mavzu soat juftlik Ijtimoiy psixologiyada shaxs muammosi Reja


Shaxsning biron maqsadni koʻzlashi va dunyoqarashi


Download 69.05 Kb.
bet5/8
Sana21.03.2023
Hajmi69.05 Kb.
#1285311
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ijtimoiy ps 4-mavzu

Shaxsning biron maqsadni koʻzlashi va dunyoqarashi. Shaxsning muhim xossasi shuki, u biron maqsadni koʻzlaydi, shu maqsadga intiladi. Shaxs hamisha biron narsaga, biron maqsadga, biron obyektga koʻz tikadi, unga intiladi, voqeʼlikning real sohalari ana shunday obyekt boʻladi, ammo xaqiqatda yoʻq boʻlgan, xomxayoldan kelib chiqqan narsalar ham shunday obyekt boʻlmogʻi mumkin.
Odamning intilishlari, hayot maqsadi muayyan va barqaror maqsad boʻlishi uchun shu yuksak ideal ham xomxayol mahsuli boʻlmasdan, balki haqiqatan ham hayotiy, barqaror va doimiy ideal boʻlishi kerak. Yuksak ideal yoki oliy maqsad kishining dunyoqarashidan kelib chiqqandagina barqaror va ideal boʻla oladi.
Dunyoqarashning boʻlishi ham shaxsning muhim belgisidir. Dunyoqarash odamning tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari haqidagi qarashlari, tasavvurlari va tushunchalari sistemasidir. Sinfiy jamiyatda yagona dunyoqarash yoʻq va boʻlishi mumkin emas. Dunyoqarash tashqi olam va inson tafakkurining jarayonlari haqida muntazam qarashlar sistemasini beradi. Bu dunyoqarash fanning yutuqlariga va insoniyatning koʻp asrlik tajribasiga asoslanadi. Odamning koʻzlagan maqsadi, hatti-harakati dunyoqarashga mos boʻlib, shaxsning ehtiyojiga aylanganda bu dunyoqarash maslak boʻlib qoladi.
Odamning ehtiyojlari va mehnat. Shaxsning muhim belgisi faqat odamga xos mahsus ehtiyojlarning borligidir.
Ehtiyojlar odamning kun koʻrishi va yashashi uchun zarur narsalardir. Odam yashamoq, kun kechirmoq uchun oʻz ehtiyojlarini qondirish kerak. Ehtiyojlar hayvonlarda ham bor. Ammo hayvonlarda faqat biologik, tugʻma ehtiyojlar boʻladi,– ovqatlanish, saqlanish, nasl qoldirish ehtiyojlari bor, xolos. Odamda esa biologik ehtiyojlardan tashqari, yana yuksak ehtiyojlar – bilish ehtiyojlari, ijtimoiy ehtiyojlar, maʼnaviy, estetik va boshqa shu kabi ehtiyojlar bor. Bu ehtiyojlar tugʻma ehtiyojlar emas – ular tarixan taraqqiy etgan. Ijtimoiy zot boʻlgan odamning biologik ehtiyojlari ham tarixiy taraqqiyot jarayonida sifat jihatdan oʻzgargan. Kishilarning ehtiyojlari ijtimoiy tuzum formalarining taraqqiysiga qarab oʻzgaradi. Har bir ayrim odamning ehtiyojlari ijtimoiy muhit, tarbiya va tajribasiga qarab taraqqiy etadi. Ehtiyojni qondirish jarayoni hayotning muhim bir tomonini tashkil etadi.
Odam yuksak darajadagi maʼnaviy ehtiyojlari borligi bilangina emas, balki oʻzining ehtiyojlari (shu jumladan, biologik ehtiyojlarni ham) anglashi bilan ham hayvonlardan farq qiladi. Ehtiyojlar odamni gʻayratga kirgizadi, uning faoliyatini hamma turlariga dalda beradi. Yuqorida aytilganidek, hayvonlar oʻzining ehtiyojlarini tugʻma instinktiv harakatlar yordami bilan va instinktlar asosida vujudga kelgan koʻnikmalar yordami bilan qoniqtiradi. Odam shaxs boʻlganidan oʻz ehtiyojlarini ongli, oqilona harakatlar yordami bilan qondiradi. Shu bilan birga, odam faqat insonga xos boʻlgan madaniy ijtimoiy ehtiyojlarnigina emas, balki tabiiy, biologik ehtiyojlarini ham oqilona qondiradi. Shu bilan birga, odamning harakati hayvonlar harakatidan tafovut qilib, ijodiy xarakterda boʻladi. Hayvonlar tevarak-atrofdagi muhitga faqat moslashadi, undan tayyorini oladi. Odam muhitga moslashish bilangina qolmaydi, balki shu muhitni qayta koʻradi, oʻzgartiradi oʻziga moslashtiradi. Shaxsning oqilona iroda bilan boʻladigan faoliyati ijodiy mehnatda sodir boʻladi. Odam yangilik yaratadi, ijod qiladi, shu yangilikni tevarak atrofdagi voqeʼlikka qoʻshadi, voqeʼlikni oʻzgartiradi va toʻldiradi.



Download 69.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling