Mahalla — Oʻzbekistonda maʼmuriy hududiy birlik, oʻzini oʻzi boshqarishning xalqimiz anʼanalari va qadriyatlariga xos boʻlgan usuli.
Jamiyat – kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui. Jamiyatdagi hamma narsa (moddiy va maʼnaviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar) muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi.
Jamiyat institutlari sifat jihatidan mahallalarning boyligi va xususiyatlariga qarab farqlanadi. Ba'zi mahallalar yaxshi jihozlangan maktablar va bolalar o'yinlari uchun xavfsiz joylar bilan ta'minlangan bo`lsa, ba`zilari iqtisodiy jihatdan to`liq ta`minlanmagan maktablarda tahsil oladilar. Bu farq ham o`z navbatida bolalarning dunyoqarashida farqlarni keltirib chiqaradi.
Bioekologik model shuni ko'rsatadiki, ota-onalar uchun mavjud bo'lgan resurslar orqali hamjamiyat bolalarga ham bilvosita yordam beradi. Ota-onalar maosh, ish bilan ta'minlanish va xizmatlarni jamoat idoralaridan oladilar, bularning barchasi bolalarning ko'p ehtiyojlarini qondirishga yordam beradi. Albatta, bu manbalar ba'zida yetarli bo`lmaydi, chunki ba'zi ota-onalar haddan tashqari ko'p vaqt ishlashlari kerak va bolalar kasal bo'lib qolganlarida ham pullik ta'til olmaydilar, bu esa ba`zida stressni keltirib chiqaradi va natijada ota-onalarning samarasiz ishlashlari kuzatiladi. Itimoiy muhit ota-onalarning bolalarni parvarish qilish qobiliyatiga ta'sir qiladi.
Bolalar hayoti kontekstlariga murojaat qilish
Bolalar o'z oilalari, madaniyati va jamiyatlarida ilk bilim va tajribalarni qo`lga kiritgan holda maktabga kirishadi. Ular uchun eng yaxshi sharoitdagi tarbiya favvoralari sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin:
oila bolalarga g'amxo'rlik qiladi;
madaniyat bolalar hayotiga mazmun bag'ishlaydi;
jamiyat yaxshi ijtimoiy aloqalar va munosib yashash sharoitlar bilan ta'minlaydi.
Biz yuqorida Orif misolida optimal qo'llab-quvvatlash orqali bolalar odatda o'z salohiyatlariga erisha olishlari, jismonan sog'lom bo'lib, tabiiy iste'dodlarini ishga sola olishlari va mas'uliyatli fuqarolar bo'lib rivojlana olishlarini ko`rib o`tdik. Quyida "Oila, madaniyat va jamiyatni hisobga olish" rivojlanishining asosiy muammolari jadvali tabiat va tarbiya, umumjahonlik va xilma-xillik, sifat va miqdoriy o'zgarishlarning oila, madaniyat va jamoada namoyon bo'lishining ko'plab qulay usullarini tavsiflaydi.
RIVOJLANISHNING ASOSIY MASALALARI
Oila, madaniyat va jamiyatni hisobga olish
|
Masalalar
|
Oila
|
Madaniyat
|
Jamiyat
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |