Mavzu. Sifatlovchi qaratuvchi aniqlovchining turlari ekanligi


MAVZU:Hol va uning turlari ravish payt o`rin sabab va maqsad hollari


Download 97.06 Kb.
bet2/15
Sana02.11.2023
Hajmi97.06 Kb.
#1740335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Mavzu. Sifatlovchi qaratuvchi aniqlovchining turlari ekanligi

MAVZU:Hol va uning turlari ravish payt o`rin sabab va maqsad hollari.
Ravish holi. Payt holi O‘rin holi Sabab holi Maqsad holi Miqdor-daraja holi  Shart hol To‘siqsizlik holi Gap bo‘laklarining joylashish tartibi
Odatda fe’l bilan ifodalangan bo‘lakka bitishuv yoki boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanib, undan anglashilgan ish-harakatning belgisini bildiradigan ikkinchi darajali bo‘lakka hol deyiladi. Hol ish-harakatning qay tarzda bajarilishini, uning bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘rin, payt, sabab, maqsad, miqdor-daraja kabilarni bildiradi. Hol ravish, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklari shakllaridagi ot yoki ko‘makchili ishlatilgan so‘zlar, sifat, son, fe’l shakllari, taqlid so‘z hamda so‘z birikmasi orqali ifodalanadi.
Ravish, asosan, hol vazifasini bajaruvchi mustaqil so‘z turkumidir. Masalan: Faqat idora yaqinidagi MTS tomonidan yakka traktorning o‘qtin-o‘qtin gurillagani eshitildi. (O‘.Hoshimov). Asta esa boshlagan shamol tumanni pastliklarga olib ketdi. (J.Abdullaxonov).
Gapda hol bo‘lib kelish fe’lning ravishdosh shaklining ham asosiy vazifalaridandir. Masalan: Tomchilarning derazaga chirsillab urilishi aniq eshitila boshladi. (O‘.Hoshimov). Erali bu gaplarni choyxonada odam gavjum paytida maqtana-maqtana aytib berdi. (S.Ahmad).
Ot jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigida kelib yoki ko‘makchi bilan birga ishlatilib hol vazifasini bajarishi mumkin: Toshkentga butun mamlakatdan katta geolog olimlar kelishgan. (S.Karomatov). Mashina shiddat bilan qaltis tog‘ yo‘lidan uchib ketdi. (O‘.Hoshimov).
Harakat nomi gapda hol bo‘lib kelganda, u ham ot kabi shakllanadi: Mehmonlarni kutish uchun bog`ga dasturxon tayyorlatib qo‘yishgan edi. (S.Ahmad).
Taqlid so‘z ham gapda hol vazifasida kela oladi: Toshlar havoni g‘iz-g‘iz yorib o‘tadi. (Oybek). Ko‘chadan dupur-dupur o‘ynoqlab bir gala otlar o‘tadi. (J.Abdullaxonov).
Ba’zan hol so‘z birikmasi bilan ifodalanadi: Tong otar payti bulbullar paydar-pay sayraydi. (S.Ahmad). Aqlni o‘stirmoq uchun hadeb o‘qiyvermasdan ko‘proq fikrlash kerak. («Tafakkur gulshani»).
Hol o‘zi bog‘lanib kelgan so‘z bilan «hol-hollanmish» sintaktik munosabatini yuzaga keltiradi.Hollar ma’nolariga ko‘ra bir necha turga bo‘linadi.
1. Ravish holi ish-harakatning qay tarzda bajarilganligini bildiribqanday? qanday qilib? qay tarzda? qay holda? degan so‘roqlarning biriga javob bo‘ladi. U quyidagicha ifodalanadi:
hamma nafasini ichiga yutib, jimgina tikilib qoldi. Birdan qarsak chala boshladilar. (J.Abdullaxonov).2) ravishdosh bilan: To‘rg‘aylar bir nuqta ustida qanot qoqib g‘ujurlashadi. (P.Qodirov). Temirjon ularning kuyib-pishib bir-birlariga gap uqtirishlarini ko‘rib, o‘qituvchilarning muvaffaqiyatidan qanchalik faxrlanishlarini his qila boshladi. (J.Abdullaxonov). Qiqirlab kulganicha qochib borayotgan qizning ortidan jilmayib qarab turdi. (J.Abdullaxonov). Ona yana o‘ylay-o‘ylay o‘yiga etolmay qoldi. (J.Abdullaxonov).

Download 97.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling