Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari
Download 0.89 Mb.
|
Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari
Syao me’yorlari o‘z tabiati va vazifalariga ko‘ra ancha kengroqdir. Oiladagi, urug‘dagi, barcha darajadagi qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi munosabatlarning jami mana shu me’yorlar bilan tartibga solingan. Bu me’yorlar Xitoyga xos bo‘lgan qarindoshchilik munosabatlari madaniyatini ta’minladi. Oilada, qarindoshlar o‘rtasida o‘zaro hurmat munosabatlarining yo‘lga qo‘yilishi jamiyat va davlatda to‘g‘ri munosabatlar o‘rnatilishining garovidir.
Konfutsiylikda insonning faqat xulq-atvoriga emas, fazilatiga xos xususiyatlarga ham daxldor bo‘lgan yana bir me’yor - jen (jen — insonni sevish, insoniylik ma’nosida qo‘llanilgan) bor. Bu so‘zning mohiyatini Konfutsiyning quyidagi mulohazalaridan anglab olish mumkin: «Agar odobli bo‘lsangiz - sizga nisbatan hurmatsizlik qilmaydilar; agar tadbirkor bo‘lsangiz - sizni qo‘llab-quvvatlaydilar; agar siz halol bo‘lsangiz - sizga ishonadilar; agar jiddiy bo‘lsangiz - muvaffaqiyatga erishasiz; agar xushfe’l bo‘lsangiz - boshqalarning xizmatlaridan foydalana olasiz»7. Jenning ma’nosi ana shu fazilatlarga ega bo‘lish va ularni doimiy ravishda ro‘yobga chiqarishdan iborat. Umumlashgan xulosa shuki, «siyosatda jenga jiddiy amal qilinsa, xalqni oson boshqarish mumkin»8. Konfutsiy vafotidan bir necha asr keyin uning siyosat sohasidagi g‘oyalari rasmiy mafkura darajasiga ko‘tarilgan axloqiy-siyosiy doktrinaga asos bo‘lib xizmat qildi. Albatta, Konfutsiy ta’limoti - olijanob ta’limot, ammo realistik emas, undan Sharq mustabidligini mafkuraviy jihatdan oqlash maqsadlarida foydalansa bo‘ladi, deyish mumkin. Xitoy siyosiy fikrining konfutsiylik bilan raqobatda bo‘lgan oqimi - legizmning asoschisi SHan YAn (milodgacha bo‘lgan 390-338 yillar) konfutsiancha uslubda ezgulikka chaqirishlar - quruq mahmadonalik konfutsiychilar esa xalqning elkasida o‘tirgan parazitlardir, degan edi. Shunga qaramay, fakt faktligicha qoldi: «milliard aholiga ega bo‘lgan Xitoy XX asrning ushbu mamlakatni larzaga keltirgan barcha inqiloblarga qaramay, hozirga qadar o‘zining qadriyat mezonlari, odatdagi madaniy stereotiplari, turmush tarzi, jamiyatdagi o‘zaro munosabatlarning tabiatiga ko‘ra asosiy e’tibori bilan konfutsiylik mamlakati bo‘lib qolmoqda. Konfutsiylikning tarixiy ahamiyati ham mana shundadir»9. Qadimgi Gretsiyaning siyosiy falsafasi haqli ravishda Qadimgi dunyo siyosiy fikrining cho‘qqisi hisoblanadi. U avval-boshdanoq ozod kishilar mafkurasi sifatida rivojlandi, shu sababli uning asosiy qadriyati ozodlikdir. Elladaning geografik joylashuviga xos xususiyatlari, boshqaruvning turli shakllari yonma-yon yashashi, davlatlararo munosabatlarning, madaniy uslublarning xilma-xilligi siyosiy hayotning haqiqatan boy bo‘lishini ta’minladi. Ko‘plab shahar-davlatlarda fuqaro lar hokimiyatni boshqarishda faol ishtirok etdilar, hokimiyatning legitimligi dunyoviy bo‘lib, butun Ellada hokimiyat uchun shafqatsiz kurash maydoniga aylandi. Dastlab yunonlarda ham siyosat haqida afsonaviy tasavvurlar (Gomer, Gesiod va boshqalar) mavjud edi. Biroq milodgacha bo‘lgan VI-V asrlarga kelib, ular bilishning falsafiy usullari, ratsionalistik yondashuvlar tomonidan siqib chiqarildiki, bularning cho‘qqisi mantiqiy-tushunchaviy tahlil (Suqrot, Platon), empirik (Aristotel) va tarixiy (Polibiy) tadqiqotlar bo‘ldi. Platon (Aflotun) (miloddan oldingi 427-347 yillar) Afinadaga zodagon oiladan chiqqan va Suqrotning shogirdi edi. Platon buyuk siyosiy-falsafiy daho sifatida o‘zining hayotini adolatga yo‘g‘rilgan davlat tuzish loyihasini yaratishga bag‘ishladi. Natijada u ob’ektiv idealizm falsafasiga asos soldi. Platon ideal davlatning sof ratsional modelini yaratishga intilgan edi. Uning davlatchilik haqidagi ta’limoti, g‘oyalar nazariyasi, etika va gnoseologiyasi — donishmand falsafasining asosi hisoblanadi. Platon yashagan davrning ijtimoiy-siyosiy qiyinchiliklariga qaramasdan, barqaror ijtimoiy tizimning qonun-qoidalari, tartib va tamoyillarini yaratishga harakat qildi. Platon fikricha, davlatchilikning asosiy g‘oyasi «adolat g‘oyasi, uning ideal siyosiy rejim yaratishdagi xizmatidir»10. Ko‘plab sayohatlar qilgan va hayotni kuzatgan Platon mavjud hukumatlar noto‘g‘ri boshqariladi, degan xulosaga kelgan edi. Uning fikricha, xalqni hayotning barcha murakkabliklaridan mansab lavozimlarini egallagan to‘g‘ri fikrlovchi faylasuflar yoki xudo inoyati bilan faylasuf bo‘lgan hukmdorlargina halos eta oladilar11. Atrofni o‘rab turgan dunyoda hamma narsa paydo bo‘ladi va yo‘q bo‘lib ketadi, g‘oyalar olamida esa davlat o‘z tabiatidaga tugallik tufayli o‘zgarishlardan tashqarida mavjud bo‘ladi. Bu davlatda hech qanday ziddiyatlar bo‘lishi mumkin emas, hamma narsa oqilona ko‘rilgan bo‘lishi lozim. Platon utopiya yaratishdan iborat nazariy faoliyat bilan shug‘ullana boshlagan. U o‘z tafakqurida voqelikda mavjud bo‘lmagan, qachonlardir hayotga tadbiq etilishi ehtimoldan uzoq bo‘lgan narsaning obrazini yaratdi. Shunga qaramay, Platon o‘z g‘oyalarini amalga oshirish imkoniyatlariga ega bo‘lishga intilgan edi. Siyosat nima, degan savolga Platon, «haqiqiy siyosat — to‘g‘ri tarbiyalash yo‘li bilan fuqarolarni adolatli va komil qilib etishtirishdir», deb javob bergan edi12. Platonning siyosiy g‘oyalari uning «Davlat» asarida to‘liq bayon qilingan. Dialog ishtirokchilari chinakam adolat hukmron bo‘lgan ideal davlat qiyofasini yaratishga intilganlar. Platonning fikriga ko‘ra, davlatdagi barqarorlikning garovi mehnatni ko‘ngil moyilligiga qarab taqsimlashdir. Davlatni mazkur vazifa uchun maxsus tayyorlangan faylasuflar tabaqasi boshqarishi lozim. Davlatni himoya etish — alohida soqchilar tabaqasining ishi. Uchinchi tabaqa — dehqonlar va hunarmandlar - davlatning farovonligi uchun vijdonan mehnat qilishlari lozim. Platon birinchi va ikkinchi tabaqaning hayot tarzini mufassal tasvirlaydi, ammo dehqonlar va hunarmandlarning turmush tarzi borasida hech narsa demaydi va bu hol tasodifiy emas. Platonning fikriga ko‘ra, bu tabaqa davlatda hech narsani hal etmaydi. Davlatning barcha ishlari birinchi va ikkinchi tabaqa bilan bog‘liq. Bir-birining ishlariga aralashish, bir tabaqadan boshqasiga o‘tish - davlat uchun juda ulkan zarar. Mana shunday davlatdagina to‘la adolat o‘rnatiladi. Platon o‘z g‘oyalarini Sitsiliyada (Sirakuza) hayotga tadbiq etishga o‘rindi. Bunday o‘rinishlardan hech qanday amaliy natija chiqmadi. G‘oyalarining utopiyadan iborat ekanligini his etgan Platon umrining oxirlarida yaratgan «Qonunlar» asarida kishilarni majburan bo‘ysundirib «baxtli» qiluvchi harbiy-politsiya davlatchiligini tashkil etish haqida ham fikrlar bildirib o‘tgan edi. Platon faqat ideal davlat haqidagi ta’limotni yaratibgina qolmay, davlat ko‘rinishining boshqa shakllari haqida ham fikr yuritgan. Platonning fikricha, davlat ko‘rinishining ideal shakliga qonunchilik va aql-idrok asosida fuqarolarning eng yaxshilari hukmronlik qiladigan aristokratik respublika yaqin turadi. Biroq adolatli davlat qurishning asosi bo‘lgan aql-idrok tamoyili bilan bir qatorda inson ruhida boshqa kuchlar ham borki, ular asosida davlat ko‘rinishining soxta, buzilgan shaklllari yotishi mumkin13. Platon tomonidan yaratilgan ideal davlat loyihasini uning eng mashhur shogirdi Aristotel bu borada o‘zining mashhur bo‘lib ketgan «Platon mening do‘stim, ammo haqikat azizroqdir» degan iborasini aytib tanqid ostiga oldi. U Platonni har bir kishining shaxsiy baxtiga putur etkazgan holda, davlatning rolini orttirib yuborgani uchun tanqid qildi, odamlarning uchta tipi haqidaga afsonaning qachonlardir haqiqatga aylanishiga shubha bildirdi, chunki, uning fikricha odamlar mag‘rur va hasadgo‘ydirlar, o‘zlari hech qachon ular uchun oldindan belgilab qo‘yilgan rollarga rozi bo‘lmaydilar. Aristotel harbiylar tabaqasida ayollar va bolalarning umumiy bo‘lishiga qarshi chiqib, jangchilarda xususiy mulkning bo‘lmasligi haqidagi fikrlarga nisbatan o‘zining munosabatini bildirar ekan, insonning tabiatiga faqat unga tegishli bo‘lgan narsalar haqida g‘amxo‘rlik qilish istagi xosligini ta’kidlab o‘tgan edi. Mulkiy tenglik ijtimoiy hayotning turg‘unligiga va kuchli, iste’dodli odamlarning noroziliklariga sabab bo‘lishi mumkin. Mulk bo‘lmasa, inson o‘zining mehnatsevarlik, ayolga hurmat, bolalarga mehr, saxiylik va saxovatparvarlik singari eng yaxshi xislatlarini namoyon eta olmaydi. Baribir, davlat tuzumining ana shu adolatsiz, soxta shakllariga individual xarakterlar tiplari mos keladi. Aql-idrok va donolik bilan bir qatorda insonlarga hokimiyatparastlik, shuhratparastlik, ochko‘zlik, xudbinlik kabi sifatlar ham xoski, ular jamiyat aristokratik tuzilishining aynishi va buzilishiga olib kelish mumkin. Donolar davlati (aristokratiya) timokratiya kuch va shuhratparastlik hokimiyati bilan almashadi. Hokimiyat tepasida hayotining butun mazmuni urush va boylik orttirishdan iborat bo‘lgan jangchilar turadi. Shunday qilib, timokratiya boshqaruvning oligarxiya shakliga aylanishi mumkin. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling