu fenomenning ijtimoiy psixologiyasini ilk marotaba Sankt-Peterburglik olima G.L.Bardiyer (2007) tadqiq etgan.
Aniq sharoitlarda, ya’ni ijtimoiy voqeliklar va jarayonlar (referent guruhdagi ijtimoiy hamkorlik)da tolerantlikni shaxs faoliyatida tutgan o’rni hamda uning qay tarzda namoyon boiishi, shakllanishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni aniqlashga qator olimlar o’z diqqatlarini qaratib kelmoqdalar.
Tolerantlik tushunchasiga turli soha mutaxassislari ta’rif berib o’tganlar. Jumladan, tolerantlik falsafiy ma'noda – lotincha chidam, chidamlilik, toqat qilish, kengfe’llik ma’nosida «tolerantia» so’zidan olingan bo’lib, falsafada bag‘rikenglik, halimlik va xayrixohlik tushunchalarini ifodalaydi.
Psixologik ma’noda tolerantlik bu – individning o’z asab va ruhiy muvozanatini tiklash, muvaffaqiyatli moslashish, adovatga yo’l qo’ymaslik va uni o’rab turgan olam bilan ijobiy munosabatlarni rivojlantirish maqsadida muammoli va inqirozli vaziyatlarda tashqi muhit bilan faol aloqa qilish qobiliyatini belgilovchi birlashma, integral xususiyat sifatida ma’no-mazmun kashf etgan.
O‘zga millat vakilini tan olish unda o’zi uchun aziz bo’lgan boshqacha qadriyat, mantiqiy fikrlash, turmush tarzi, madaniyat mavjudligini anglab etishdan iboratdir.
Qabul qilish – bu o’zga din va millat vakilining bizga nisbatan farqli jihatlariga ijobiy munosabatda bo’lish demakdir.
Tushunish esa o’zga din va millat vakilining ichki dunyosini ko’ra olish, unga o’zi va o’zgalar nuqtai nazaridan yondashish demakdir.
Milliy bag‘rikenglik – turli millatga mansub kishilarning bir-birlarining tilini, dinini, turmush tarzi, urf-odati va an’analarini, milliy-madaniy merosini hurmat qilishni, ularning sha’ni, qadr- qimmatini, or-nomusini qadrlash orqali amalga oshiradigan o’ziga xos ma’naviy kenglik (bag‘rikenglik)ni anglatadi.
Tolerantlik – o’zgalarning xulq-atvori, e'tiqodlari va qadriyatlarini erkin qabul qilish imkonini beruvchi ruhiy tayyorgarlik; o’zgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuyg‘ulari, fikr-mulohazalari, g‘oyalari va e'tiqodlariga nisbatan chidamlilik va bag'rikenglik; shaxsiy qarash va nuqtai nazarlardan farqlanuvchi fikr va mulohazalariga bo’lgan munosabatdir.


Download 62.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling