mavzu soat juftlik Ijtimoiy psixologiyada shaxs muammosi Reja


Umumiy psixologiya va ijtimoiy psixologiyada shaxs tushunchasining farqi


Download 69.05 Kb.
bet4/8
Sana21.03.2023
Hajmi69.05 Kb.
#1285311
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ijtimoiy ps 4-mavzu

3. Umumiy psixologiya va ijtimoiy psixologiyada shaxs tushunchasining farqi.
Muloqot jarayonining ham, guruhiy jarayonlarning ham egasi-subyekti hamda obyekti aslida alohida shaxs, konkret odamdir. Shuning uchun ham ijtimoiy psixologiya alohida shaxs muammosini ham oʻrganadiki, uni oʻsha turli ijtimoiy jarayonlarning ishtirokchisi va faol amalga oshiruvchisi degan nuqtayi nazardan tekshiradi. Maʼlumki, shaxs muammosi umumiy psixologiyada ham, yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyada ham, differensial, huquqiy psixologiya va psixologiyaning qator maxsus boʻlimlarida ham oʻrganiladi. Har bir boʻlim yoki tarmoq uni oʻz mavzui va vazifalari nuqtayi nazaridan shaxsga taalluqli boʻlgan muammolarni yoritadi. Masalan, umumiy psixologiya shaxsni psixologik faoliyatning mahsuli, alohida psixik jarayonlarning egasi deb hisoblasa, sotsiologiya uni ijtimoiy munosabatlarning obyekti deb qaraydi.
Shaxs muammosiga ijtimoiy-psixologik yondashishning oʻziga xosligi shundaki, u turli guruhlar bilan boʻladigan turli shakldagi oʻzaro munosabatlarning oqibati sifatida qaraladi. Yaʼni, ijtimoiy psixologiya avvalo biror guruhning aʼzosi hisoblangan shaxs xulq-atvori qanday qonuniyatlarga boʻysunishini, shaxsning muloqotlar sistemasida olgan taʼsirlari uning ongida qanday aks topishini oʻrganadi. Guruhning shaxs psixologiyasiga taʼsiri qay yoʻsinda sodir boʻlishi ijtimoiy psixologiyada sotsializatsiya, yaʼni ijtimoiylashuv muammosi bilan uzviy bogʻliq boʻlsa, bu taʼsirlarning shaxs hatti-harakatlari, xulqida bevosita qanday namoyon boʻlishi ijtimoiy yoʻl-yoʻriqlar muammosi bilan bogʻliqdir. Ana shular asosida shaxsda shakllanadigan fazilatlar va ularning turli tipdagi shaxslarda namoyon boʻlishini aniqlagan holda, shaxs xulq-atvorini boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqish ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifalaridan biridir.
4. Shaxsning psixologik xususiyatlari, ularning asosiy xarakteristikasi.
Shaxsning ijtimoiy psixologik qiyofasi. Shaxsni taʼriflaydigan muhim psixologik belgilar: Shaxsning ijtimoiyligi ongi va oʻzini anglashi; Shaxsiing biron maqsadni koʻzlashi va dunyoqarashi; Odamning ehtiyojlari va mehnat kabilardir.
Odamning shaxs sifatidagi asosiy belgisi uning ijtimoiyligi, shu bilan birga psixik hayotning yuksak formasi boʻlgan ongi va kishilarning oʻzaro soʻzlashib aloqa qilish vositasi boʻlgan tilidir Inson hayotida oʻzaro munosabatlar muhimdir.
Jamiyatdan tashqarida odam odam boʻlolmaydi va kishilar oʻrtasidagi ijtimoiy aloqa ularning amaliy faoliyatidagi, ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonidagi munosabati bilan belgilanadi. Odam boshqa kishilarga munosabatda boʻlish tufayligina ongliroq boʻlib qoladi va uning psixik hayoti muayyan mazmunga ega boʻladi. Ana shu munosabatlar nechogʻli mazmundor va rang-barang boʻlsa, odamning psixik hayoti ham shunchalik mazmundor va rang-barang boʻladi.
Shaxsning oʻzini anglashi shundan iboratki, odam jamiyatda taraqqiy etar va ishlar ekan, tevarak-atrofdagi muhitda oʻzining individligini, subyektligini ajratadi. Odam tevarak-atrofdagi olamni biluvchi va shu dunyoga taʼsir etuvchi zot sifatida har bir odam subyektdir, odamning idrok etadigan, tasavvur qiladigan, fikr yuritadigan, tilga oladigan va taʼsir koʻrsatadigan narsasi uning uchun obyektdir. Odamning oʻzini anglashi subyektiv ravishda oʻzini “men” deb his qilishida ifodalanadi. Odam ijtimoiy zot boʻlganligidan unga oʻzini anglash qobiliyati xosdir. Ammo odam jamiyatning bir aʼzosi va olamning bir qismidir, shu sababli odam tevarak-atrofidagi olamdan ajratsa ham, ayni vaqtda shu olam bilan bogʻlanganligini anglaydi. Odam oʻz tevarak-atrofidagi olamdan oʻzini ajralgan holda oʻzini “men” deb anglay olmaydi, chunki odam ongining, oʻzini anglashining, “men”ining mazmuni oʻsha odam atrofidagi real-voqeʼlik inkosidir.
Shaxs oʻzini anglaganligidan oʻzini-oʻzi kuzata oladi va oʻzini-oʻzi bilib oladi, koʻnglidan oʻtgan kechinmalarni tushuna oladi, oʻzining hatti-harakatlariga oʻzi tanqidiy koʻz bilan qaray oladi. Shaxsning oʻzini anglashi va oʻzini bilishi oʻz hulk atvorini boshqarish uchun zarur shartdir, oʻzini-oʻzi tarbiyalash uchun oʻz aqlini oʻzi oʻstirishi uchun zarur shartdir.

Download 69.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling