mavzu soat juftlik Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda maktab va ta’lim-tarbiya tizimi
va undan katta yoshda topshiriladigan davlat imtihonlari
Download 132.87 Kb.
|
6-ma\'ruza matni Ta\'lim asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- GCE «A» Level - General Certificate of Education Advanced Level.
- Keyingi ta’lim.
- Oliy ta’lim.
16 va undan katta yoshda topshiriladigan davlat imtihonlari
GCSE - General Certificate of Secondary Education. 10-o‘quv yilini boshlovchilar va may/iyun imtihonlari bilan 11-o‘quv yilini yakunlovchilar uchun 2 yillik kurs. Ballar tizimi: «A»dan «G» gacha («U» - o‘tib bo‘lmaydigan ball). Agar bola «A» level kursidan ko‘proq fan o‘rganishni istasa, u GCSE imtihonlarida shu fan bo‘yicha «S»dan past ball olmasligi kerak. «GCSE» imtihonlari uchun 10 tagacha fanlarni tanlash mumkin, lekin o‘rtacha 6 ta fan topshiriladi. GCE «A» Level - General Certificate of Education Advanced Level. Oliy o‘quv yurtlariga kiruvchilar uchun, 12-o‘quv yilini boshlovchilar va 13-o‘quv yilini may/iyundagi imtihonlar bilan yakunlovchilar uchun 2 yillik kurs. Ballar tizimi: «A» dan «E» gacha, GCSE darajasida imtihon topshirishda «N» balli tenglashtiriladi. «U» - o‘tib bo‘lmaydigan ball. Imtihonlar topshirish uchun 1, 2 yoki 3 (ba’zan xatto 4) fan tanlanadi. «AS» Level — 1 yillik kurs. Natijalari «A» level 1/2 ballariga tenglashtiriladi Barcha yuqorida ko‘rsatilgan imtihonlarning natijalari avgustning uchinchi haftasida e’lon qilinadi. Keyingi ta’lim. Keyingi ta’lim (studentlarning) 16 va undan katta yoshdagi o‘quvchilarning oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun jadal tayyorlaydigan turli kurslarda o‘qishlariga mo‘ljallanadi. Bunday ta’lim turli fanlar bo‘yicha tayyorlaydigan, texnika va tijorat fanlarining eng quyi darajadan boshlab, to yo‘naltirilgan kurslargacha, biznes sohasida, ma’muriyatchilik va xo‘jalikning nufuzli doiralarida yuqori malakali xodimlar tayyorlashga yo‘naltiradigan «keyingi ta’lim» kollejlarida bo‘lishi mumkin. Shuningdek, o‘qishning davomi nokasbiy yo‘nalishdagi kurslarda ham bo‘lishi mumkin. Ularga ixtisoslashtirilgan GCSE va «A» level kurslari ham tegishlidir. Kunduzgi o‘qish kurslariga qo‘shimcha tarzda o‘qishni ish bilan birga olib boruvchilar uchun qator sirtqi va kechki kurslar ham mavjud. «Keyingi ta’lim» kollejlari tijorat va ishlab chiqarish korxonalari bilan chambarchas bog‘langan va asosan ishchilar ixtisosligi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi, ammo «keyingi ta’lim»ning ko‘p kollejlari oliy o‘quv muassasalari bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu kollej o‘quvchilariga oliy ma’lumot olishlari uchun universitetda o‘qishni davom ettirishlariga imkon beradi. Oliy ta’lim. Oliy ta’lim «A» 1eve1dan yuqori darajadagi ta’limning har qanday turini o‘z ichiga oladi. Bunday ta’lim universitetning turli kurslarida, kollejlarda, oliy ta’lim institutlarida (shu jumladan pedagogika institutlari), shuningdek, keyingi ta’lim institutlarida ham bo‘lishi mumkin. Hozirgi vaqtda Buyuk Britaniyada 89 ta universitet mavjud (shu jumladan oliy ta’limning 1992 yildagi Aktiga muvofiq tashkil etilgan 39 ta «yangi» universitetlar ham) bo‘lib, ular sobiq politexniklarga o‘z fanlari bo‘yicha daraja berishga va universitet nomini olib yurishga yo‘l beradi. Download 132.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling