mavzu soat juftlik Maqsadni belgilash ta’limni texnalogiyalashtirishning asosiy elementi. O‘qitishni texnologiyalashtirishda metod va vositalar


Download 149.84 Kb.
bet5/16
Sana21.02.2023
Hajmi149.84 Kb.
#1217380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
3-mavzu

Oraliq tekshirish bilim, ko'nikma va malakalarni tekshirishning uchinchi bosqichi sanalib, ta`lim oluvchilarning o'quv materialining muayyan bob yoki bo'limlari bo'yicha o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli. Yangi mavzuni o'rganish bilan birga ta`lim oluvchilar avval o'zlashtirilganlarni takrorlaydilar. Takroriy tekshirish bilimlarni mustahkamlashga ko'maklashadi, biroq o'quv ishlari bosqichini tavsiflash, bilimlarning mustahkamlik darajasini tashhis qilish imkonini bermaydi. Tashhisning boshqa shakl va metodlari bilan birga qo'llanilsagina ushbu tekshirish kutilgan samarani beradi. Tekshirishni tashkil etishda beshinchi bosqich ta'lim oluvchilarning ta'lim jarayonining barcha bosqichlarida egallangan bilim, ko'nikma va malakalarini yakuniy tekshirish va hisobga olishdir. O'zlashtirishning yakuniy hisobi har bir chorak va o'quv yili oxirida o'tkaziladi. U olingan baholarni qo'shib, o'rtacha arifmetik ballni mexanik tarzda chiqarishdangina iborat bo'lmasligi lozim. Bu, avvalo, mazkur bosqichda belgilangan maqsadga muvofiq tarzda mavjud bilim darajasi (sifati)ni tashhis qilishdan ibort.
Tekshirishdan tashqari nazorat o'z ichiga baholash (jarayon sifatida) va baho (natija sifatida) ham oladi. O'zlashtirish tabellari, sinf, guruh jurnallari, reyting daftarchalari va shu kabilarda baholar shartli belgilar, kod signallari, xotiralash belgilari va hokazolar baho ko'rinishida qayd etiladi. Ta`lim oluvchining o'zlashtirish darajasini baholash uchun nazorat yakunlari (natijalari) asos bo'ladi. Bunda ta`lim oluvchilar ishining ham sifat, ham miqdor ko'rsatkichlari hisobga olinadi. Miqdor ko'rsatkichlari ko'proq ballar yoki foizlarda. Sifat ko'rsatkichlari esa a'lo, yaxshi, qoniqarli va hokazo baholovchi fikrlar yordamida qayd etiladi. Har bir baholovchi fikrga oldindan kelishilgan (belgilangan) ma'lum ball, ko'rsatkich (masalan, o'rin - 1, 2, 3, 4 va hokazo) tayinlanadi. Bunda baho o'lchash va hisoblashlar natijasida olinadigan son emas, balki baholovchi fikrga yuklangan ma'no ekanini unutmaslik muhim. Baholovchi son sifatida qo'llashga berilib ketishning oldini olish uchun bir qator mamlakatlarda baholar harfli (A, V, S, D va hokazo) ifodaga ega.
Bahoni amalda egallangan bilim, ko'nikma va malakalar bilan davlat ta'lim standartiga ko'ra o'zlashtirilishi belgilangan bilim, ko'nikma va malakalar umumiy hajmi o'rtasidagi nisbat sifatida tushunish (ta'riflash)dan ta'lim darajasining miqdoriy mazmuni kelib chiqadi. O'zlashtirish (ta'lim samaradorligi) ko'rsatkichi B+A/T yuz foiz nisbat asosida hisoblanadi. Bunda:
O' K=B+A100%
T
B - o'zlashtirish (ta'lim samaradorligi) bahosi;
A - amalda o'zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalarning hajmi;
T - o'zlashtirish nazarda tutilgan bilim, ko'nikma va malakalarning to'liq hajmi. Ko'rinib turibdiki, (O'K) o'zlashtirish ko'rsatkichi (baho) bu o'rinda 100 foiz axborotni to'liq o'zlashtirish va 0 foiz - uning umuman mavjud emasligi o'rtasida bo'ladi. Ma'lumki, baholash funktsiyasi ta'lim darajasini qayd etish bilangina cheklanmaydi. Baho - ta'lim oluvchilarga ularning ta'lim olishi, bilimlarni o'zlashtirishga nisbatan ijodiy yondoshishini rag'batlantirish maqsadida ta'sir ko'rsatish vositasi. Aynan xolis (ob'ektiv) baholash ta'sirida ta`lim oluvchilarda adekvat o'z-o'zini baholash, shaxsiy muvaffaqiyatlarga tanqidiy munosabat yuzaga keladi. Shu bois bahoning ahamiyati, vazifalarining xilma-xilligi ta`lim oluvchilar o'quv faoliyatining barcha jihatlarini aks ettiradigan va ularni aniqlashni ta'minlaydigan ko'rsatkichlarni izlab topishni taqozo etadi. Demak, o'zlashtirishni nazorat qilish va hisobga olish nazorat, o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini bajaradi:


Download 149.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling