Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari
Download 0.89 Mb.
|
Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari
Xalqaro siyosiy jarayonlar - xalqaro munosabatlarning institutsional va turli-tuman noinstitutsional sub’ektlarining ularning o‘z funksiyalarini bajarishda makon va zamonda rivojlanishida olingan umumiy faoliyati; tizimli dunyodagi turli xil siyosiy jarayonlarning jamlanganidir. Uning sub’ektlari sifatida xalqlar, etnoslar, sivilizatsiyalar, davlatlar, xalqaro tashkilotlar, nodavlat birlashmalar, ijtimoiy harakatlar, diniy tashkilotlar, siyosiy va jamoat liderlari; tuzilmaviy unsurlari sifatida esa BMTning siyosiy ahamiyatga ega faoliyati xalqaro tashkilotlar, fondlar, tashkilotlar, muassasalarning siyosiy faoliyati; mintaqaviy institutlar, birlashmalar, ittifoqlarning siyosiy aksiyalari, suveren davlatlarning tashqi siyosiy faoliyati namoyon bo‘ladi.
XX asrga kelib xalqaro munosabatlar sohasidagi siyosiy tadqiqotlar yangi sifat o‘zgarishlariga ega bo‘ldi. Agar o‘tgan asrda xalqaro jarayonlar o‘z holicha rivojalanib, nazariy izlanishlar davlatning imkoniyat darajasidagi yo‘liga kam ta’sir etgan bo‘lsa, yangi asrga kelib ilmiy yo‘nalishlarning xalqaro munosabatlarga ta’siri o‘sib bordi. Xalqaro siyosat nazariyalari ichida proletariat “dohiylarining” dunyo tartibotida inqilobiy transformatsiya konsepsiyasi paydo bo‘ldi. Bu konsepsiya uchun quyidagilar xarakterlidir: dunyo muammolarini tahlil qilishga sinfiy nuqtai nazardan yondashuv, davlatning tashqi siyosatini ichki siyosat bilan aloqadorlikda o‘rganish, xalqaro munosabatlarni har bir tarixiy davrda aniq ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar rivojlanishi qonuniyatlari bilan bog‘liq ekanligi, kuchlar joylashuvining ob’ektiv va sub’ektiv omillarini tadqiq etish. XX asrda xalqao munosabatlar nazariyasining nomarksistik yo‘nalishlari ikkita qutblashgan oqimlar asosida rivojlandi. Ularni shartli ravishda “kuchlar muvozanati”, “o‘zaro harakat”, “integratsiya”larning turli muqobil g‘oyalari, deb atash mumkin. XX asr boshlaridagi siyosatning globallashuvi va “imperializm ittifoqlari”ning shakllanishi mo‘ljallangan tamoyillar to‘g‘risida fikrlashga nisbatan yangi, umumdunyoviy yondashuvlarni ilgari surishga ko‘proq imkoniyat yaratdi. 1904 yilda taniqli ingliz olimi Xalfrord Makkinder o‘zining xalqaro jarayonlarni konsepsiyalarda ifodalashga doir qarashlarini e’lon qildi. u keyinchalik "geosiyosat" deb ataldi. Makkinder shunday deb yozgan edi: “Agar kim Sharqiy Evropani boshqarsa, u Evroosiyoning Xartlendiga (o‘rta erlariga ) rahbarlik qiladi; agar kim Xartlendni boshqarsa, Evropa, Osiyo, Afrikaning dunyo orollariga rahbarlik qiladi, agar kim dunyo orollarini boshqarsa, butun dunyoga rahbarlik qiladi. Xartlendga savdo liberalizmining vatani bo‘lgan “orollar majmuasi”(Amerika, Avstraliya, Okeaniya, Buyuk Britaniya) qarama-qarsh turadi”.58 Davlatlarning ahvoli, siyosati, tarixiy taqdiri uchun geografik omillarning ahamiyati to‘g‘risidagi g‘oyalar unumli nazariyalar sifatida sinovlardan o‘tdi. Klassik misol: Alp tog‘ining geologik tuzilishi Italiyadan Markaziy Evropaga tomon yurishlarni qiyinlashtiradi, lekin uning aksi butunlay boshqacha bo‘lib, u tarixda muhim rol o‘ynaydi. Dengizga chiqish, tabiiy boyliklar, iqlim, shuningdek, chegaralarning joylashuvi, qo‘shnilarning qanday bo‘lishi – bularning hammasi davlatlar resurslarini taqsimlashda va ular tashqi siyosatini rejalashtirishda muhim ahamiyatga ega. Xalqaro munosabatlarning bu modelining asosiy kamchiligi dunyo siyosatini baravarlashtirishning turli komponentlaridan birini mutlaqlashtirishdir. (K.Xausxoffer tomonidan rivojlantirilgan bu g‘oyalarda nkeyinchalik fashistlar Germaniyasi o‘zining agressiv siyosatini asoslash uchun foydalandi). Irqchilar qarashlari bilan qorishib ketish uzoq vaqt “geosiyosat” so‘zining obro‘sini to‘kib keldi. Iiknchi jahon urushi va undan keyingi yillarda AQSHda geosiyosat g‘oyalarini faol ravishda ishlab chiqqan olim N.Spaykmendir. bu g‘oyalar “siyosiy realizm” maktabi vakillariga kchli ta’sir qildi. Xalqaro siyosatning nazariy fikrlash yo‘nalishlaridan biri – “siyosiy idealizm” – AQSHda urushlar o‘rtasidagi davrda rivojlandi. Tadqiqotchilarning asosiy qismini xalqaro huquqqa doir mutaxassislar tashkil etganligi uchun ham bu maktab umumiy yondashuvlar mazmunini belgalib bera olmadi. “Siyosiy idealizm” tarafdorlari “kuchlar muvozanati” g‘oyalarini inkor qilib, ular dunyo siyosatini “xuquq” va “axloqiy” kategoriyalar vositasida ifodalay boshladi va o‘z modellarini huquqiy asoslarda bo‘lishiga intildi. Uning natijalari Evropa va global voqeliklarni yaxshi ifodalay olmagan “ideal” mezonlar vositasida qurishdar iborat bo‘ldi. Bu davrning xalqaro siyosatshunoslari xalqaro tashkilotlar rolini oshirib ko‘rsatib, ularni “kuchlar muvozanati”ga qarama-qarshi qo‘ydi. AQSHda XX asr 40-yillarining ikkinchi yarmida “sovuq urush” siyosati ta’sirida “siyosiy realizm” maktabi paydo bo‘ldi. U uzoq davr siyosiy akademik majmua doirasida hukmronlik qildi, xalqaro masalalar bilan shug‘ullanuvchi davlat tuzilmalariga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Siyosiy realizm va unga yaqin bo‘lagn “strategik tahlil” maktabi vakillariga quyidagi olimlar va siyosatchilar kiradi: J.Kennan, U.Lippman, Z.Bjezinskiy, R.Straus-Xyupe, J.Boll, U.Rostou, G.Kiisenjer, S.Xantington, R.Aron va maktabning tan olingan nazariyotchisi Gans Morgentau, E.Karr va boshqalar. Siyosiy realizmga ilgari o‘tgan davr mutafakkirlaridan N.Makiavelli, T.Gobbs, 19 asrdagi nemis tarixchisi L.Fon Ranke va XX asr ingliz tarixchisi AToynbi, shuningdek, boshqa geosiyosat nazariyotchilari sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Bu maktabning bevosita faol tadqiqotchilaridan biri – faylasuf, teolog, neoprotestantizm vakili R.Niburdir. Realistlar dunyodagi ahvolning takomillashmaganligi inson tabiatidan kelib chiqadigan kuchlar harakati natijasi, deb talqin qilib, ular bu kuchlarga qarshi chiqmaslikka chaqirdi. Realistlar tomonidan “milliy” deb atalgan davlat manfaatlari konsepsiyasi har tomonlama puxta ishlandi. Doimiy manfaatlarga “milliy xavfsizlik” (tashqi xavfdan himoya), iqtisodiy manfaatlar (hamkorlar bilan aloqalarni saqlash, eksport salohiyati va xorijiy investitsiyalarni oshirib borish, ichki bozorni himoya qilish), “dunyo tartibotini qullab-quvvatlash manfaatlari” kabilar taalluql, deb qaraldi. Shuningdek, itoat etuvchi rolini o‘ynovchi yoki bir vaqtning o‘zida paydo bo‘luvchi manfaatlar ham mavjuddir. XX asrning 60- yillaridan boshlab siyosiy ralistlarni modernistlar oqimi tanqid tig‘i ostiga oldi. Ular quyidagi ayblovlarni ilgari surdi:asosiy tushunchalarda (kuchlar muvozanati, xavfsizlik va boshqalar) aniqlikning etishmasligi; rivojlanish tamoyillarini oldindan bilish imkoniyatlarining cheklanganligi;sonlar bilan bog‘liq usullardan foydalanish imkoniyatlarining yo‘qligi. Shuningdek, modernistlar siyosiy realistlarning quyidagi kamchiligiga ham e’tiroz bildirishdi: xalqaro munosabatlar tizimidagi barcha harakatlar “ikki tur va yo‘nalishga qaratiladi- kuchlar muvozanatini buzish yoki tiklash” yoki realistlar olidindan ko‘rish yoki voqeliklarning bir qismidan olingan xulosalarni uning boshqa qismlariga yoyishga olib borvchi usullardan foydalanmaydi. Xalqaro munosabatlarning modernistik nazariyalari. Modernistlar o‘ziga qarshi “an’anachilar”, ya’ni idealistlar va realistlarga nisbatan zid ravishda ilmiy-texnikaviy inqilob jarayonlari va yutuqlarini xalqaro munosabatlar bilan bog‘lashga intildi. Bu yangi oqim vakillari o‘zlarining asosiy diqqat – e’tiborlarini asosan turli ma’lumotlar yig‘ish va EHM yordamida tahlil qilish asosida yangi modellar tashkil etishga qatardi. Bu xalqaro munosabatlar nazariyasini zamonaviy tarzda tasniflashtirish uchun modernistik guruhni an’anachilarning “me’yoriy” guruhiga qarama-qarshi o‘laroq “empirik-tahliliy” deb atalishiga asos yatarib berdi. Modernistik yo‘nalish neopozitivizm falsafasiga tayanib o‘z nazariyalarini boyitish uchun fizika, kibernetika, matematikadan to‘g‘ridan to‘g‘ri va yana ko‘proq sotsiologiya, psixologiya, antropologiya vositasida ko‘p narsalarni o‘zlashtirdi. Modernistlar xalqaro ixtiloflarni ijtimoiy ixtiloflarning o‘ziga xos ro‘y berishi, deb talqin etib, siyosatshunoslik nazariyalariga bixeviorizm (xulqiy nuqtai nazardan yondashuv) va tuzilmaviy funksionalizmni faol ravishda kirita boshladi. XX asrning 60 –yillaridagi ilk modernistlar K.Rayt, K.Doych va M.kaplanlar edi. Bu yo‘nalish oqimida tizmili tahlil (M.Kaplan, A.Organski, D.Singer), tashqi siyosat (J.Rozenau), integratsiyaviy (K.Doych), xalqaro ixtilof (O.Xolsti, B.Bradi), xalqaro tashkilotlar (E.Xaas, U.Foks, J.Nay) kabi maktablar shakllandi. Modernistlar davlatlar siyosati tahlilidagi o‘zgarishlar alohida qayd qilib bordi. Ilgarilari davlatning xalqaro munosabatlarga nisbatan aniq nuqtai nazari bor, u milliy manfaatlar asosida o‘z yo‘lini aniqlab olgan yaxlit birlik, deb o‘rganilgan edi. Endilikda ularning o‘zlari tashqaridan bo‘ladigan ta’sirlarga uchragan tizimi sifatida o‘rganila boshlandi. Tashqi siyosiy qarorlar qabul qilish jarayonlari, xalqaro muammolar sohasidagi elitalar va hukumatlarning o‘zaro harakatlarini tahlil etishga muhim e’tibor qaratila boshlandi. Endi asosiy diqqat-e’tibor nodavlat xalqaro munosabatlar sub’ektlari, xalqaro tashkilotlar, transnatsional korporatsiyalar kabilarga qaratiladi. Modernist – bixevioristlar vakillarining bir qismi xalqaro munosabatlar umumiy nazariyasining o‘nlab modellarini, ko‘plab xususiy (orol) konsepsiyalarini taklif etdi. Ularning ichidan “voqelik – o‘zaro harakat” (CH.Makklelland), “rag‘batlar - reaksiya”(R.Nort), “qaror qabul qilish”(R.Snayder), “byurokratik kelishuvlar” (G.Allison, I.Destler) kabi modellarni misol tariqasida keltirish mumkin. Agar realistlar ro‘yhatidagi davlatlar maqsadlarida kuch bilan kafolatlangan xavfsizlikka intilish ustuvorlik kasb etsa, o‘zaro bog‘liqlik tarafdorlari tushunchasiga ko‘ra xavfsizlik – bu resurslar taqsimlanishidagi nazorat mexanizmlari majmuasidir. Hozirgi davr xalqaro munosabatlarining asosiy tamoyillari. Sovuq urush siyosati dunyo va Evropa miqyosida harbiy urushlarsiz barham topdi. Bu holat dunyo jamoatchiligida global tamoyillarni barqaror harakterda bo‘lishiga, dunyodagi turli siyosiy aktorlari manfaatlarini kelishtirishga umid uyg‘otdi. Lekin bugunga kelib bu narsa oydinlashdiki, Sharq va G‘arb o‘rtasidagi qarama-qarshi kurashning to‘xtashi faqat dunyo siyosatidagi ziddiyatlarning bir qisminigina kelishtira oldi, xalos. Xozirgi zamon xalqaro jarayonlarining ba’zi-birlari xalqaro munosabatlarning bipolyar tizimi tugatilishi bilan bog‘liq bo‘lib, ular siyosiy xaritadan qator davlatlarning yo‘qolishi, O‘zaro Iqtisodiy YOrdam Kengashi va Varshava shartnomasi tashkilotlarining tugatilishi, yangi tashkil topgan davlatlar tashqi siyosiy faoliyati yo‘llarining o‘zgarishi, eski davlatlar tashqi siyosatini qayta ko‘rib chiqilishi, begona hududlardan qo‘shinlarning oli chiqilib ketilishi, shuningdek, Sharqiy Evropa va MDH davlatlaridagi integratsiyaviy tamoyillarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Dunyoning bloklarga bo‘linishi harbiy-siyosiy ittifoqlar ichida barqarorlikni saqlashga doir shart-sharoitlar yaratdi. YAngi paydo bo‘lgan vaziyatlar ixtiloflashuvning oshishiga va o‘nlab “qaynoq nuqtalar”ning paydo bo‘lishiga, ba’zan harbiy kuchlar qo‘llashga (Tog‘li Qorabog‘, Osetiya, Abxaziya, Dnestrbo‘yi, YUgoslaviya va hakozo) sabab bo‘ldi. Klauzevits formulasi Evropada yana reallikka aylana boshladi. G‘arb bilan Sharq o‘rtasidagi raqobatlashuv er sharining ko‘plab davlatlariga nisbatan ustamonlik bilan munosabatlarda bo‘lish uchun imkoniyatlar yaratdi. Harakat maydonlarining qisqarib borishi Shimol bilan Janub o‘rtasidagi munosabatlarda ham ma’lum bir xushyorlik uyg‘otdi. Sovuq urush siyosatining tugashi amalda o‘zaro qarama-qarshi kurashayotgan tomonlardan faqat biriga taalluqli shart-sharoitlarda ro‘y berdi. Bu holat davlatlarning cheklangan guruhi (masalan “ettilik”, keyinchalik “sakkizlik”) boshchiligida xalqaro rivojlanishni “bir qutbli dunyo” yo‘nalishida mo‘ljal olishi uchun ob’ektiv imkoniyatlar yaratdi. Yangi dunyo tartiboti xalqaro munosabatlar tizimi sifatida xali oyoqqa turish bosqichida bo‘lib, uning tuzilmalari shakllanib bormoqda. BMT faoliyati ancha jonlanib, uning institutlari maqsadga muvofiq harakat qila boshladi. Shu bilan birga, hozirgi davrda xalqaro munosabatlarning nisbiy rivojlanishiga doir tub o‘zgarishlar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 1.Xalqaro munosabatlar mafkuralashuvidan xalos bo‘lish jarayoni. Jahonda bipolyar tizimlarning inqirozi bilan davlatlarni turli guruhlarga bo‘lib turadigan mafkuraviy qarama-qarshiliklar barham topdi. Hozirgi davrda mafkuraviy ziddiyatlar o‘zining murosasiz harakterini yo‘qotib bormoqda, xalqaro munosabatlar asta-sekinlik bilan eski mafkuralarning bosimlaridan qutilmoqda. Lekin bu bilan siyosiy idealizm g‘alabasi haqida gapirishga hali vaqt ertalik qiladi. CHunki CHecheniston, yugoslaviya, iroq, afg‘oniston kabi mamlakatlardagi voqealar yangi radikal mafkuralarning kuchayishiga moyilligini ko‘rsatmoqda. 2.Qarama-qashilikdan sherikchilik va hamkorlikka o‘tish. Xalqaro munosabatlarning mafkuralashuvdan xalos bo‘lishijarayonida xalqlar vadavlatlar savdo, iqtisodiy, o‘zaro yordam, madaniy munosabatlar, ilmiy almashuvlar kabi turl sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlik qilishining maqsadga muvofiq ekanligini anglab bormoqda. 3.O‘zaro tiyib turishning xalqaro tizimi shakllanishi jahon siyosatida kuch va turli ta’sirlarni maqsadga muvofiq xolda joylashtirishga imkon yaratmoqda. Evropa mamlakatlari integratsiyasi kuchli davlatlarning global yakka hokimlik rejalarini tiyib turish markazlaridan biri sifatida misol bo‘la oladi. 4.Jahon siyosatining demokratlashuvi va insoniylashuvi. Jahon hamjamiyati halqaro munosabatlarni har bir insonning hayot kechirish, erkinlik, yaxsht turmush sharoitlariga ega bo‘lish huquqlari nuqtai nazaridan baholanishining muhimligini anglab eta boshladi. 5.Xalqaro munosabatlar sohasining kengayishi. Zamonaviy xalqaro munosabatlar sohasi – iqtisodiy, siyosiy va diplomatik munosabatlardan tortib to mutaxassislar bilan ijodiy aloqalar va ishtirokchilari davlat mansabdorlari, siyosiy partiyalar, ijtimoiy harakatlar, diniy, madaniy, sport va boshqa tashkilotlar bo‘lgan Internet orqali kundalik muloqatlar bilan tutashib ketdi. 6.Global muammolarning barcha insoniyat uchun umumiy ekanligini anglash. Insoniyat o‘z boshiga tushgan falokatlar, tabiiy xarakterdagi global halokatlar oqibatida o‘z taqdirlarining umumiy ekanliklarini, bir-birlariga bog‘liq ekanligini va aloqadorligini tushinib etdi. Bu holatlar yagona jahon hamjamiyati yoki barcha insoniyat birlikda harakat qiladigan jahon tizimi shakllanishiga imkoniyatlar yaratmoqda. 7.Globallashuv jarayoni va bir xillikka intilish. Hozirgi globallashuv mafkurachilarining fikricha, xalqlarni davlatlarga bo‘lish shartli xarakter kasb etmoqda, shunday ekan, yagona axborot, ta’lim va madaniy kengliklar shakllanishiga bog‘liq holda insonlar hayot tarzida universiallik kuzatilmoqda. Hozirgi davrda faqat turli davlatlar va mintaqalarning geografik alohidaligi to‘g‘risidagini gapirish mumkin. Sayyora turli kengliklardan iborat bo‘lishiga qaramay, u ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy ma’noda yaxlitlik alomatini namoyon qilmoqda. Alohida mamlakat va xalqlar ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotining turli tuman ekanligi va xususiyatlaridan farq qiladigan yagona jahon hamjamiyati shakllanmoqda. Hozirgi zamon xalqaro munosabatlarining asosiy vazifalaridan biri davlatlar o‘rtasida bo‘layotgan nizolarni hal etish yo‘llarini izlash bo‘lib qolmoqda, chunki bu hol milliy manfaatlarning to‘qnashuvi asosida yuzaga keladi. Nizolarning oliy ko‘rinishi urushdir. Xalqaro huquq va diplomatiya asosida noharbiy tamoyillar turishi kerak. Nizolarni harbiy vositalar bilan hal etish sub’ektiv va ob’ektiv omillarni keltirib chiqaradi. CHunki harbiy vositalardan foydalanish dunyoda ijtimoiy va siyosiy, iqtisodiy va madaniy nizolarni kuchaytiradi va voqealarning o‘zgacha tus olishiga sabab bo‘ladi. Bunday vaziyat muammoni hal etishni yanada chigallashtiradi. Muammolarni tinch yo‘l bilan hal qilishning yagona yo‘li xalqaro huquq tamoyillari va me’yorlariga asosan munosabatlar olib borishdadir. Bu borada muammolarni hal etish, qarorlar qabul qilish va davlatlararo munosabatlarda muhim strategiyaga ega bo‘lish lozim. Zamonaviy xalqaro munosabatlar kesishayotgan va mos kelmayotgan tashqi siyosiy va iqtisodiy manfaatlar, mafkuralarni ifoda etayotgan xalqaro munosabatlar sub’ektlarining raqobatli kurash maydonini namoyon qilmoqda. Ushbu kurash iqtisodiyotning, siyosiy munosabatlarning, axborot makonining hamda ijtimoiy va madaniy aloqalarning globallashuvi sharoitida ro‘y bermoqda. Jahon taraqqiyotining hozirgi bosqichida milliy, diniy, mintaqaviy, global, shuningdek, xususiy manfaatlar xalqaro munosabatlarning predmeti bo‘lib maydonga chiqmoqda. Shu bilan birga, manfaatlar tizimida iqtisodiy tashkil etuvchi qism va xavfsizlik manfaatlari asosiy o‘rin tutadi. Qator mamlakatlarning manfaatlari jamiyatdagi hukmron qadriyatlar va mafkuraviy ko‘rsatmalar bilan belgilanishi kam uchraydigan hodisa emas. Shunday davlatlar borki, ularda din bosh mavqega ega, shunga muvofiq, diniy va mafkuraviy omillarning ta’siri tashqi siyosatda ancha yuqori bo‘ladi. Xalqaro munosabatlar turli harakatlanuvchi kuchlar va motivlar ta’sirida rivojlanadi, o‘zaro hamkorlikda davlatlar — sub’ektlar manfaatlarining mos kelishi yoki to‘qnashuvi, manfaatlarni himoya qilish, ular bo‘yicha kelishuvga erishish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Har qanday davlatning tashqi siyosiy manfaati, maqsad va vazifalari, avvalo, milliy ehtiyojlar, manfaatlar va qadriyatlarga, ularni xalqaro maydonda himoyalash va ta’minlashga bog‘liq. Shu bilan birga, konstitutsion me’yor va tamoyillar eng muhim, doimiy manfaat va qadriyatlarning huquqiy ifoda shakli hisoblanadi. Ba’zi mamlakatlarda konstitutsiya davlatning tashqi siyosatini tartibga solishni o‘ziga qamrab oladi. Tashqi siyosat predmeti konstitutsiya tarkibiga kiritilganda yoki uning alohida me’yorlari bilan tartibga solinganda, tashqi siyosat muayyan davlat konstitutsion huquqining tarkibiy qismiga aylanadi Xalqaro munosabatlar o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘sib boruvchandir. Bu doimiy o‘tish holati bo‘lib, unda davlatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama munosabatlarning an’anaviy hamda yangi shakl va metodlari o‘zaro birlashib ketadi. Xalqaro munosabatlar mazmuni va xarakteriga ta’sir etish kuch markazining doimiy aralashib turishidir. Jahondagi tinchliksevar (sulhparvar) mamlakatlar ushbu munosabatlarga ta’sir etishning nisbatan barqaror omili sifatida, o‘z navbatida, ob’ektiv jarayonlar ta’siriga uchraydi. Vaqtning ma’lum paytida qaror topgan vaziyatni butun dunyoda o‘z milliy manfaatlarini himoya qilishning yangi strategiyasini shakllantirish uchun asos sifatida hisobga olishga majbur. Xalqaro munosabatlarga ta’sir etuvchi ob’ektiv va sub’ektiv omillar ham xuddi siyosat va iqtisodiyot olamidek, manfaatlar hamda ehtiyojlarning tegishli tizimi kabi o‘suvchan va o‘zgaruvchandir. Bular xalqaro kon’yunkturani vujudga keltiradi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling