mavzu soat juftlik Oila, madaniyat va jamiyat
Oila deb qon-qarindoshlik
Download 304 Kb.
|
Rivojlanish 3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- matrilokal (ona va uning bolalari), er-xotin (bolalari boʻlsa, nuklear oila
- (Ayçiçegi-Dinn Caldwell-Harris, 2011).
Oila deb qon-qarindoshlik, qarindoshchilik (nikoh orqali) yoki birga istiqomat qilish orqali bir-biri bilan bogʻlangan odamlardan iborat ijtimoiy guruhdir. Koʻp jamiyatlarda oila bolalar sotsializatsiyasi uchun asosiy institut vazifasini oʻtaydi. Antropologlar oilalarni matrilokal (ona va uning bolalari), er-xotin (bolalari boʻlsa, nuklear oila deyiladi) va qon-qarindosh (nuklear oila va qaynata-qaynana birga yashovchi) tiplarga ajratishadi.
Ijtimoiylashuv - bu boshqa odamlar va muassasalar tomonidan yoshlarni jamiyat tomonidan munosib va mas'uliyatli deb hisoblangan usullarda harakat qilishga tayyorlash yo`lidagi muntazam harakatlar. Madaniyat Bioekologik modelda uzoq yillik tarixga ega ijtimoiy guruhlar madaniyati oila va jamiyatdagi odatlar va munosabatlarga ma'no beradi. Shunday ekan, madaniyat bolalarga ko`p asrlik madaniy boyliklardan bahramand bo`lishda, tafakkur durdonalarini o`zlashtirishda, ilg'or kashfiyotlar va jamiyatning ijodiy ishlariga ta'sir qilish orqali intellektual o`sishlarida yaqindan yordam beradi. Madaniyat – jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli ko`rinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va ma`naviy boyliklarda ifodalanadi. Madaniyat ijtimoiy institut sifatida quyidagi funksiyalarni bajaradi: 1) ma'naviy ishlab chiqarish (ma'naviy ijodkorlik, ma'naviy qadriyatlarni yaratish uchun zarur shart-sharoitlarni ta'minlash); 2) yangi yaratilgan yoki takrorlanadigan qadriyatlarni saqlash, ko'paytirish va tarqatish (ularni ommaviy mulkka aylantirish maqsadida - nashriyotlar, bosmaxonalar, kinostudiyalar ishi va boshqalar); 3) ijtimoiy-tartibga solish (me'yoriy manfaatlar yaratish, saqlash, taqsimlash jarayonini me'yoriy va qiymat mexanizmlari - an'analar, urf-odatlar, ramzlardan foydalangan holda tartibga solish); 4) kommunikativ (ma'naviy qadriyatlarni ishlab chiqarish, saqlash va tarqatish jarayonida institutlar va shaxslar guruhlari o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni tashkil etish); 5) madaniy muassasalar mahsulotlarini yaratish va tarqatish jarayoni ustidan ijtimoiy nazorat. Oilada bolalar uy-ro'zg'or tebratish, ishlash, o'ynash va oilaviy munosabatlar orqali kundalik hayotning muhim tartib-qoidalari bilan tanishib boradilar. Madaniy xatti-harakatlar, shuningdek, milliy bayramlar va oilaviy tantanalarni nishonlash kabi tadbirlarda qatnashish ularning qalbida bir umrlik milliy qadriyatlar va urf-odatlarga nisbatan mehr-muhabbatni shakllantiradi. Madaniyatning insonlarga ta'sirini alohida guruhlar yoki mintaqalardagi odamlarning urf-odatlarini taqqoslash orqali ham kuzatish mumkin. Madaniy guruhlar ovqatlanish amaliyoti (nima, qanday va kim bilan birga ovqatlanish), javobgarlikni taqsimlash (kim ovqat oladi, kechki ovqatni kim tayyorlaydi va bolalarni tarbiyalaydi) va ijtimoiy amaliyotda (bolalar qachon va kim bilan o'ynaydi, oilaviy sheriklari kimlar) mazmunan ifodalanadi. Madaniy guruhlar, shuningdek, bolalar ta'limini qo'llab-quvvatlash bo'yicha muayyan amaliyotlarni rag'batlantiradilar. Masalan, ota-onalardan biri maktabda bolalarga o'qish, bayram tadbirida yordam berish va boshqa yumushlarda o'qituvchilarga ko'ngilli bo'lib yordamlashadi, boshqa birlari esa ota-ona sifatida uyda bolalarga maktab topshiriqlarini bajarishlarida yordam beradi va ularning ishlariga aralashmaslik orqali o'qituvchilarga hurmat ko'rsatadi. Madaniy e'tiqodlar xatti-harakatlar kabi aniq bo'lmydi va turli xil jamiyatlarda har xildir. Masalan, individualistik madaniyatlar mustaqillikni, o'zini o'zi tasdiqlashni, raqobatni va shaxsiy ehtiyojlarini ifoda etishni rag'batlantiradi (Ayçiçegi-Dinn & Caldwell-Harris, 2011). Jamoaviy madaniyatdagi asosiy g'oyalar shundan iboratki, odamlar obro'-e'tiborga bo'ysunishlari va qaram bo'lishlari kerak. O`zaro hurmat va hamkorlikda bo'lishlari va shaxsiy yutuqlarini emas, balki guruhning yutuqlarini qo`llab-quvvatlashlari kerak. Download 304 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling