Mavzu. Sifatlovchi qaratuvchi aniqlovchining turlari ekanligi


MAVZU:Gapning uyishiq bo`laklari


Download 97.06 Kb.
bet4/15
Sana02.11.2023
Hajmi97.06 Kb.
#1740335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Mavzu. Sifatlovchi qaratuvchi aniqlovchining turlari ekanligi

MAVZU:Gapning uyishiq bo`laklari.
Uyushiq bulaklar — gapda bir xil soʻroqqa javob boʻlib, bir xil sintaktik vazifani bajarib, teng bogʻlovchilar yoki sanash ohangi bilan bogʻlangan boʻlaklar. Bunday boʻlaklar gapda birdan ortiq holda qator kelishi mumkin va bu gaplar Uyushiq boʻlakli gaplar hisoblanadi. Masalan, Tobora koʻtarilayotgan quyosh oʻrik, yongoq, shaftoli va olma giloslarning shoxlariga oʻzining ertalabki yogʻdusini sepmoqda. Bu gapda oʻrik, olma, shaftoli va gilos soʻzlari uyushib kelgan. Ular bir xil soʻroqqa javob boʻlib, bir xil sintaktik vazifani bajarmoqda. Ular oʻzaro sanash ohangi va teng bogʻlovchi yordamida birikkan. Gapning barcha boʻlaklari uyushiq boʻla oladi: uyushiq egalar, uyushiq kesimlar, uyushiq aniqlovchilar, uyushiq toʻldiruvchilar, uyushiq hollar. Uyushiq boʻlaklar qismlari, odatda, bir xil grammatik shaklda boʻladi. Gapning boʻlaklari yakka-yakka holda yoki oʻziga bogʻliq soʻzlar bilan kengaygan holda uyushib kelishi mumkin: Abdulla Qahhorning ijodiy tajribasi kitobxonlar uchun ham, adabiyotshunoslar uchun ham, yosh yozuvchilar uchun ham bebaho bir manbadir (P. Qodirov). Kesim uyushib kelganda uni shakllantiruvchi vositalar (zamon, shaxs-son, mayl, tasdiq-inkor shakllari, bogʻlama va koʻmakchi feʼllar) oxirgi boʻlakka qoʻshiladi: Mavzuni yaxshi tushunish uchun, avvalo, darsni diqqat bilan tinglash berilgan topshiriqlarni bajarish, muntazam takrorlash kerak; Men uzoq yillardan buyon shu shaharda yashab, oʻqib, ishlab kelyapman. Agar ushbu vositalar har bir kesimga qoʻshilsa, bunday gap uyushiq kesimli sodda gap emas, qoʻshma gap hisoblanadi: Nutq qudratli kuch: u ishontiradi, undaydi, majbur etadi.
O'z yurtimizbog'imiz, o'z vodiymiz, tog'imiz, O'z qutli chirog'imiz hamisha bo'lur omon. (G'. G'.) Bu gapdagi yurtimiz. bog'imiz. vodiyimiz, tog'imiz, chirog'imiz so'zlari uyushib kelgan va bir xil so'roqqa javob bo'lib, sanash ohangi orqali o'zaro birikkan.
Har bir gap bo'lagi uyushib kela oladi. Masalan:
l.Ega uyushadi: Muhayo, Surayo, Ra'no, Muqaddas,
Ko'zlarni yashnatib kiyibsiz atlas. (Qo'shiq.)


Download 97.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling