Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari


Download 0.89 Mb.
bet117/118
Sana18.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1707669
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118
Bog'liq
Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari

Konflikt qatnashchilari, biz ularni qisqacha etib tomonlar deb belgilab olamiz.
Konfliktlarni kelib chiqish sabablari, ya’ni ob’ekti mavjud qadriyatlar, moddiy dunyo, territoriya va hokozalardan iboratdir.
Konfliktlarning ko‘rinishi.
Konfliktlar sub’ektlari yoki tomonlar, tashkilotlar, partiyalar va hakozo shunga o‘xshash siyosiy tuzilmalardan iborat bo‘lishi mumkin.
Konflikt deb u yoki bu ob’ektning bir vaqtning o‘zida kamida ikki va undan ortiq sub’ektlar maqsad va manfaatlarini to‘la qondirmasligi natijasida vujudga keladigan ijtimoiy vaziyatga aytiladi.
Konfliktlar ob’ektiga ko‘ra turli ko‘rinishlarga ega bo‘ladilar.
Xususan:
a) etnik konfliktlar;
b) bir davlat ichida mavjud hukumat va muholifat o‘rtasidagi konflikt(yohud bir davlat ichida turli partiyalar o‘rtasidagi konfliktlar);
s) davlatlararo konfliktlar, ya’ni xalqaro konfliktlar.
Yuqoridagi mulohazalardan xulosa qilish mumkinki, konfliktlarning predmeti konflikt sub’ektlarining o‘zaro konfliktga kirishishga majbur qilgan muammolar majmuasidir. E’tiborli tomoni shundan iboratki, tomonlar barchasi mavjud muammoni o‘z foydasiga tomon hal etishdan manfaatdor bo‘ladi. Shu sababli, konfliktlarni bartaraf etish yo‘llarini topish asosan ularning predmetlarining qay darajada aniq belgilab olinganligiga bog‘liq.
Siyosiy konflikt – davlat, ijtimoiy va etnik guruhlar, siyosiy partiyalar va harakatlar, ma’lum shaxslarning siyosiy manfaatlari, maqsadlari va qarashlarining to‘qnashuvidan iboratdir.
Siyosiy konfliktlarda asosiy muammo hokimiyat taqsimotidan iboratdir. Shu sababli, siyosiy konfliktlar zamirida jamiyatda hokimiyatni yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan siyosiy manfaatlarning to‘qnashuvi yotadi. Bu ko‘rinishdagi konfliktlarning xarakterli jihatlarilaridan biri bu siyosiy tizimning normal faoliyat ko‘rsatishini buzilishi, turli ijtimoiy institutlar, xususan davlat va siyosiy partiyalar, o‘rtasida raqobatning nihoyatda avj olib ketishidir. Mazkur jarayonda konflikt tomonlari o‘z manfaatlari butun jamiyatning yoki uning katta qismining manfaatlari bilan tenglashtirib, qolaversa birlashtirib ko‘rsatishga harakat qiladi.
Siyosiy konfliktlar rivojini tahlil etish siyosatshunoslik fanida alohida ahamiyat kasb etadi. Sababi ma’lum bir bosqichlarda konfliktlarni chegaralash yoki oldini olish mumkin. Latent bosqichida, ya’ni konfliktlarning yashirin holati bo‘lgan birinchi bosqichda, konflikt tomonlardan biri o‘z manfaatlariga zarar etayotganligini seza boshlaydi. So‘ng yarim ochiq xarakterga ega bo‘lgan bosqich boshlanadi. Bu bosqichda qarama-qarshilik sabablari shakllanadi. Undan keyingi bosqichda esa, hamfikrlilarning birlashuvi kuzatiladi va o‘z talablarini himoya qilish maqsadida faol tashviqotlar olib borilishi mumkin. Mazkur jarayonda hamfikrlilar mavjud hukumatga qarshi muxolifat sifatida birlashadi va o‘z talablarini ochiqchasiga izhor eta boshlaydilar. Ayni hatti-harakatlar siyosiy namoyishlar, yig‘ilishlar, mavjud qonunlarga bo‘ysunmaslik tarzida namoyon bo‘lishi mumkin.
So‘ngi bosqichda, ya’ni siyosiy konflikt hal etilmagan taqdirda u siyosiy inqirozga aylanishi mumkin. Bu bosqichda ayniqsa avtoritar boshqaruvi o‘rnatilgan davlatlarda hokimiyat to‘ntarishlarining yuz berishi ehtimoli yuqori bo‘ladi. Biroq mazkur jarayon osonlikcha kechmaydi va natijada, u juda murakkab tus olishi mumkin. Xuddi shunga o‘xshash vaziyatga misol qilib 1991 yilda sobiq Sho‘rolar Ittifoqida ro‘y bergan siyosiy inqirozni olishimiz mumkin. Bu shuni ko‘rsatadiki, siyosiy inqiroz u yoki bu tizimni to‘laligicha siyosiy transformatsiyalashuviga sabab bo‘lishi mumkin ekan.
Mazkur inqirozlardan chiqib ketish esa u yoki bu mamlakatda siyosiy demokratiyaning qay darajada rivojlanganligiga ya’ni, siyosiy partiyalarning faoliyatiga, va nihoyat jamiyatning siyosiy madaniyati darajasiga bog‘liqdir.
Siyosiy konfliktlar o‘rganilar ekan etnik konfliktlarga to‘xtab o‘tmaslikning iloji yo‘q.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling